1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 17-mavzu.Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditlashtirishning rivojlanishi Reja: 1.
- 1. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditatsiya tizimi
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish 1. Akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ariza beruvchiga akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani 3 ish kuni mobaynida beradi. 2. Uchinchi tomon hisoblanadigan sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyalariga (markazlariga) texnik jihatdan malakalilik va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar beriladi. Birinchi yoki ikkinchi tomonning sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyalariga (markazlariga) faqat texnik jihatdan malakalilik uchun akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar beriladi. 3. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reestrida (keyingi o‘rinlarda Davlat reestri deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 4. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomada yoki unga ilovada akkreditatsiya qilinganlikning sohasi ko‘rsatiladi. 5. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi. 6. Akkreditatsiya qilish ob’ektining faoliyatini akkreditatsiyaning belgilangan shartlariga muvofiqlik yuzasidan inspektsiya nazoratidan o‘tkazish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan Nizomning IV bobiga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat savollari: 1.Ichki auditni o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi 2.Sinov laboratoriyalarni akkreditatsiyalardan o‘tkazish tartibi 3.Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalardan o‘tkazish talablari 17-mavzu.Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditlashtirishning rivojlanishi Reja: 1. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditatsiya tizimi 2. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditlashtirishning rivojlanishi 1. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda akkreditatsiya tizimi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("Texnik jihatdan tartibga solish" agentligi) - O‘zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo‘yicha Milliy organi xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaror iga asosan akkreditatsiya bo‘yicha ishlarni olib borish "Akkreditatsiya markazi" DUK ga (keyingi o‘rinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) yuklatilgan. Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari: • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik; • Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo sifatida kirish; • akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish; • akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish; • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish; • akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling