1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
Bog'liq
opop

6.5. Metrologik natijaviylik 
6.5.1. Laboratoriya hujjatlashtirilgan tarzda uzluksiz kalibrlash o‘tkazish orqali 
o‘z o‘lchashlari natijalarining metrologik kelib chiqishini aniqlash va saqlash 
lozimki, har bir kalibrlash o‘lchashlarning noaniqligiga o‘z hissasini qo‘shishi va 
ularni tegishli etalon bilan o‘zaro bog‘lashi darkor. 
1-ESLATMA. ISO/IEC Guide 99 qo‘llanmasida metrologik kelib chiqishga 
“o‘lchash natijasining xususiyati bo‘lib, unga ko‘ra, hujjatlashtirilgan tarzda 
uzluksiz kalibrlash o‘tkazish orqali natija tayanch qiymat bilan o‘zaro solishtirilishi 
mumkin va har bir kalibrlash o‘lchashlarning noaniqligiga o‘z hissasini qo‘shadi” 
deb ta’rif berilgan. 
2-ESLATMA. Metrologik kelib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish 
uchun A ilovaga qaralsin. 
6.5.2. Laboratoriya quyidagi usullardan biri yordamida o‘lchash natijalarining 
orqali Xalqaro Birliklar Tizimiga (SI) mosligini kafolatlashi shart: 


a) 
kompetent laboratoriya tomonidan amalga oshiriladigan kalibrlash 
usuli; 
1-ESLATMA. Mazkur hujjatning talablarini bajaradigan laboratoriya 
kompetent laboratoriya deb e’tirof etiladi; 
b) 
standart namunalarning attestatsiyadan o‘tkazilgan qiymatlarini 
sertifikatlashtirish va SIga nisbatan metrologik kelib chiqish; 
2-ESLATMA. ISO 17034 talablarini bajaradigan standart namunalar ishlab 
chiqaruvchilar kompetent ishlab chiqaruvchi sifatida e’tirof etiladi. 
c) 
Milliy yoki xalqaro etalonlar bilan bevosita yoki bilvosita solishtirilgan 
SI birligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish. 
3-ESLATMA. Bir qator muhim birliklarning tavsifini amalda qo‘llashga 
misollar SI risolasida keltirilgan. 
6.5.3. SI birliklariga nisbatan metrologik kelib chiqishni ta’minlash imkoni 
bo‘lmagan hollarda, laboratoriya tegishli etalonga nisbatan metrologik kelib 
chiqishni aniqlash mumkinligini namoyish etishi shart, masalan: 
a) 
kompetent ishlab chiqaruvchidan olingan sertifikatlashtirilgan standart 
namunalarning sertifikatlashtirilgan qiymatlarini; 
b) 
aniq bayon etilgan va natijani ta’minlaydigan taomil sifatida qabul 
qilingan, foydalanish uchun yaroqli va tegishli solishtiruv bilan ta’minlangan etalon 
o‘lchash taomillari, ma’lum usullar yoki kelishilgan standartlarning natijalarini. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling