1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
tadqiqot natijalarining aniq va ishonchliligi
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
tadqiqot natijalarining aniq va ishonchliligi— agar laboratoriya ma’lum
faoliyat sohasi bo‘yicha akkreditatsiyaga ega bo‘lsa, uning tadqiqotlari aniq va ishonchli ekanligidan dalolat beradi; • qarorlarni qabul qilish bo‘yicha tadqiqotlar-akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar qarorlar qabul qilish mumkin bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadilar; • bozor iqtisodiyotida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish— akkreditatsiya Yevropa, AQSH, Kanada, Yaponiya va boshqa davlatlar eksport bozoriga yo‘l ochishi mumkin; • xodimlar faoliyat sifatining yaxshilanishi— akkreditatsiya organi tomonidan muntazam tekshirishlarni o‘tkazish hisobiga xodimlar vakolatliligini va malakasini oshirib borilishi; • Evropa Ittifoqi normativ talablariga muvofiq bo‘lishi; • Evropa Ittifoqidan yordamchi manbalar (subsidiyalar, kreditlar) olish imkoniyatini oshiradi. Nazorat savollari: 1. Laboratoriyalarni SMT joriy etish jarayoni 2. ISO 17025:2019 standarti talabalari asosida laboratoriyalarni akkreditlash 15-mavzu. O‘lchov vositalari va jihozlarini tayyorlash. Xodimlarni layoqatlilik bo‘yicha sertifikatlashtirishga tayyorlash Reja: 1. O‘lchov vositalari va jihozlarini tayyorlash. 2. Xodimlarni layoqatlilik bo‘yicha sertifikatlashtirishga tayyorlash 1.O‘lchov vositalari va jihozlarini tayyorlash Sinov laboratoriyalarini layoqatlilik bo‘yicha akkreditlashga tayyorlash jarayonida mahsulotlar va materiallarga belgilangan talablarga muvofiqlik to‘g‘risidagi isbotlarni keltirish uchun qo‘llaniladigan o‘lchov va sinov vositalarini tanlash, nazorat qilish, qiyoslash-kalibrlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish uchun boshqariladigan sharoitlar ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bu sharoitlarni ta’minlash quyidagi bir qancha ishlarni o‘z ichiga oladi: 1. O‘lchov vositalarini xisobga olish va qiyoslash ishlarni olib borish Mahsulotlar va materiallarga belgilangan talablarga muvofiqlik to‘g‘risidagi isbotlarni keltirish uchun qo‘llaniladigan o‘lchov vositalari sinov laboratoriyada qo‘llaniladigan texnologik va me’yoriy xujjatlarda belgilangan. Qo‘llanilayotgan o‘lchov va sinov vositalarini (O‘SV) hisobga olish uchun metrologiya ishlari bo‘yicha mas’ul shaxs o‘lchov va sinov vositalari o‘rnatilgan joylarini ro‘yxatga olish jurnalida yozuvlarini olib boradi. Yangi o‘lchov vositalari keltirilganda ular jurnalga kiritiladi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling