Muvofiqlik deklaratsiyasining muvofiqlik sertifikatidan farqlari:
- Muvofiqlik deklaratsiyasi texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun
majburiy ravishda rasmiylashtiriladi. "Muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish
shaklida muvofiqligi tasdiqlangan mahsulotlarning yagona ro‘yxati" da
ko‘rsatilmagan mahsulotlar uchun muvofiqlik deklaratsiyasini rasmiylashtirish
mumkin emas
- Mahsulotning muvofiqligi deklaratsiyasi uchun standart shakl berilmaydi.
Muvofiqlik deklaratsiyasi A4 formatdagi varaqda rasmiylashtiriladi va talabnoma
beruvchi
tashkilotning
muhri
bilan
tasdiqlanadi.
Sertifikatlash
va
deklaratsiyalashning aniq shakli allaqachon mavjud.
- Muvofiqlik deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma'lumot uchun talabnoma beruvchi
tashkilot, muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma'lumotlar (majburiy va ixtiyoriy)
uchun esa sertifikat bergan sertifikatlashtirish organi javobgardir.
Muvоfiqlikni bаhоlаsh tаrtibi vа bоsqichlаri.
Muvofiqlikni baholash tartibi:
-muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash
sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni,
-ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini o‘z ichiga oladi.
-Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar va
(yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil
etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va
tajribaga ega bo‘lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
5-mavzu. “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining
ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |