1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Menejment tizimi hujjatlarini boshqarish (A variant)


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Bog'liq
opop

Menejment tizimi hujjatlarini boshqarish (A variant) 
1. Laboratoriya mazkur hujjatning talablarini bajarish bilan bog‘liq hujjatlarni 
(ichki va tashqi) boshqarishi shart. 
ESLATMA. Mazkur kontekstda “hujjat” atamasi siyosat to‘g‘risida bayonot, 
taomillar, spetsifikatsiyalar, yo‘riqnomalar, kalibrlash jadvallari, sxemalar
qo‘llanmalar, plakatlar, eslatmalar, , chizma, reja va hokazolar shaklidagi hujjatlarni 
anglatadi. Ular turli tashuvchilarda, xususan qog‘ozda ham, elektron shaklda ham 
bo‘lishi mumkin. 
2. Laboratoriya: 
a) 
hujjatlarning muvofiqligi ular chiqarilishidan oldin vakolatli shaxslar 
tomonidan tasdiqlanganligini; 
b) 
zarurat tug‘ilganda, hujjatlar vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi va 
yangilanishini; 
c) 
o‘zgarishlar va joriy versiyaning maqomi belgilanganligini; 
d) 
foydalaniladigan hujjatlarning amaldagi versiyalari bilan ulardan 
foydalanilish joyida tanishish mumkinligi, zarur bo‘lganda ularning tarqatilishi 
nazorat qilinishini; 
e) 
hujjatlar noyob tarzda identifikatsiya qilinishini; 
f) 
eskirgan hujjatlardan bexosdan foydalanishni oldini olish choralari 
ko‘rilishini va bunday hujjatlar biror maqsadda laboratoriyada qoldirilsa, ular 
tegishlicha belgilanishini kafolatlaydi. 
 Yozuvlarni boshqarish (A variant) 
1. Laboratoriya mazkur hujjatning talablarini bajarishini namoyish etish uchun 
yozuvlarni yuritishi va tushunarli holatda saqlashi shart. 
2. Laboratoriya o‘z yozuvlarini identifikatsiya qilish, saqlash, himoya qilish
zaxira uchun nusxa ko‘chirish, arxivlash, berish, saqlash muddatini va yo‘q qilish 
tartibini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqaruv choralarini amalga oshirishi shart. 
Laboratoriya shartnoma muddatiga teng muddat yozuvlarni saqlashi shart. Ushbu 
yozuvlardan foydalanish imkoniyati maxfiylikni ta’minlash choralariga mos bo‘lishi 
kerak. Yozuvlardan talab etilishi bilanoq foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak. 


ESLATMA. 7.5-bandda texnik yozuvlarga doir qo‘shimcha talablar berilgan. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling