2.Sifat tizimi hujjatlarini ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari
asosida ishlab chiqish.
ISO 9000: 2015 standarti ISO / TC 176 tomonidan ishlab chiqilgan sifat
menejmenti va sifat menejmenti tizimlarining barcha standartlariga tatbiq
qilinadigan atamalar va ta’riflarni belgilaydi. ISO 9000: 2015 sifatni boshqarishning
asosiy kontseptsiyalari va tamoyillarini tasvirlaydi, Bu asosiy kontseptsiyalari
tamoyillari quyidagi tashkilotlarga qo‘llaniladi: • sifat menejmenti tizimini tatbiq
etish orqali barqaror muvaffaqiyatlarni qo‘llab quvvatlovchi tashkilotlar; • o‘z
mijozlari talablariga muvofiq maxsulot va xizmatlarni doimiy ravishda ta’minlash
qobiliyatiga ega bo‘lgan tashkilotlar; • talablarga javob beradigan maxsulot va
xizmatlar ta’minoti zanjiriga ishonadigan tashkilotlar; • sifat menejmentida
ishlatiladigan so‘z boyliklarini umumiy tushunish orqali muloqotni yaxshilashga
intilayotgan tashkilotlar va manfaatdor tomonlar; • ISO 9001 talablariga
muvofiqlikni baxolashni amalga oshiruvchi tashkilotlar; • sifatni boshqarish
bo‘yicha trening, baxolash yoki maslaxat konsulьtantlari; • tegishli standartlarni
ishlab chiquvchilar.
ISO 9001: 2015 sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi:
Bu talablar nimadan iborat?
a) mijozga va amaldagi qonunchilik va me’yoriy talablarga mos keladigan
maxsulotlar va xizmatlarni doimiy ravishda ta’minlash qobiliyatini namoyish qilishi
kerak;
b) tizimni takomillashtirish va mijozlarga va amaldagi qonunchilik va me’yoriy
talablarga muvofiqlikni ta’minlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan tizimni samarali
qo‘llash orqali mijozlar extiyojini qondirish darajasini oshirish kerak.
ISO 9001: 2015 ning barcha talablari umumiy xisoblanadi va xar qanday tashkilotga,
yoki maxsulot va xizmatlarga, ularning turiga yoki xajmiga qaramasdan,
mo‘ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |