1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Natijalarning haqqoniyligini ta’minlash
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- .8. Natijalar to‘g‘risida hisobotlar
7.7. Natijalarning haqqoniyligini ta’minlash
7.7.1. Laboratoriya natijalar to‘g‘riligini monitoring qilish uchun taomilga ega bo‘lishi kerak. Yakuniy natijalar tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradigan tarzda qayd etilishi kerak va, amalda seziladigan hollarda, natijalarni tahlil qilish uchun statistika usullari qo‘llanilishi kerak. Bu monitoring rejalashtirilishi va tahlil qilinishi, shuningdek, mumkin bo‘lganda, quyidagilarni o‘z ichiga olishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak: a) sifatni nazorat qilish uchun standart namuna yoki materiallardan foydalanish; b) natijalar kelib chiqishini ta’minlash uchun kalibrlangan muqobil asboblardan foydalanish; c) o‘lchov va sinov asboblari to‘g‘ri ishlayotganini tekshirish; d) qo‘llash mumkin bo‘lganda, namunaviy o‘lchov vositalari va nazorat kartali ishchi namunalardan foydalanish; e) o‘lchov asboblarini oraliq tekshirish; f) xuddi o‘sha yoki boshqa usullardan foydalangan holda sinov yoki kalibrlashni takrorlash; g) saqlab qo‘yilgan ob’ektlarni takroran sinash yoki kalibrlash; h) ob’ektlarning turli tavsiflari bo‘yicha natijalar o‘rtasidagi korrelyatsiyani topish; i) olingan natijalarni tahlil qilish; j) laboratoriyalararo taqqoslash; k) “ko‘r” namunalarni sinovdan o‘tkazish. 7.7.2. Mumkin bo‘lganda va zarurat tug‘ilganda, laboratoriya o‘z natijalarini boshqa laboratoriyalarning natijalari bilan taqqoslagan holda, o‘z faoliyatini monitoring qilishi shart. Bunday monitoring rejalashtirilishi va tahlil qilinishi, shuningdek quyidagi ro‘yxatdagilardan ikkitasidan bittasini yoki ikkalasini o‘z ichiga olishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak: a) malakani baholashda ishtirok etish; ESLATMA. ISO/IEC 17043 standartida malakani baholash va bunday baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot bayon etilgan. Malakani baholashni amalga oshiruvchi va ISO/IEC 17043 talablariga javob beruvchi tashkilotlar kompetent tashkilot sifatida e’tirof etiladi. b) Malakani baholashdan farq qiladigan laboratoriyalararo solishtirishlarda ishtirok etish. 7.7.3. Monitoring jarayonida olingan ma’lumotlar tahlil qilinishi, nazorat uchun va, qo‘llash mumkin bo‘lganda, laboratoriya ishlarini bajarishni yaxshilash uchun foydalanilishi kerak. Monitoring jarayonida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari oldindan belgilangan mezonlar chegarasidan tashqariga chiqsa, noto‘g‘ri natija chiqarib berilishini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi shart. 7.8. Natijalar to‘g‘risida hisobotlar 7.8.1. Umumiy qoidalar 7.8.1.1. Natijalarni berishdan oldin ular tahlil qilinishi va tasdiqlanishi shart. 7.8.1.2. Taqdim etiladigan natijalar aniq, muayyan, bir ma’noli va xolis bo‘lishi, odatda, hisobot ko‘rinishida (masalan, sinov bayonnomasi, kalibrlash to‘g‘risida sertifikat yoki namuna olish bayonnomasi) taqdim etilishi, shuningdek buyurtmachi bilan kelishilgan va natijalarni talqin qilish uchun zarur barcha ma’lumotlarni hamda foydalanilgan usul talab etadigan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart. 1-ESLATMA. Mazkur hujjat maqsadlari uchun sinov bayonnomalari va kalibrlash to‘g‘risida sertifikat ba’zida tegishlicha sinov sertifikati va kalibrlash to‘g‘risida hisobot deb ataladi. 2-ESLATMA. Mazkur hujjat talablari bajarilgan bo‘lsa, hisobotlar qog‘ozda chop etilgan shaklda ham, elektron shaklda ham chiqarilishi mumkin. 7.8.1.3. Buyurtmachi rozilik bildirgan holatlarda hisobotlar oddiyroq usulda rasmiylashtirilishi mumkin. 7.8.2 – 7.8.6-bo‘limlarda bayon etilgan, buyurtmachiga ma’lum qilinmagan har qanday axborotdan foydalanish oson bo‘lishi kerak. 7.8.2. Hisobotlarga qo‘yiladigan umumiy talablar (sinash, kalibrlash yoki namuna olish) 7.8.2.1. Har bir hisobot hech bo‘lmaganda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak, agar laboratoriyaning noto‘g‘ri talqin qilish yoki noto‘g‘ri foydalanish imkoniyati kamaytirilishini ta’minlagan holda buni amalga oshirmaslik uchun jiddiy sabablari bo‘lmasa, albatta: a) sarlavha (masalan, “Sinov bayonnomasi”, “Kalibrlash to‘g‘risida sertifikat”, “Namuna olish bayonomasi); b) laboratoriyaning nomi va manzili; c) laboratoriya ishlari bajarilgan joy, shu jumladan ishlar buyurtmachining ob’ektlarida yoki laboratoriyaning doimiy manzillaridan uzoqda bajarilgan yoxud doimiy manzillar bilan bog‘liq vaqtinchalik yoki mobilь ob’ektlarda bajarilgan vaziyatlar; d) hujjatning noyob indentifikatsiyasi. Bunda uning har qanday qismining bitta hujjatga tegishliligi yaqqol ko‘rinib turishi, shuningdek hujjatning oxiri aniq belgilangan bo‘lishi kerak; e) buyurtmachining nomi va u bilan aloqa bog‘lash uchun zarur ma’lumotlar; f) foydalanilgan usul ko‘rsatilishi; g) ob’ektning tavsifi, yaqqol identifikatsiyasi va, zarurat bo‘lsa, holati; h) ob’ekt(lar) sinash yoki kalibrlash uchun qabul qilingan sana yoki namuna olingan sana. Agar bu natijalarning to‘g‘riligi va ularni qo‘llash nuqtai nazaridan muhim bo‘lsa; i) laboratoriya ishlari bajarilgan sana(lar); j) hisobot tayyorlangan sana; k) namuna olish rejasi va laboratoriya yoki boshqa organlar tomonidan foydalanilgan usullarga havolalar, agar bu natijalarning to‘g‘riligi va ularni qo‘llash nuqtai nazaridan muhim bo‘lsa; l) natijalar sinov va kalibrlashdan o‘tgan yoki namuna olingan ob’ektlarga taalluqliligi to‘g‘risida bayon; m) tegishli holatlarda o‘lchov birligi ko‘rsatilgan natijalar; n) usullarga qo‘shimchalar, og‘ishlar yoki ulardan istisnolar; o) hisobotni tasdiqlagan shaxsni ko‘rsatish; p) natijalar tashqi yetkazib beruvchilardan olingan vaziyatlarni aniq ko‘rsatish. ESLATMA. Laboratoriya hisobotga va bandga “hisobot laboratoriyaning ruxsatisiz takrorlanishi mumkin emas, to‘liq hajmda takrorlash bundan mustasno” degan yozuvni kiritishi tavsiya etiladi. Hisobot laboratoriyaning ruxsatisiz faqat to‘liq hajmdagina takrorlanishi mumkinligi to‘g‘risida band kiritilishi uning ayrim qismlari umumiy kontekstdan alohida takrorlanmasligiga amin bo‘lish imkonini beradi. 7.8.2.2. Laboratoriya hisobotga kiritiladigan barcha ma’lumot uchun mas’uldir, mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bundan mustasno. Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar aniq identifikatsiya qilingan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, hisobotga ma’lumotlar mijoz tomonidan taqdim etilgan va natijalarning to‘g‘riligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlarda hisobotga javobgarlikni soqit qilish to‘g‘risida bayonot qo‘shilishi kerak. Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lmagan hollarda (masalan, namunalar buyurtmachi tomonidan taqdim etilganda) hisobotga natijalar faqat olingan namunalarga tatbiq qilinishi to‘g‘risida bayonot qo‘shilishi kerak. 7.8.3. Sinov bayonnomalariga qo‘yiladigan o‘zgacha talablar 7.8.3.1. Zarur bo‘lganda, sinash natijalarini talqin qilish uchun 7.8.2-bo‘lim talablariga qo‘shimcha ravishda sinash natijalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: a) muayyan sinov sharoitlari, masalan atrof muhit sharoiti to‘g‘risida ma’lumot; b) zarur bo‘lganda, talablar yoki spetsifikatsiyalarga muvofiqlik to‘g‘risidagi bayonot (7.8.6-bandga qaralsin); c) qo‘llash mumkin bo‘lganda, quyidagi holatlarda o‘lchanayotgan kattalik ifodalangan o‘lchov birligida yoki o‘lchanayotgan kattalikka nisbatan birliklarda (masalan, foizda) ifodalangan o‘lchov noaniqligi: - sinash natijalari to‘g‘riligi yoki ularni qo‘llash nuqtai nazaridan muhim bo‘lganda; - buyurtmachining shu ishni bajarish xususida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bo‘lganda yoxud - o‘lchash noaniqligi belgilangan chegaraga muvofiqlikka ta’sir qilganda; d) qo‘llash mumkin bo‘lganda, fikrlar va talqin (7.8.7-bandga qaralsin); e) muayyan usullar, vakolatli organlar, buyurtmachilar yoki bir guruh buyurtmachilar tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot. 7.8.3.2. Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda va sinov natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, sinov bayonnomalari 7.8.5- bandda bayon etilgan talablarga muvofiq bo‘lishi shart. 7.8.4. Kalibrlash to‘g‘risida sertifikatlar – alohida talablar 7.8.4.1. 7.8.2-band talablariga qo‘shimcha ravishda kalibrlash to‘g‘risida sertifikatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: a) o‘lchanayotgan kattalik ifodalangan o‘lchov birligida, yoki o‘lchanayotgan kattalikka nisbatan birliklarda (masalan, foizda) ifodalangan o‘lchov natijasining noaniqlik qiymati; ESLATMA. ISO/IEC 99 Qo‘llanmasiga muvofiq, o‘lchash natijasi, odatda, bitta o‘lchangan miqdor qiymat shaklida, o‘lchov birligi va o‘lchash noaniqligi bilan birgalikda ifodalanadi. b) kalibrlash amalga oshirilgan va o‘lchash natijasiga ta’sir qiladigan sharoit (masalan, atrof muhit sharoiti); c) metrologik kelib chiqish usullari to‘g‘risida bildirilgan fikr(A ilovaga qaralsin); d) har qanday sozlash yoki ta’mirlashdan oldingi va keyingi natijalar (agar shundaylar bor bo‘lsa); e) zarur bo‘lganda, talablar yoki spetsifikatsiyalarga muvofiqlik to‘g‘risida bayonot (7.8.6-bandga qaralsin); f) tegishli holatlarda fikrlar va talqinlar (7.8.7-bandga qaralsin). 7.8.4.2. Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda va sinov natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, kalibrlash to‘g‘risida sertifikatlar 7.8.5-bandda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi shart. 7.8.4.3. Kalibrlash to‘g‘risida sertifikat yoki kalibrlash to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan belgi kalibrlash intervali bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olmasligi kerak, mijoz bilan oldindan kelishilgan holatlar bundan mustasno. 7.8.5. Namuna olish to‘g‘risida hisobotga qo‘yiladigan mahsus talablar Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda va sinov natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, 7.8.2-bandda bayon etilgan talablarga qo‘shimcha ravishda, hisobotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur: a) namuna olingan sana; b) namuna olingan ob’ekt yoki materialning noyob indentifikatsiyasi (shu jumladan, vaziyatga qarab, ishlab chiqaruvchining nomi, modelь va qo‘llash sohasi va seriya raqami); c) namuna olingan joy, shu jumladan har qanday sxemalar, eskizlar yoki fotosuratlar; d) namuna olish rejasi va usuliga havolalar; e) namuna olinayotganda atrof muhitdagi har qanday sharoit to‘g‘risidagi sinash natijalarni talqin qilishga ta’sir qiladigan ma’lumotlar; f) keyingi o‘lchash yoki kalibrlash uchun o‘lchash noaniqligini baholashga zarur ma’lumotlar. 7.8.6. Muvofiqlik to‘g‘risida bayonotni rasmiylashtirish 7.8.6.1. Spetsifikatsiya yoki standartga muvofiqlik to‘g‘risida bayonot taqdim etilayotganda, laboratoriya qaror qabul qilish qoidasi va uni qo‘llash bilan bog‘liq risk darajasini (masalan, yolg‘on qabul qilish yoki yolg‘on og‘ish va statistik gipotezalar) hisobga olgan holda, foydalanilgan qaror qabul qilish qoidasini hujjatlashtirishi lozim. ESLATMA. Qaror qabul qilish qoidasi buyurtmachi tomonidan yoki normativ hujjatlar bilan belgilanadigan bo‘lsa, risk darajasini hisobga olishga hojat yo‘q. 7.8.6.2. Muvofiqlik to‘g‘risida xulosani o‘z ichiga olgan hisobotda quyidagilar aniq ravshan ko‘rsatilishi kerak: a) bu xulosa qanday natijalarga taalluqli; b) qaysi spetsifikatsiya, standart yoki ularning alohida qismlariga muvofiq yoki nomuvofiq; c) foydalanilgan qaror qabul qilish qoidasi (agar u tegishli spetsifikatsiya yoki standartdan o‘rin olmagan bo‘lsa). ESLATMA. Batafsil ma’lumot ISO/IEC 98-4 Qo‘llanmasida. 7.8.7. Hisobotdagi fikrlar va talqinlar 7.8.7.1. Fikrlar va talqinlarni ifadalashda laboratoriya fikr bildirish va talqin qilish vakolatiga ega xodimlargina tegishli bayonot qilishini kafolatlashi shart. Laboratoriya fikrlar va talqinlarni ifodalash uchun asos bo‘lgan narsalarni hujjatlashtirishi shart. ESLATMA. Fikr va talqinlarni ISO/IEC 17020 i ISO/IEC 17065 hujjatlarida ko‘zda tutilgan inspektsiya dalolatnomalari va mahsulot sertifikatsiyasidan, shuningdek 7.8.6-bandda tilga olingan muvofiqlik to‘g‘risida bayonotdan farqlash zarur. 7.8.7.2. Hisobotlarga kiritilgan fikrlar va talqinlar sinash yoki kalibrlash ob’ekti uchun olingan natijalarga asoslanishi shart va bu yaqqol ko‘rsatib o‘tilishi kerak. 7.8.7.3. Fikrlar va talqinlar buyurtmachi bilan bevosita muloqotda ma’lum qilinganda, bunday muloqot yozuvlari saqlab qo‘yilishi shart. 7.8.8. Hisobotlarga kiritilgan o‘zgartirishlar 7.8.8.1. Agar chiqarilgan hisobotni o‘zgartirish, to‘ldirish yoki takror chiqarish talab etilsa, axborotdagi barcha o‘zgartirishlar aniq belgilanishi shart. 7.8.8.2. Hisobot chiqarilganidan keyin unga kiritilgan o‘zgarishlar faqat qo‘shimcha hujjat yoki “Hisobotga o‘zgartirish, seriya raqami .... [yoki biror boshqa indikator]”singari iborani yoki shunga o‘xshash iborani o‘z ichiga olgan ma’lumot uzatish shaklida bo‘lishi kerak. Bunday o‘zgartirishlar mazkur hujjatning barcha talablariga javob berishi shart. 7.8.7.3. Agar butunlay yangi hisobot chiqarish zarur bo‘lsa, u noyob tarzda identifikatsiya qilingan va qaysi dastlabki hujjat o‘rniga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha hujjatga havolani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling