7.9.2. Da’volar bilan ishlash tartibi bilan har qanday manfaatdor taraf tanishib
chiqa olishi kerak. Da’voni olganidan so‘ng, laboratoriya da’vo
laboratoriya
javobgar bo‘lgan ishlar bilan bog‘liqmi, yo‘qmi,
tasdiqlashi, agar bog‘liq bo‘lsa,
da’vo yuzasidan choralar ko‘rishi lozim. Laboratoriya da’vo
bilan ishlash
jarayonining barcha darajalarida qabul qilingan qarorlar uchun javob berishi shart.
7.9.3. SHikoyatlarni (da’volarni) ko‘rib chiqish taomili eng kamida quyidagi
elementlar va usullarni o‘z ichiga olishi shart:
a) shikoyatni (da’voni)
qabul qilib olish,
tekshirish, o‘rganish va da’vo
yuzasidan qanday choralar ko‘rilishi to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini, ;
b) shikoyatlar (da’volar)ni kuzatib borish va qayd qilish, shu jumladan ularni
hal qilish yuzasidan ko‘rilgan choralar;
c) zarur choralar ko‘rilganini kafolatlash.
7.9.4. SHikoyat (da’vo) kelib tushgan olgan laboratoriya unitekshirish uchun
zarur barcha ma’lumotlar to‘planishi va tasdiqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
7.9.5. Mumkin bo‘lgan barcha holatlarda laboratoriya
olingan shikoyatlarni
(da’volarni) tasdiqlashi va da’voni ko‘rib chiqish borishi va natijalari to‘g‘risida
shikoyatchiga ma’lum qilishi shart.
7.9.6. SHikoyatchiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan
natijalar shikoyatga
(da’voga) sabab bo‘lgan laboratoriya faoliyatida ishtirok etmagan shaxs(lar)
tomonidan shakllantirilishi yoki tahlil qilinishi va tasdiqlanishi kerak.
Eslatma: Bu ish tashqi (jalb qilingan) xodimlar tomonidan bajarilishi mumkin.
7.9.7. Mumkin bo‘lgan barcha holatlarda laboratoriya shikoyatni ko‘rib chiqish
yakunlanganligi to‘g‘risida shikoyatchiga rasman xabar berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: