Risklar va imkoniyatlar bilan ishlash bo‘yicha ish-harakatlar (A variant)
1. Laboratoriya:
a)
menejment tizimi rejalashtirilgan natijalarga erishishi mumkinligiga
kafolat berish;
b)
laboratoriyaning maqsad va vazifalarini bajarish imkoniyatini
kengaytirish;
c)
laboratoriya ishidagi noxush oqibatlar va ehtimoliy uzilishlarning
oldini olish yoki kamaytirish;
d)
yaxshilanishni ta’minlash uchun laboratoriyaning faoliyati bilan
bog‘liq risklar va imkoniyatlarni e’tiborga olishi shart.
2. Laboratoriya:
a)
yuqoridagi risklar va imkoniyatlar bilan ishlash bo‘yicha ish-
harakatlarni;
b)
qanday qilib;
menejment tizimiga choralarni kiritish va amalga oshirishni;
bu ish-harakatlarning unumdorligini baholashni rejalashtirishi shart.
ESLATMA. Mazkur hujjatda tashkilot risklar bilan ishlash choralarini
realashtirishi ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, risklarni boshqarish rasmiy usullari
yoki risklarni boshqarish bo‘yicha hujjatlashtirilgan taomil talab etilmaydi. Risklarni
boshqarish bo‘yicha mazkur hujatla talab etilganidan ko‘ra kengroq ko‘lamli
usullarni ishlab chiqish, masalan boshqa qo‘llanma yoki standartdan foydalangan
holda, kerak-kerakmasligini tashkilotlar o‘zlari hal qilishlari mumkin.
3. Risklar va imkoniyatlar bilan ishlash bo‘yicha ish-harakatlar
laboratoriyaning natijalari to‘g‘riligiga ehtimoliy ta’sirga mutanosib bo‘lishi kerak.
1-ESLATMA. Risklar va imkoniyatlar bilan ishlash variantlari xavfni
identifikatsiya qilish va yo‘l qo‘ymaslik, imkoniyatni amalga oshirish uchun riskni
qabul qilish.yu risk manbaini istisno etish, ehtimol yoki oqibatlarni o‘zgartirish,
asosli qaror asosida riskni bo‘lish yoki saqlashni o‘z ichiga olishi mumkin.
2-ESLATMA. Imkoniyatlar laboratoriya ishlari sohasi kengayishiga, yangi
mijozlar jalb etilishiga, yangi texnologiyalardan foydalanishga va mijozning
ehtiyojlarini qondirish uchun boshqa imkoniyatlar yaratilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |