1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
Bog'liq
opop

7.5. Texnik yozuvlar 
7.5.1. Laboratoriya har bir laboratoriya faoliyati bo‘yicha texnik yozuvlar 
natija, hisobot, shuningdek o‘lchashlarning natijalariga ta’sir qiladigan omillarni va 
ular bilan bog‘liq o‘lchashlar noaniqligini osonroq aniqlash, ish bajarilgan sharoitga 
imkon qadar yaqin sharoitda laboratoriya ishlarini takrorlash imkoniyatini 
ta’minlash uchun yetarlicha ma’lumotlarni o‘zi ichiga olishini kafolatlashi shart. 
Texnik yozuvlarda har bir laboratoriya ishi bajarilgan, ma’lumotlar va natijalar 
tekshirilgan sana va ularni bajarish uchun mas’ul shaxs ko‘rsatilishi shart. Dastlabki 
kuzatishlar, ma’lumotlar va hisob-kitoblar qachon amalga oshirilgan bo‘lsa, shu vaqt 
qayd etilishi va muayyan vazifa bilan yaqqol bog‘langan bo‘lishi zarur. 
7.5.2. Laboratoriya texnik yozuvlardagi o‘zgarishlar oldingi versiyalargacha 
ham, dastlabki kuzatuvlargacha ham kuzatilishi mumkinligini kafolatlashi shart. 
Dastlabki ma’lumot va fayllar ham, o‘zgargan ma’lumot va fayllar ham, shu 
jumladan o‘zgartirish sanasi, o‘zgartirish va o‘zgartirish kiritish uchun mas’ul 
shaxslar ham saqlanishi shart. 
7.6. O‘lchovlar noaniqligini baholash 
7.6.1. Laboratoriyalar o‘lchovlar noaniqligiga qo‘shilgan hissani belgilashlari 
shart. O‘lchovlar noaniqligini baholashda noaniqlikka hissa qo‘shuvchi, ahamiyatga 
ega, shu jumladan namuna olishda yuzaga keladigan barcha tarkibiy qismlar, tegishli 
tahlil usullaridan foydalangan holda, e’tiborga olinishi zarur. 
7.6.2. Kalibrlashni, shu jumladan o‘z asbob-uskunalarini kalibrlashni amalga 
oshiruvchi laboratoriya barcha kalibrlash jarayonlari uchun noaniqlikni baholashi 
shart. 


7.6.3. Sinov o‘tkazuvchi laboratoriya o‘lchovlar noaniqligini baholashi shart. 
Sinov usuli o‘lchov noaniqligini aniq baholashni istisno etadigan holatlarda 
baholash nazariy printsiplar yoki usulni qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga 
asoslangan holda amalga oshirilishi lozim. 
1-ESLATMA. Umume’tirof etilgan sinov usuli o‘lchovlar noaniqligining 
asosiy manbalari qiymati chegaralarini va hisoblab chiqilgan nitajilarni taqdim etish 
shaklini belgilab beradigan holatlarda laboratoriya 7.6.3-bo‘lim talablariga mos deb 
hisoblanadi va buning uchun u sinov usuliga va natijalarni taqdim etish b o‘yicha 
yo‘riqnomalarga amal qilishi shart. 
2-ESLATMA. Agar laboratoriya ta’sir qiluvchi muhim omillar nazorat 
ostidaligini isbotlay olsa, natijalarni o‘lchash noaniqligi belgilangan va tasdiqlangan 
muayyan usul bo‘yicha har bir natija uchun o‘lchovlar noaniqligini baholash zarurati 
yo‘q. 
3-ESLATMA. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ISO/IEC 98-3 Qo‘llanmasi, ISO 
21748 va ISO/IEC 5725 hujjatiga qaralsin. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling