ikkinchi tomon — muvofiqligi baholanayotgan obyektdan iste’molchi
sifatida manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
ariza beruvchi — Markazga akkreditatsiya to‘g‘risidagi tegishli ariza bilan
murojaat qilgan yuridik shaxs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat
berilgan shaxs;
milliy akkreditatsiya tizimi belgisi (keyingi o‘rinlarda akkreditatsiya
belgisi deb ataladi) — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash
organlari va metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya maqomini belgilash
maqsadida ular tomonidan qo‘llanishi uchun mo‘ljallangan Markaz tomonidan
beriladigan belgi;
inspeksiya nazorati — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya
xizmatlarining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini
tasdiqlash maqsadida Markaz tomonidan davriy baholash tartib-taomili;
akkreditatsiya sohasi — akkreditatsiya so‘ralayotgan yoki taqdim etilgan
muvofiqlikni baholash bo‘yicha faoliyatning muayyan sohasi;
akkreditatsiya obyekti — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya
xizmatlari, shu jumladan ularni baholash jarayonida;
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxslar hisoblanadigan va
muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda
akkreditatsiyadan o‘tgan inspeksiya organlari, tibbiy, sinov va kalibrlash
laboratoriyalari (markazlari), provaydyerlar, mahsulotni, xizmatlarni, menejment
tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
baholash — akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun texnik jihatdan
tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida akkreditatsiya obyekti vakolatli
ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
baholovchi — muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatlarini
mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida baholash uchun Markaz tomonidan
tayinlangan shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |