1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
1. Ichki audit o‘tkazish tartibi.
Sinov laboratoriyasini akkreditlashdan oldin ichki audit o‘tkazilishi lozim. Sinov laboratoriyalarida ichki audit o‘tkazish jarayoni ISO 19011 standartiga ishlab muvofiq ishlab chiqilgan protsedura bo‘yicha o‘tkaziladi. Ichki audit o‘tkazish Jarayoni protsedurasi (Tavsiya etiladi) 1.1 Umumiy qoidalar. Ichki audit sinov laboratoriyada Sifatni boshqarish tizimi (SBT) rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini va faoliyatini samaradorliligi va uni ishchi holatda saqlanishi aniqlash uchun rejalashtirilgan davriylik bilan o‘tkaziladi. Ushbu ichki auditni o‘tkazish protsedurasi quyidagilarni tartibga soladi: - auditorlarni tayyorlash; - ichki auditni rejalashtirish; - ichki audit mezonlarini belgilash; - audit dasturini tuzish; - audit uslublarini belgilash; - ichki auditni o‘tkazish; - ichki audit mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklarni sabablarini bartaraf qilish uchun to‘g‘rilovchi amallarni ishlab chiqish, joriy qilish va bajarilishini tekshirish. 1.2 Auditorlarni tayyorlash 1.2.1 Ichki auditlar tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan auditorlar tomonidan o‘tkaziladi. Auditorlarni tayyorlash uchun rahbariyatni sifat bo‘yicha vakili (RSV) javobgardir. Auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tashkilotda yilda kamida bir marta o‘quv kursi o‘tkaziladi yoki mutaxassislar tegishli o‘quv kurslariga yuboriladi. O‘quv kursi tegishli bilim va malakaga ega tashkilot mutaxassislari yoki tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 1.2.2 Auditorlarni malakasi, bilimi shaxsiy sifatlariga talablar: Malakasi (bilimi): - oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak; - ISO 17025, ISO 9000 seriyali va SBTga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha (ISO 19011 va boshqalar) standartlar bilan tanish bo‘lishi kerak; - laboratoriyaning SBT hujatlarini bilishi kerak; - ISO 19011 bo‘yicha ichki auditlarni o‘tkazish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi kerak; Tajribasi: - laboratoriyada kamida 2 yil ishlagan bo‘lishi kerak; - hujjatlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. SHaxsiy sifatlari: - suxbatdoshini tinglay olish; - holatni ob’ektiv va sog‘lom baholay olish; - analitik va sog‘lom fikrlash; - sifatni yaxshilashga intilish; - o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma bayon qilish; - ichki auditni o‘tkazish vaqtida olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik. 1.3 Audit jarayonlarini rejalashtirish 1.3.1 RSV joriy yilning 15 dekabrgacha kelgusi yil uchun ichki auditlarni o‘tkazish rejasini ( 4-shakl) tuzadi. Reja tuzishda: - tekshirilayotgan faoliyatning muhimligi; - avval o‘tkazilgan (agar o‘tkazilgan bo‘lsa) auditlar natijalari; - rahbariyat tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalari; - jarayonlar faoliyati tahlillari natijalari hisobga olinadi. 1.3.2 Laboratoriya bo‘linmalari va sifat tizimi jarayonlarning faoliyati bir yilda kamida 1 marotaba tekshirilishi kerak. Rahbariyatning sifat bo‘yicha vakili yillik audit rejasini tuzishda auditorlarning tekshirilayotgan faoliyatdan mustaqilligini hisobga olishi zarur. Auditlar o‘tkazishning yillik rejasi bosh direktor tomonidan tasdiqlanadi. 6.3.3 Tasdiqlangan reja 25 dekabrgacha barcha laboratoriya bo‘linma rahbarlariga, shuningdek laboratoriyaning barcha ichki auditorlariga tanishish uchun tarqatiladi. RSV audit rejasini tarqatish uchun javobgar. 1.4 Audit dasturi 1.4.1 Yillik audit rejasi asosida, bosh auditor audit boshlanishidan 7 kun avval aniq auditni o‘tkazish dasturini (5-shakl) tuzishi va tekshirilayotgan bo‘linmalar rahbarlariga tanishish uchun taqdim qilishi kerak. Audit dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: • auditni maqsadlari, sohasi va xajmi; • guruh a’zolarini tarkibi va mutaxasisligi; • tekshirilayotgan jarayonlar ko‘rsatilgan holda tekshirishni o‘tkazish sanasi va joyi; • tekshirishda yechilishi kerak bo‘lgan savollar; • oldingi audit natijalarini tahlili; • audit bo‘yicha xisobotlarni tuzish. 1.4.2 Bosh auditor tekshirish dasturi tuzilgach kerakli hujjatlarni tayyorlashi kerak. 1.5 Audit uslubiyati. 1.5.1 Auditni o‘tkazishda auditor bo‘linma faoliyat yurgazishi uchun zarur bo‘lgan SBT hujjatlarni: - tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mavjudligini; -saqlanish sharoitlarini; - ishchi holatida saqlanishi; - identifikatlashtirish mavjudligi; - aktuallashtirilganligi; - mazmunini O‘zDSt/ISO 17025 standarti talablariga muvofiqligini; -protseduralarni bayonini to‘liqligini tekshirishi zarur. 1.5.2 Auditor: - tekshirilayotgan jarayonning amaldagi faoliyatini SBT hujjatlarida o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirishi; - talablarni bajarilishini tasdiqlaydigan yozuvlar mavjudligini tekshirishi; - ro‘yxatga olinadigan ma’lumotlar, qurilmalar, o‘lchov vositalari, ish o‘rinlarni holati bilan tanishishi kerak. 1.5.3 Ichki auditni o‘tkazishda auditor ISO 19011 standartida belgilangan ish uslublaridan foydalanadi. 1.6 Auditni o‘tkazish. 1.6.1 Auditni o‘tkazish mezonlari: - joriy qilingan SBT O‘zDSt/ISO 17025 talablariga muvofiqligi; - faoliyatni rejalashtirilgan tadbirlarga muvofiqligi; - bajarilayotgan faoliyatni SBT hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi; - SBT samaradorligini baholash; - SBT joriy qilinishini baholash; - sifat tizimini ish qobilyatini baholash. 1.6.2 Ichki auditni o‘tkazish uchun RSV 2-3 yoki undan ortiq auditordan iborat guruh tuzadi. Auditorlardan biri bosh auditor qilib tayinlanadi. Auditorlarni guruhga tanlashda ularni tekshirilayotgan laboratoriya, bo‘linma rahbari va tekshirilayotgan faoliyatdan mustaqil bo‘lishlari xisobga olinadi. 1.6.3 Ichki auditni o‘tkazishda bosh auditor guruh a’zolari orasida majburiyatlarni taqsimlaydi. Ichki auditni o‘tkazishda tekshirilayotgan bo‘linma vakili (bo‘linma boshlig‘i, yoki u tomonidan tayinlangan shaxs) ishtirok etishi kerak. 1.6.4 Auditni o‘tkazish bir necha bosqichlardan iborat: - kirish yig‘ilishi; - hujjatlarni ko‘rib chiqish; - ish joyida audit; - yakuniy yig‘ilish; - audit natijalarini hujjatlashtirish. 1.6.5 Audit vaqtida, audit ulardagi talablarga muvofiqlikka o‘tkazilayotgan barcha tartibga soluvchi hujjatlar, audit predmetiga tegishli shuningdek boshqa materiallar (bayonnomalar, farmoyishlar, ro‘yxatga olish jurnallari, sifat rejalari va h.k) so‘raladi. 6.6.6 Auditni kirish ma’lumotlari bo‘lib: Laboratoriya faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, protseduralar, yo‘riqnomalar, mahsulotga taalluqli sinov va o‘lchashlarni metodik qo‘llanmalari, me’yoriy va qonun aktlari va hujjatlari talablari hisoblanishi mumkin. 6.6.7 Audit jarayonida audit o‘tkazilayotgan laboratoriya, bo‘linma vakillari auditorlarga ish bo‘yicha istalgan savollarni berishlari mumkin. Nomuvofiqliklarni audit vaqtida bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa, unda ularni auditni oxirigacha bajarish kerak. 1.6.8 Audit vaqtida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bayonnomalar (6-shakl) ko‘rinishida ro‘yxatga olinishi kerak. 1.6.9 Ichki audit bo‘yicha xisobotda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari, auditorlar tomonidan jarayonni faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berilishi yoki ishda yaxshilashlar bo‘lgan joylar ko‘rsatilishi mumkin. 1.6.10 RSV nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi bayonnomalarni maxsus papkaga to‘plash uchun javobgardir. 1.6.11 Bosh auditor audit o‘tkazilgan jarayon xodimlari va rahbariga yakuniy majlisda audit natijalarini yetkazadi. Jarayon rahbari aniqlangan nomuvofiqliklarga o‘z roziligini bildirishi kerak. Yakuniy majlisda nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi xisobotlarni asl nusxalari jarayon rahbariga yoki tekshirilayotgan jarayon uchun javobgar shaxsga topshiriladi, u keyingi nazorat maqsadida ularni saqlanishini ta’minlashi kerak. 1.7 Tahlil va to‘g‘rilovchi amallarni o‘tkazish, bajarilishini tekshirish 1.7.1 Barcha ro‘yxatga olingan nomuvofiqliklar Laboratoriya rahbari tomonidan to‘g‘rilovchi amallarni zarurligi darajasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Agar mahsulot yoki jarayonning aniqlangan nomuvofiqliklari to‘g‘rilovchi amallarni talab qilsa, unda tegishli bo‘linma rahbarlari yoki sifat bo‘yicha javobgar shaxs to‘g‘rilovchi amallar tadbirlari rejasini tuzadi. To‘g‘rilovchi amallarni bajarish kerak. Ularni tugatish muddati tekshirilgan jarayon rahbari tomonidan taklif qilinishi kerak. 1.7.2 Ichki auditning chiqish ma’lumotlari quyidagilardan iborat: • audit natijalari; • to‘g‘rilovchi amallarni joriy qilishni tekshirish; • to‘g‘rilovchi amallarni dolzarbligi va samaradorligi; • ichki tekshirishlar jarayonining samaradorligi. 1.7.3 Auditor ko‘rilgan tuzatishlarni samaradorligi va bajarilishini tekshirish uchun nazorat (rejadan tashqari) audit o‘tkazishi va nomuvofiqlik to‘g‘risidagi hisobotni yopishi kerak, nomuvofiqlik to‘g‘risidagi xisobotlarni nusxalari tekshirilayotgan bo‘limga, asl nusxalari sifat bo‘yicha raxbariyat vakiliga berilishi kerak. Rahbariyatning sifat bo‘yicha vakili audit rejasida auditni tegishli bo‘limda o‘tkazilganligini va rejani bajarilishini belgilaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling