1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


asosan  Variantlar  Umumiy qoidalar


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109
Bog'liq
opop

asosan 
Variantlar 
Umumiy qoidalar 
Laboratoriya mazkur hujjat talablariga doimo muvofiq bo‘lishni ta’minlash va 
namoyish etishga qodir menejment tizimini ishlab chiqishi, hujjatlashtirishi, joriy 
etishi va dolzarb holatda saqlashi hamda laboratoriya natijalarining sifatini 
kafolatlashi shart. Bundan tashqari, 4-7-bo‘limlarning talablarini bajarish uchun 
laboratoriya menejment tizimini A variant yoki V variantga muvofiq joriy etishi 
shart. 
ESLATMA. Batafsil ma’lumot V ilovada.. 
A variant 
Laboratoriyaning menejment tizimi hech bo‘lmaganda quyidagilarni o‘z ichiga 
olishi shart: 
-
menejment tizimi hujjatlari (8.2-bandga qaralsin); 
-
menejment tizimi hujjatlarini boshqarish (8.3-bandga qaralsin); 
-
yozuvlarni boshqarish (8.4-bandga qaralsin); 
-
risklar va imkoniyatlar bilan ishlash bo‘yicha ish-harakatlar (8.5-
bandga qaralsin); 
-
yaxshilanish (8.6-bandga qaralsin); 
-
tuzatuvchi harakatlar (8.7-bandga qaralsin); 
-
ichki auditlar (8.8-bandga qaralsin); 
-
menejmentni tahlil qilish (8.9-bandga qaralsin). 
V variant 
ISO 9001 talablariga muvofiq menejment tizimini ishlab chiqqan va dolzarb 
saqlaydigan, 4-7-bo‘limlarning talablari doimiy bajarilishini ta’minlashga va 
namoyish etishga qodir bo‘lgan laboratoriya 8.2-8.9-bo‘limlarida ko‘rsatilgan 
menejment tizimi talablariga ham hech bo‘lmaganda niyat darajasida muvofiq 
bo‘ladi. 
Menejment tizimi hujjatlari (A variant) 
1. Laboratoriya rahbariyati mazkur hujjatning maqsadlariga erishish uchun 
siyosatlar va vazifalar ishlab chiqishi, ularni hujjatlashtirishi va boshqarishi, 
shuningdek ushbu siyosat va vazifalar laboratoriyaning barcha tashkiliy darajalarida 
qabul qilinishi va bajarilishini kafolatlashi shart. 
2. Siyosat va vazifalar laboratoriyaning kompetentligi, xolisligi va lozim tarzda 
ishlashi masalalariga doir bo‘lishi kerak. 


3. Laboratoriya rahbariyati menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish 
hamda unumdorligini doimo oshirish ishiga sodiqligini namoyish etishi shart. 
4. Mazkur hujjatning talablarini bajarish bilan bog‘liq barcha hujjatlar, 
jarayonlar, tizimlar, yozuvlar va h.k. menejment tizimiga kiritilish, u bilan 
solishtirilishi yoki bog‘liq bo‘lishi shart. 
5. Laboratoriya ishlarini bajarishda ishtirok etadigan barcha xodimlar 
menejment tizimi hujjatlari va tegishli axborotning o‘zlari mas’ul bo‘lgan ishda 
qo‘llaniladigan qismidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling