O‘SV qiyoslanganligi va identifikatlashtirilganligi
maqomi quyidagi kaydlar
bilan aniqlanadi: qiyoslanganligi tug‘risida muhr (kleymo); qiyoslash plombasi;
qiyoslanganligi tug‘risida guvohnoma (sertifikat); yaroqsizligi tug‘risida
xabarnoma. O‘SV navbatdan tashqari qiyoslanishi
quyidagi holatlarda amalga
oshiriladi: o‘lchov xatoligini belgilangan chegaradan tashqariga chiqishi
aniqlanganda; joriy ta’mirlash o‘tkazilgandan so‘ng;
buzilganda, yoki O‘SV
qiyoslangani identifikatsiyasi yo‘qolganda.
Navbatdan tashqari qiyoslash metrologiya ishlari bo‘yicha mas’ul shaxs
tomonidan belgilanadi va O‘SVga texnikaviy xizmat ko‘rsatish
korxona
mutaxasisslari tomonidan amalga oshiriladi. Nosoz O‘SV aniqlangan taqdirda
navbatchi slesarlar nosozlikni joyida bartaraf qilishlari yoki O‘SV almashtirishlari
mumkin. O‘SV mayda ta’mirlash ishi korxona mutaxasisi tomonidan
UV qabul
qilish va topshirishni xisobga olish jurnalida ruyxatga olish bilan amalga oshiriladi.
Ta’mirlash tugagandan so‘ng O‘SV qiyoslanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: