1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


 Usullarni tanlash, verifikatsiya va validatsiya qilish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Bog'liq
opop

7.2. Usullarni tanlash, verifikatsiya va validatsiya qilish 
7.2.1. Usullarni tanlash va muvofiqligii tasdiqlash 
7.2.1.1. Laboratoriya barcha laboratoriya ishlarini bajarish uchun va zarurat 
bo‘lganda, o‘lchashlarning noaniqligini aniqlash uchun tegishli usul va taomillardan 
foydalanishi shart. 
ESLATMA. Mazkur hujjatda foydalanilgan “usul” atamasi ISO/IEC 99 
Qo‘llanmasida ta’rif berilgan “o‘lchov usuli” atamasining sinonimi sifatida 
ishlatilishi mumkin. 
7.2.1.3. Laboratoriya usulning amaldagi eng oxirgi tahriridan foydalanishini 
kafolatlashi kerak, bu maqsadga muvofiq bo‘lmagan va imkoni bo‘lmagan holatlar 
bundan mustasno. Zarurat bo‘lganda, usuldan foydalanishda, undan lozim tarzda 
foydalanilishini kafolatlash uchun, qo‘shimcha axborot taqdim etishi shart. 
ESLATMA. Agar usullar laboratoriyaning texnik xodimlari qo‘llashi mumkin 
bo‘lgan tarzda yozilgan bo‘lsa, laboratoriya faoliyatini qanday amalga oshirish 
kerakligi to‘g‘risida yetarli va aniq axborotni o‘z ichiga olgan xalqaro, hududiy yoki 
milliy standartlar yoxud boshqa tan olingan hujjatlarga qo‘shimcha kiritilmasligi 
yoki ichki taomillar shakliga kiritilmasligi kerak. Usullardagi optsional qadamlarni 
hujjatlashtirish yoki qo‘shimcha detallashtirish talab etilishi mumkin. 
7.2.1.4. Agar buyurtmachi qaysi usuldan foydalanishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, 
laboratoriya tegishli usulni o‘zi tanlashi va qaysi usulni tanlagani haqida mijozni 
xabardor qilishi kerak. Xalqaro, hududiy yoki milliy standartlarda yoxud e’tirof 
etilgan texnik tashkilotlar tomonidan taklif etilgan, yoxud tegishli ilmiy jurnallarda 
chop etilgan, yoxud ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan usullardan 
foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, laboratoriyaning o‘zi tomonidan ishlab 
chiqilgan yoki modifikatsiyalagan usullardan foydalanish mumkin. 
7.2.1.5. Usullarni ishga tatbiq qilishdan oldin laboratoriya usullardan lozim 
tarzda foydalanishini tasdiqlashi va lozim tarzda foydalanishni ta’minlashi kerak. 
Tasdiqlash to‘g‘risidagi yozuvlar saqlab qo‘yilishi kerak. Agar usul uni ishlab 
chiqqan tashkilot tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, takroran va zarur hajmda 
tasdiqlanishi kerak. 
7.2.1.6. Agar yangi usul ishlab chiqish talab etilsa, u rejalashtirilishi, ishlab 
chiqish esa tegishli resurslar bilan ta’minlangan malakali xodimlarga topshirilishi 
kerak. Usulni ishlab chiqish jarayonida bajarilayotgan ishlar muntazam tahlil 
qilinishi kerak. Bu buyurtmachining talablari xali ham bajarilayotganini tasdiqlash 
uchun zarur. Ishlab chiqish rejasiga kiritiladigan har qanday o‘zgarishlar 
ma’qullanishi va tasdiqlanishi kerak. 


7.2.1.7. Har qanday laboratoriya ishlarini bajarishda usuldan og‘ishga yo‘l 
qo‘yiladi, qachonki og‘ishlar hujjatlashtirilgan, texnik asosga ega, buyurtmachi 
tomonidan tegishli tarzda ruxsat etilgan va qabul qilingan bo‘lsa. 
ESLATMA. Og‘ishlar buyurtmachi tomonidan qabul qilinishi shartnomada 
oldindan kelishilgan bo‘lishi mumkin. 
7.2.2. Usullarni validatsiya qilish 
7.2.2.1. Laboratoriya nostandart usullar, laboratoriyaning o‘zi ishlab chiqqan 
usullar, shuningdek qo‘llash sohasidan tashqarida qo‘llaniladigan yoki 
modifikatsiyalangan standart usullarni validatsiya qilishi shart. Validatsiyaning 
to‘liqligi mazkur foydalanish ehtiyojlariga yoki qo‘llash sohasiga mos bo‘lishi 
kerak.
1-ESLATMA. Validatsiya namuna olish, sinov va kalibrlash ob’ektlarini qayta 
ishlash va transportda tashish taomillarini o‘z ichiga olishi mumkin. 
2-ESLATMA. Usul quyidagi amallardan biri yoki bir nechtasi yordamida 
validatsiya qilinishi mumkin: 
a) 
foydalaniladigan standart namunalar yoki materiallarning nuqsonlarini 
va aniqligini muntazam kalibrlash yoki baholash
b) 
natijaga ta’sir qiladigan omillarni muntazam baholash; 
c) 
inkubatordagi harorat, o‘lchangan hajm kabi nazorat qilinadigan 
parametrlarni o‘zgartirish orqali usulning ishonchliligini tekshirish; 
d) 
natijalarni boshqa validatsiya usullari yordamida olingan natijalar bilan 
solishtirish; 
e) 
laboratoriyalararo solishtirish; 
f) 
usulning nazariy printsiplarini va namuna olish yoki sinov o‘tkazish 
taomillarini bajarish bo‘yicha amaliy tajribani ilmiy tushunish orqali natijalarni 
o‘lchash noaniqligini baholash. 
7.2.2.2. Validatsiya usuliga har qanday o‘zgartirish kiritilgan taqdirda bunday 
o‘zgartirishlarning ta’siri aniqlanishi va, agar ularning birinchi validatsiya usuliga 
ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, validatsiya takror o‘tkazilishi shart. 
7.2.2.3. Muayyan foydalanish uchun baholanayotgan validatsiya usulining 
tavsiflari buyurtmachining ehtiyojlariga va belgilangan talablarga mos bo‘lishi 
kerak. 
ESLATMA. Ish tavsiflari o‘lchov diapazonlari, o‘lchovlar, natijalar aniqligi, 
noaniqligi, topish chegarasi, miqdorni belgilash chegarasi, usulni tanlash, 
chiziqlilikdan og‘ish, takrorlanuvchanlik yoki tiklanuvchanlik, tashqi ta’sirlarga 
bardoshlilik yoki namunalar matritsasida yoxud sinovdan o‘tkazilayotgan ob’ektda 
o‘zaro ta’sirga sezuvchanlik, xatolik.


7.2.2.4. Laboratoriya validatsiyani tasdiqlovchi quyidagi yozuvlarni saqlashi 
shart: 
a) 
foydalanilgan validatsiya taomillari; 
b) 
talablar spetsifikatsiyasi; 
c) 
usullarning tavsiflari ro‘yxatini aniqlash; 
d) 
olingan natijalar; 
e) 
ehtimoliy foydalanish xususida tafsilotlarni o‘z ichiga olgan usul 
validatsiyasi to‘g‘risida xulosa. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling