1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
Nazorat savollari: 1.Milliy akkreditlashtirish tizimi 2.SMT ni qo‘llash tizimlari 13-mavzu.Sifat tizimi hujjatlarini ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida ishlab chiqish. Reja: 1. Sifat menejmenti tizimi hujjatlarini ishlab chiqish 2. Sifat tizimi hujjatlarini ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida ishlab chiqish. 1.Sifat menejmenti tizimi hujjatlarini ishlab chiqish Sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda hujjatlarni ishlab chiqishga amaliy yondashuv quyidagicha amalga oshiriladi: 2.1. Sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarni ishlab chiqish. Sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqishda “Sifat sohasidagi siyosat” atamasi ta’rifini e’tiborga olish va quyidagilar ko‘rsatilgan siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha vazifani belgilash kerak: − yuqori rahbariyat tomonidan rasmiy shakllantirilgan, laboratoriyani sifat sohasidagi umumiy mo‘ljallari; − yuqori rahbariyat tomonidan rasmiy shakllantirilgan, laboratoriyani sifat sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; Sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqishni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish tavsiya qilinadi: − sifat sohasidagi siyosatni hujjat sifatida tuzilishini aniqlash; − laboratoriyani strategik maqsadini aniqlash; − laboratoriyani sifat sohasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash; − asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkilot faoliyati tamoyillarini aniqlash; − sifat sohasidagi siyosatni yuritish va laboratoriyani sifat sohasidagi maqsadlariga erishish uchun sharoitlarni yaratish uchun laboratoriya rahbariyatini majburiyatlarini aniqlash. Laboratoriyani sifat sohasidagi siyosatini ishab chikish uchun javobgarlik rahbarga yuklanadi. Siyosatni ishlab chiqish uchun u tomonidan korxonani yetakchi mutaxassislari, yuqori rahbarlik zvenosi jalb qilinishi mumkin. Rahbar tomonidan imzolangan Siyosat korxonani barcha xodimlariga yetkazilishi kerak. Sinov laboratoriya maqsadlarini belgilashda yuqori rahbariyat quyidagilarni hisobga olishi kerak: − laboratoriyani joriy va kelajakdagi ehtiyojlari va iste’molchilar istaklarini; − mahsulot va jarayonlarni sifat ko‘rsatkichlarini; − laboratoriya faoliyatini o‘z-o‘zini baholash natijalarini; − mahsulot, sifat menedjmenti tizimlari jarayonlarini yaxshilash imkoniyatlarini; − qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur resurslarni. Maqsadlar butun tashkilotni qamrab olishi va ularga erishish uchun javobgar shaxslar ko‘rsatilishi kerak. Maqsadlarni barcha xodimlarga aniq yetkazish kerak. Maqsadlar davriy ravishda tahlil qilinishi va zarur bo‘lganda qayta ko‘rib chiqilishi kerak. 2.2. SMT protsedura hujjatlarini ishlab chiqish. ISO 9001:2015 standarti talablari bo‘yicha tashkilotda quyidagi faoliyat turi uchun “hujjatlashtirilgan protseduralar” ishlab chiqilishi kerak: hujjatlarni boshqarish; yozuvlarni boshqarish; ichki audit; nomuvofiq mahsulotni boshqarish; tuzatish hrakatlari va oldini olish harakatlari Bir necha turdagi faoliyat bo‘yicha protseduralarni bir hujjatlashtirilgan protseduraga birlashtirish mumkin (masalan, tuzatish va oldini olish harakatlari). Murakkab jarayonlar mavjud tashkilotlarda, SMT natijali faoliyatini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha hujjatlashtirilgan protseduralar talab qilinishi mumkin (ayniqssa, mahsulotni yaratish jarayonlariga nisbatan). Odatda, hujjatlashtirish batafsil bayonlar ko‘rinishida amalga oshirilishi kerak deb xisoblanadi. Lekin, ISO 9001:2015 majburiy oltita, va zarur bo‘lganda qo‘shimcha protseduralarni hujjatlashtirilishi kerakligini talab qiladi xolos, ammo hujjatlashtirish qanday shaklda yoki qanday eltuvchida amalga oshirilishini ko‘rsatmaydi. 2.1. Zarur hujjatlarni tayyorlash hajini kamaytirish uchun, sinov laboratoriyalar o‘z texnikaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, quyidagi usullarni qo‘llashlari mumkin: • Sxemalar va diagrammalar. Tashkilot maqsadlarini bayon qilish, tashkiliy tuzilmasini tasvirlash kabi kisqa ma’lumotlar uchun samarali. • SHakllar/formulyarlar. Ketma-ket yig‘iladigan aniq ma’lumotlarni, masalan, tekshirishlar natijalari, sinov natijalari, sotib olishga buyurtmalar, yig‘ish uchun qo‘llanishi mumkin. • Jarayonlar kartalari (algoritmlar yoki jarayonlar blok – sxemalari, texnologik sxemalar, oqimlar diagrammalari). Jarayonlar, protseduralar, uslubiyatlar va h.k. larni qisqa bayon qilish uchun samarali vosita. • Rasmlar va eskizlar. Konstruktsiyalar yoki standartlar bo‘yicha amallarni tushuntirish uchun qo‘llanilishi mumkin. • Video – audiokasetalar. Xodimlarni o‘qitish, shuningdek yangi xodimlarni kasbga tayyorlash uchun samarali vositalar bo‘lishi mumkin. • Kompьyuter dasturlari. Ko‘p hollarda ma’lumotlarni yig‘ish, hujjatlarni tayyorlash va saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Elektron pochta tizimi – xabarlarni va boshqa joriy ma’lumotlarni hujjatlashtirishni operativ vositasi. 2.2. Protsedura hujjatlarini ishlab chiqish. Hujjatlashtirilgan protsedurada oltita asosiy savolga javob bo‘lishi kerak: - Nima bajariladi – kirishda nimalar mavjud? - Nima uchun – chiqishdagi natija qanday? - Harakatni kim bajaradi? - Qaerda? - Qachon? - Qay tarzda? Hujjatlashtirilgan protsedurani soddalashtirilgan tarkibi MAQSAD Ushbu protsedura nima uchun kerakligini ko‘rsating. QO‘LLANISH SOHASI Protsedurani qo‘llanish sohasini, masalan, protsedura qullaniladigan mahsulot, bo‘linma yoki jarayonlarni ko‘rsating. TA’RIFLAR Protsedurada qo‘llanilgan maxsus atama yoki so‘zlarni ta’riflarini keltiring. HAVOLALAR SMT tegishli hujjatlariga havolalarni ko‘rsating. QO‘LLASH UCHUN JAVOBGARLAR Kim (lavozim) protsedurani qo‘llash uchun javobgar ekanini ko‘rsating. JARAYoN Jarayonni ishini, ya’ni kim, qay tarzda, qanday ketma – ketlikda operatsiyalarni bajarishini bayon qiling. SAQLASH Bu protsedurani original nusxasi va boshqa nusxalarini kim va qaerda saqlashini, protsedura qanday tartib raqami bilan ro‘yxatga olinganini ko‘rsating. ILOVALAR Barcha ilovalarni sanab o‘ting. Ular yozuvlar, sxemalar va x.k. ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 2.3. SMTning boshqa hujjatlari (ISO 9001) 4.2 Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar 4.2.1 Umumiy talablar Sifat menedjmenti tizimining hujjatlari: g) jarayonlarni samarali rejalashtirish, amalga oshirish va ularni boshqarish uchun tashkilotga kerak bo‘lgan hujjatlar; ISO 9001 standartida bu band talablarini bajarish uchun qanday aniq hujjatlar kerakligi to‘g‘risida aytilmagan, aksincha, tashkilotni o‘zi kerakli hujjatlarni aniqlashi tavsiya qilinadi. Odatda, tashkilotlarda jarayonlarda ishtirok etuvchi ko‘p turli hujjatlar mavjud. Masalan, texnologik yo‘riqnomalar, reglamentlar, lavozim va ishchi yo‘riqnomalari, turli jurnallar, korxona standartlari, bo‘limlar to‘g‘risida nizomlar va x.k. Ularni barchasini SMT ga kiritish va ba’zi joylarda jarayonlarni bayon qilishda ularga xavolalar qilish kerak. Ammo, qandaydir hujjatlarni SMT kirgazishdan oldin, ularni protseduralar va standart talablarini xisobga olgan holda ko‘rib chiqish va zarur bulganda tegishli o‘zgartirishlar kiritish darkor. Masalan, deyarli hamma tashkilotlarda korxonalarda xodimlarni majburiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan lavozim yo‘riqnomalari mavjud. Standart lavozim yo‘riqnomalari bo‘lishini talab qilmaydi, lekin standartda xodimlarga tegishli ba’zi talablar mavjud. Lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval, standartni bu masalalariga tegishli bandlari talablarini belgilash va so‘ng bu talablarni to‘liq aks ettiradigan yo‘riqnomalarni ishlab chiqish kerak. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling