1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109
Bog'liq
opop

1. Ichki audit o‘tkazish tartibi. 
 
Sinov laboratoriyasini akkreditlashdan oldin ichki audit o‘tkazilishi lozim. 
Sinov laboratoriyalarida ichki audit o‘tkazish jarayoni ISO 19011 standartiga ishlab 
muvofiq ishlab chiqilgan protsedura bo‘yicha o‘tkaziladi. Ichki audit o‘tkazish 
Jarayoni protsedurasi (Tavsiya etiladi)
1.1 Umumiy qoidalar. Ichki audit sinov laboratoriyada Sifatni boshqarish tizimi 
(SBT) rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini va faoliyatini samaradorliligi va uni 
ishchi holatda saqlanishi aniqlash uchun rejalashtirilgan davriylik bilan o‘tkaziladi. 
Ushbu ichki auditni o‘tkazish protsedurasi quyidagilarni tartibga soladi: - 
auditorlarni tayyorlash; - ichki auditni rejalashtirish; - ichki audit mezonlarini 
belgilash; - audit dasturini tuzish; - audit uslublarini belgilash; - ichki auditni 
o‘tkazish; - ichki audit mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklarni sabablarini bartaraf 
qilish uchun to‘g‘rilovchi amallarni ishlab chiqish, joriy qilish va bajarilishini 
tekshirish.
1.2 Auditorlarni tayyorlash
1.2.1 Ichki auditlar tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan auditorlar tomonidan o‘tkaziladi. 
Auditorlarni tayyorlash uchun rahbariyatni sifat bo‘yicha vakili (RSV) javobgardir. 
Auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tashkilotda yilda kamida bir 
marta o‘quv kursi o‘tkaziladi yoki mutaxassislar tegishli o‘quv kurslariga 
yuboriladi. O‘quv kursi tegishli bilim va malakaga ega tashkilot mutaxassislari yoki 
tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
1.2.2 Auditorlarni malakasi, bilimi shaxsiy sifatlariga talablar: Malakasi (bilimi): - 
oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak; - ISO 17025, ISO 9000 
seriyali va SBTga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha (ISO 19011 va boshqalar) standartlar 
bilan tanish bo‘lishi kerak; - laboratoriyaning SBT hujatlarini bilishi kerak; - ISO 
19011 bo‘yicha ichki auditlarni o‘tkazish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi kerak; 
Tajribasi: - laboratoriyada kamida 2 yil ishlagan bo‘lishi kerak;
- hujjatlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. SHaxsiy sifatlari: - 
suxbatdoshini tinglay olish; - holatni ob’ektiv va sog‘lom baholay olish; - analitik 
va sog‘lom fikrlash; - sifatni yaxshilashga intilish; - o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma 
bayon qilish; - ichki auditni o‘tkazish vaqtida olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor 
qilmaslik.
1.3 Audit jarayonlarini rejalashtirish
1.3.1 RSV joriy yilning 15 dekabrgacha kelgusi yil uchun ichki auditlarni o‘tkazish 
rejasini ( 4-shakl) tuzadi. Reja tuzishda: - tekshirilayotgan faoliyatning muhimligi; 
- avval o‘tkazilgan (agar o‘tkazilgan bo‘lsa) auditlar natijalari; - rahbariyat 
tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalari; - jarayonlar faoliyati tahlillari natijalari 
hisobga olinadi.


 1.3.2 Laboratoriya bo‘linmalari va sifat tizimi jarayonlarning faoliyati bir yilda 
kamida 1 marotaba tekshirilishi kerak. Rahbariyatning sifat bo‘yicha vakili yillik 
audit rejasini tuzishda auditorlarning tekshirilayotgan faoliyatdan mustaqilligini 
hisobga olishi zarur. Auditlar o‘tkazishning yillik rejasi bosh direktor tomonidan 
tasdiqlanadi.
6.3.3 Tasdiqlangan reja 25 dekabrgacha barcha laboratoriya bo‘linma rahbarlariga, 
shuningdek laboratoriyaning barcha ichki auditorlariga tanishish uchun tarqatiladi. 
RSV audit rejasini tarqatish uchun javobgar. 1.4 Audit dasturi
1.4.1 Yillik audit rejasi asosida, bosh auditor audit boshlanishidan 7 kun avval aniq 
auditni o‘tkazish dasturini (5-shakl)
tuzishi va tekshirilayotgan bo‘linmalar rahbarlariga tanishish uchun taqdim qilishi 
kerak. Audit dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: • auditni maqsadlari, sohasi 
va xajmi; • guruh a’zolarini tarkibi va mutaxasisligi; • tekshirilayotgan jarayonlar 
ko‘rsatilgan holda tekshirishni o‘tkazish sanasi va joyi; • tekshirishda yechilishi 
kerak bo‘lgan savollar; • oldingi audit natijalarini tahlili; • audit bo‘yicha 
xisobotlarni tuzish.
1.4.2 Bosh auditor tekshirish dasturi tuzilgach kerakli hujjatlarni tayyorlashi kerak.
1.5 Audit uslubiyati. 
1.5.1 Auditni o‘tkazishda auditor bo‘linma faoliyat yurgazishi uchun zarur bo‘lgan 
SBT hujjatlarni: - tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mavjudligini; -saqlanish 
sharoitlarini; - ishchi holatida saqlanishi; - identifikatlashtirish mavjudligi; - 
aktuallashtirilganligi; - mazmunini O‘zDSt/ISO 17025 standarti talablariga 
muvofiqligini; -protseduralarni bayonini to‘liqligini tekshirishi zarur.
1.5.2 Auditor: - tekshirilayotgan jarayonning amaldagi faoliyatini SBT hujjatlarida 
o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirishi; - talablarni bajarilishini 
tasdiqlaydigan yozuvlar mavjudligini tekshirishi; - ro‘yxatga olinadigan 
ma’lumotlar, qurilmalar, o‘lchov vositalari, ish o‘rinlarni holati bilan tanishishi 
kerak.
1.5.3 Ichki auditni o‘tkazishda auditor ISO 19011 standartida belgilangan ish 
uslublaridan foydalanadi.
1.6 Auditni o‘tkazish.
1.6.1 Auditni o‘tkazish mezonlari: - joriy qilingan SBT O‘zDSt/ISO 17025 
talablariga muvofiqligi; - faoliyatni rejalashtirilgan tadbirlarga muvofiqligi; - 
bajarilayotgan faoliyatni SBT hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi; - SBT 
samaradorligini baholash; - SBT joriy qilinishini baholash; - sifat tizimini ish 
qobilyatini baholash. 
1.6.2 Ichki auditni o‘tkazish uchun RSV 2-3 yoki undan ortiq auditordan iborat 
guruh tuzadi. Auditorlardan biri bosh auditor qilib tayinlanadi. Auditorlarni guruhga 
tanlashda ularni tekshirilayotgan laboratoriya, bo‘linma rahbari va tekshirilayotgan 
faoliyatdan mustaqil bo‘lishlari xisobga olinadi. 
1.6.3 Ichki auditni o‘tkazishda bosh auditor guruh a’zolari orasida majburiyatlarni 
taqsimlaydi. Ichki auditni o‘tkazishda tekshirilayotgan bo‘linma vakili (bo‘linma 
boshlig‘i, yoki u tomonidan tayinlangan shaxs) ishtirok etishi kerak.


1.6.4 Auditni o‘tkazish bir necha bosqichlardan iborat: - kirish yig‘ilishi; - 
hujjatlarni ko‘rib chiqish; - ish joyida audit; - yakuniy yig‘ilish; - audit natijalarini 
hujjatlashtirish.
1.6.5 Audit vaqtida, audit ulardagi talablarga muvofiqlikka o‘tkazilayotgan barcha 
tartibga soluvchi hujjatlar, audit predmetiga tegishli shuningdek boshqa materiallar 
(bayonnomalar, farmoyishlar, ro‘yxatga olish jurnallari, sifat rejalari va h.k) 
so‘raladi.
6.6.6 Auditni kirish ma’lumotlari bo‘lib: Laboratoriya faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotlar, protseduralar, yo‘riqnomalar, mahsulotga taalluqli sinov va o‘lchashlarni 
metodik qo‘llanmalari, me’yoriy va qonun aktlari va hujjatlari talablari hisoblanishi 
mumkin.
6.6.7 Audit jarayonida audit o‘tkazilayotgan laboratoriya, bo‘linma vakillari 
auditorlarga ish bo‘yicha istalgan savollarni berishlari mumkin. Nomuvofiqliklarni 
audit vaqtida bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa, unda ularni auditni oxirigacha 
bajarish kerak. 
1.6.8 Audit vaqtida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bayonnomalar (6-shakl) 
ko‘rinishida ro‘yxatga olinishi kerak. 
1.6.9 Ichki audit bo‘yicha xisobotda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari, 
auditorlar tomonidan jarayonni faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berilishi 
yoki ishda yaxshilashlar bo‘lgan joylar ko‘rsatilishi mumkin.
1.6.10 RSV nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi bayonnomalarni maxsus papkaga to‘plash
uchun javobgardir.
1.6.11 Bosh auditor audit o‘tkazilgan jarayon xodimlari va rahbariga yakuniy 
majlisda audit natijalarini yetkazadi. Jarayon rahbari aniqlangan nomuvofiqliklarga 
o‘z roziligini bildirishi kerak. Yakuniy majlisda nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi 
xisobotlarni asl nusxalari jarayon rahbariga yoki tekshirilayotgan jarayon uchun 
javobgar shaxsga topshiriladi, u keyingi nazorat maqsadida ularni saqlanishini 
ta’minlashi kerak.
1.7 Tahlil va to‘g‘rilovchi amallarni o‘tkazish, bajarilishini tekshirish 1.7.1 Barcha 
ro‘yxatga olingan nomuvofiqliklar Laboratoriya rahbari tomonidan to‘g‘rilovchi 
amallarni zarurligi darajasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Agar mahsulot 
yoki jarayonning aniqlangan nomuvofiqliklari to‘g‘rilovchi amallarni talab qilsa, 
unda tegishli bo‘linma rahbarlari yoki sifat bo‘yicha javobgar shaxs to‘g‘rilovchi 
amallar tadbirlari rejasini tuzadi. To‘g‘rilovchi amallarni bajarish kerak. Ularni
tugatish muddati tekshirilgan jarayon rahbari tomonidan taklif qilinishi kerak.
1.7.2 Ichki auditning chiqish ma’lumotlari quyidagilardan iborat: • audit natijalari; • 
to‘g‘rilovchi amallarni joriy qilishni tekshirish; • to‘g‘rilovchi amallarni dolzarbligi 
va samaradorligi; • ichki tekshirishlar jarayonining samaradorligi. 
1.7.3 Auditor ko‘rilgan tuzatishlarni samaradorligi va bajarilishini tekshirish uchun
nazorat (rejadan tashqari) audit o‘tkazishi va nomuvofiqlik to‘g‘risidagi hisobotni 
yopishi kerak, nomuvofiqlik to‘g‘risidagi xisobotlarni nusxalari tekshirilayotgan 
bo‘limga, asl nusxalari sifat bo‘yicha raxbariyat vakiliga berilishi kerak. 
Rahbariyatning sifat bo‘yicha vakili audit rejasida auditni tegishli bo‘limda 
o‘tkazilganligini va rejani bajarilishini belgilaydi.


Ichki auditlarni o‘tkazishni _________yilga rejasi. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling