1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
opop

Yaxshilanish (a variant) 
1. Laboratoriya yaxshilanish uchun imkoniyatlarni aniqlashi va tanlashi hamda
har qanday zarur ish-harakatlarni amalga oshirishi shart. 
ESLATMA. Yaxshilanish uchun imkoniyatlar operatsion taomillarni tahlil 
qilish, siyosatlardan, umumiy maqsadlardan, audit natijalaridan, tuzatuvchi 
harakatlardan, menejmentni tahlil qilishdan, xodimlarning takliflaridan foydalanish, 


risklarni baholash, ma’lumotlar va malakani baholash natijalarini tahlil qilish 
yordamida aniqlanishi mumkin. 
2. Laboratoriya o‘z buyurtmachilaridan ham ijobiy, ham saliy qayta aloqani 
olishi shart. Qayta aloqa ma’lumotlaridan menejment tizimi, laboratoriya ishlari va 
buyurtmachilarga ko‘rsatiladigan ishlarni yaxshilash uchun foydalanish mumkin. 
ESLATMA. Qayta aloqaga misollar – buyurtmachilarning qoniqqanligi 
xususida so‘rovnoma o‘tkazish, axborot almashish bo‘yicha yozuvlar va 
hisobotlarni buyurtmachilar bilan birgalikda tahlil qilish. 
Tuzatish harakatlari (A variant) 
1. Agar nomuvofiqlik aniqlansa, laboratoriya:
a) 
nomuvofiqlikka javob choralarini ko‘rishi va qo‘llash mumkin bo‘lsa: 
- nomuvofiqlikni boshqarish va tuzatish bo‘yicha ish-harakatlarni amalga 
oshirishi; 
- nomuvofiqliklarning oqibatlari bo‘yicha choralar ko‘rishi; 
b) 
nomuvofiqlik takror yoki boshqa biror joyda yuzaga kelmasligi uchun, 
nomuvofiqlikning sabab(lar)ini istisno etish choralarining qanchalik zarurligini: 
- nomuvofiqlikni tahlil qilish; 
- nomuvofiqlikning sabablarini aniqlash; 
- bu kabi nomuvofiqliklar bormi yoki ular yuz berishi mumkinmi, shularni 
aniqlash orqali baholashi; 
c) 
barcha zarur ishlarni bajarishi; 
d) 
ko‘rilgan har qanday tuzatuvchi harakatlarning natijaviyligini tahlil 
qilishi; 
e) 
zarur bo‘lsa, rejalashtirish bosqichida aniqlangan risklar va 
imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yangilashi; 
f) 
zarur bo‘lsa, menejment tizimiga zarur o‘zgartirishlar kiritishi shart. 
2. Tuzatuvchi harakatlar aniqlangan nomuvofiqliklarning oqibatlariga 
mutanosib bo‘lishi kerak. 
3. Laboratoriya yozuvlarni: 
a) 
nomuvofiqliklarning xususiyati, sabab(lar)i va ko‘rilgan har qanday 
keyingi harakatlar; 
b) 
har qanday tuzatuvchi harakatlar natijalari dalolati sifatida saqlashi 
shart. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling