1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109
Bog'liq
opop

 
№ Bo‘linma 
nomi 
01 
02 
03 04 05 06 07 08 09 10 11 12 izox 
 
 
Oylar, 20------ yil 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ichki auditni o‘tkazish dasturi
• Audit ob’ekti_______________________________
• Audit sohasi ________________________________
• Audit maqsadlari ___________________________ 
• Audit vazifalari ___________________________
• Auditni o‘tkazish muddatlari ________________ 
• Auditorlar guruhi __________________________ 
• Hujjatlar ro‘yxati _________________________ 
• Xisobotni taqdim qilish sanasi _____________
• Xisobot nusxalari berilishi kerak bo‘lgan shaxslar 
_______________________________________________________________ 
Imzo: Bosh auditor_______________________________ Auditorlar 
________________________________ 
 
 
2. Sinov laboratoriyalarini akkreditlash tartibi 
 
1. Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish Muvofiqlikni baholash organlarini va 
metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspektsiya nazoratidan 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM (keyingi matnlarda Nizom -deb yuritiladi)ga 
muvofiq Akkreditatsiya qilish sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagi 
bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
a) akkreditatsiya qilishga buyurtmanoma berish;
b) taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning butligini va to‘liqligini tahlil qilish 
hamda akkreditatsiya qilish ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki 
taqdim 
etilgan 
hujjatlarni 
puxtalashtirish 
uchun 
qaytarish, 
ekspertiza 
dalolatnomasini rasmiylashtirilgan holda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan 
o‘tkazish; 
v) akkreditatsiya ob’ektini baholash, baholash dalolatnomasini rasmiylashtirgan 
holda akkreditatsiya ob’ektini baholash uchun komissiya tuzish;
g) akkreditatsiya ob’ektini baholash natijalarini va tuzatish ishlari (baholashda 
nomuvofiqlar aniqlangan taqdirda) samaradorligini tahlil qilish Milliy 
akkreditatsiya organi tomonidan ariza beruvchini akkreditatsiya qilish yoki 
Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda akkreditatsiya 
qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
d) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish 
va berish. 


2. Akkreditatsiya qilishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqichning 
natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda bajariladi. 
3. Akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari uchun 
to‘lov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
4. Ariza beruvchi, akkreditatsiya qilish natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya 
bo‘yicha ishlarni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni bosqichma-bosqich 
tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lashi shart.
Akkreditatsiyani o‘tkazish 
1. Ariza beruvchi Nizomga muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha akkreditatsiya 
qilishga buyurtmanomani Milliy akkreditatsiya organiga yuboradi, unga Nizomning 
19-21-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi. 
2. Ariza beruvchi akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani, unga zarur hujjatlarni 
ilova qilgan holda, bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda 
berishi mumkin. Buyurtmanoma elektron shaklda berilgan taqdirda Milliy 
akkreditatsiya organi hujjatlarning rasmi olingan versiyasini ekspertizaga qabul 
qiladi, so‘ngra ularni akkreditatsiya ob’ektining muvofiqligi baholanadigan joyga 
borgan vaqtda asl nusxasi bilan taqqoslaydi. Milliy akkreditatsiya organi elektron 
shakldagi buyurtmanoma olingani to‘g‘risida ariza beruvchi xabardor qilinishini 
ta’minlaydi.
3. Mahsulotlar, menejment tizimlari, xodimlarni va sertifikatlashtirish bo‘yicha 
inspektsiya organini sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilish organiga 
beriladigan buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi: a) akkreditatsiya qilinishi 
so‘ralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’ektlari 
ro‘yxati; b) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari va muvofiqlikni tasdiqlash 
bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalaridan iborat bo‘lgan sifat bo‘yicha qo‘llanma; v) 
xodimlar va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.  
4. Sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyalarini (markazlarini) va/yoki metrologik 
xizmatni akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va 
ma’lumotlar ilova qilinadi: a) akkreditatsiya sohasini belgilovchi akkreditatsiya 
qilish so‘ralayotgan sinovlar usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchovlar turlari 
ro‘yxati; b) sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyasi (markazi)ning va/yoki metrologik 
xizmatning pasporti; v) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat bo‘lgan 
sifat bo‘yicha qo‘llanmalar. 
5. Yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspektsiyani o‘tkazuvchi 
inspektsiya organini akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar 
va ma’lumotlar ilova qilinadi: a) akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni 
baholash ob’ektlarini akkreditatsiya qilishning so‘ralayotgan ob’ektlari ro‘yxati; b) 
muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan 
iborat bo‘lgan sifat bo‘yicha qo‘llanmalar; v) xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; g) 
yukni ortishdan oldin yoki yukni tushirish vaqtida ariza beruvchi ular bilan birga 
ishlashni 
mo‘ljallayotgan 
muvofiqlikni 
baholash 
organlari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar.


 6. Nizomning 19 - 21-bandlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 
Nizomning 19-21-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va ularning 
mazmuniga qo‘yiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ 
hujjatlarda belgilanadi. 7. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra akkreditatsiya qilish 
ob’ektiga taalluqli qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. 
8. Buyurtmanomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya organi 
tomonidan 3 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish ishlarini o‘tkazish yoki 
hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda ularni puxtalashtirishga qaytarish to‘g‘risida 
qaror qabul qilinadi.
9. Akrreditatsiya qilish ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda 
Milliy akkreditatsiya organi ekspertiza bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov amalga 
oshirilgan kundan boshlab 20 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan 
hujjatlarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ekspertiza natijalari xulosa 
bilan rasmiylashtiriladi.
10. Ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi mutaxassislari tomonidan yoki uning 
topshirig‘i bo‘yicha boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat bo‘yicha ekspert-auditori 
tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertiza boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat 
bo‘yicha ekspert-auditori tomonidan o‘tkazilgan taqdirda to‘lov ariza beruvchi 
tomonidan ushbu tashkilotga o‘tkaziladi. 
11. Ekspertiza natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi 3 ish 
kuni mobaynida ariza beruvchiga uning akkreditatsiya qilish shartlariga 
nomuvofiqligi to‘g‘risida asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda yozma 
bildirishnoma yuboradi. Bunda ariza beruvchiga ko‘rsatilgan nomuvofiqliklarni 20 
ish kuni mobaynida bartaraf etish va hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish uchun taqdim 
etish imkoniyati beriladi.
12. Milliy akkreditatsiya organining bildirishnomasida ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar 
ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish 
nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar ariza beruvchi 
tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda 
amalga oshiriladi. Buyurtmanoma takroriy ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov 
undirilmaydi. Belgilangan muddat tugagandan keyin berilgan buyurtmanoma 
yangidan berilgan hisoblanadi.
13. Takroriy ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi yoki dastlabki ekspertizani 
o‘tkazgan boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat bo‘yicha ekspert-auditori 
tomonidan o‘tkaziladi. Takroriy ekspertiza natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda Milliy 
akkreditatsiya organi ariza beruvchini uning akkreditatsiya qilish shartlariga 
nomuvofiqligi sababli akkreditatsiya qilishning rad etilgani to‘g‘risida 3 ish kuni 
mobaynida xabardor qiladi.
14. Ekspertizaning ijobiy natijalari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya organi 
akkreditatsiya qilish ob’ektining muvofiqligini baholash uchun komissiyani 
(keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) 10 ish kuni mobaynida tuzadi, ob’ektning 
haqiqiy holatini o‘rganish hamda uning: buyurtmanomada taqdim etilgan 
hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga 
va akkreditatsiya qilishning belgilangan shartlariga muvofiqligini; ko‘rsatilgan 


funktsiyalarni bajarishga qodirligini baholash komissiyaning asosiy vazifalari 
hisoblanadi.
15. Komissiya Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi. 
Buyruqda komissiyaning tarkibi, akkreditatsiya qilish ob’ektining muvofiqligini 
baholashning maqsadi, sanasi, muddati va joyi ko‘rsatiladi.
16. Komissiya raisi sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar orasidan tayinlanadi. 
17. Komissiyani tuzishda komissiya tarkibiga kiritiladigan shaxslarning xolisona 
baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan layoqati, bilimlari va ko‘nikmalari 
hisobga olinadi.
18. Zarur bo‘lgan taqdirda komissiyaga texnik ekspertlar jalb etilishi mumkin. 
Texnik ekspertlar sifat bo‘yicha ekspert-auditor rahbarligida ishlashi kerak.
19. Komissiya ishlarining dasturi Milliy akkreditatsiya organining rahbari yoki u 
vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va komissiya ishlarining 
dasturi komissiya baholashni o‘tkazish uchun jo‘nab ketgungacha tanishish 
maqsadida ariza beruvchiga taqdim etiladi.
20. Komissiya ishlarining davom etishi 20 ish kunidan oshmasligi kerak. 
Akkreditatsiya qilish ob’ektining muvofiqligini baholash natijalari ushbu Nizomga 
3-ilovaga muvofiq baholash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
21. Ariza beruvchi komissiya xulosalariga rozi bo‘lmagan taqdirda rozi emasligi 
to‘g‘risida yozma e’tiroz taqdim etishi mumkin, u baholash dalolatnomasiga ilova 
qilinadi.
22. O‘tkazilgan baholash yakunlari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya organi 
masalaning 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashida ko‘rib 
chiqilishini ta’minlaydi.
23. Milliy akkreditatsiya organi 3 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish 
kengashining tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki ariza 
beruvchiga aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun 30 ish kunidan iborat 
bo‘lgan muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
24. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi tegishli 
hujjatlar belgilangan muddatlarda taqdim etilgan taqdirda komissiya Milliy 
akkreditatsiya organining buyrug‘i asosida 5 ish kunidan oshmaydigan muddatda 
kamchiliklarni bartaraf etishning holatini o‘rganadi va nazorat dalolatnomasini 
rasmiylashtiradi.
25. O‘tkazilgan takroriy baholash yakunlari bo‘yicha hujjatlar komissiya tomonidan 
taqdim etilgandan keyin masala 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashi 
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
 26. Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish 
kengashi tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad 
etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
27. Aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish 
ta’minlanmagan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi akkreditatsiya qilishni rad 
etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
28. Akkreditatsiyani o‘tkazish muddati akkreditatsiya qilishga berilgan 
buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 130 ish kunidan oshmasligi 
kerak.



Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling