1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


MUVOFIQLIKNI BAHOLASH ORGANLARINI AKKREDITATSIYADAN


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
opop

MUVOFIQLIKNI BAHOLASH ORGANLARINI AKKREDITATSIYADAN 
O‘TKAZISH SOHASIDAGI ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR 
QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-
son 
Farmonini
 bajarish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro 
standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish milliy tizimini yanada 
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni 
baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi maxsus vakolatli organ 
hisoblangan “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda 
Akkreditatsiya markazi deb ataladi) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
2. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat 
yo‘nalishlari etib belgilansin: 
muvofiqlikni 
baholash 
organlarini 
akkreditatsiyadan 
o‘tkazishda 
akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar 
to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 
Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), 
Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va 
Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo sifatida kirish; 
akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq 
doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro 
standarti talablariga rioya qilish; 
akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, 
o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya 
bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini 
ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish; 
akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda 
saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda 
jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash. 
3. Quyidagilar: 
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga
 muvofiq; 
“O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUKning Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-
Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro 
tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo 
sifatida kirishi bo‘yicha tadbirlar rejasi 
2-ilovaga
 muvofiq tasdiqllansin. 
4. Belgilab qo‘yilsinki: 
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida 
oldin berilgan guvohnomalar haqiqiy hisoblanadi va Akkreditatsiya markazi 
muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya 
nazoratidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik 
to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilsa, ushbu guvohnomalar 


bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab o‘zining amal qiladigan muddatiga 
qayta rasmiylashtirilishi lozim;Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim 
maoshi 2 baravar miqdordagi koeffitsiyentni qo‘llangan holda, Yagona tarif setkasi 
bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq 
belgilanadi;akkreditatsiyadan o‘tkazishda, inspeksiya nazoratida va ularning 
natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda, davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarning Akkreditatsiya markazi faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi 
va ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
5. Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin: 
akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda 
akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro 
shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, 
shuningdek, Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), 
Laboratoriyalar 
akkreditatsiyasi 
bo‘yicha 
xalqaro 
tashkilot 
(ILAC) 
va 
Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq 
akkreditatsiya tartibotlari bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va nizomlar ishlab 
chiqish va tasdiqlash;treninglar, seminarlar o‘tkazish va baholovchilar, texnik 
ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi 
mutaxassislar malakasini baholash;o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali 
bajarayotgan xodimlarga o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining ikki 
baravari miqdorigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar to‘lash;eng yaxshi 
amaliyotlarga 
muvofiq 
vazifalarni 
sifatli 
bajarish 
maqsadida 
mustaqil 
maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni 
shartnoma asosida jalb qilish;ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya 
markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini 
mustaqil tasdiqlash. 
6. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi: 
Akkreditatsiya markazi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va 
boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik 
subyektlari va jismoniy shaxslar ishtirokida akkreditatsiya milliy tizimini 
rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi va Akkreditatsiya 
markazi ushbu yo‘nalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib boruvchi 
Akkreditatsiya bo‘yicha kengashni tashkil etsin;o‘z faoliyatida, shuningdek, 
tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida Akkreditatsiya markazi mustaqilligi va 
xolisligiga shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan biror-bir xatti-harakatlarni amalga 
oshirmasin;Akkreditatsiya markazi direktorini tayinlashda ILAC va IAF talablari va 
prinsiplariga, ISO/IEC standartlariga hamda Akkreditatsiya bo‘yicha kengash 
tavsiyalariga amal qilsin;ikki oy muddatda respublika hududida amal qiladigan 
ISO/IEC 17000 standartlarining dolzarbligi va jahon miqyosida amal qiladigan 
standartlar bilan bir xilligini qayta ko‘rib chiqsin;uch oy muddatda tegishli vazirlik 
va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasi asosida muvofiqlikni baholash organlari 
vakolatlarini baholashni ularning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, 
shu jumladan ularni Akkreditatsiya markazi tomonidan ma’qullash va/yoki 
notifikatsiya qilish yo‘li orqali akkreditatsiyadan o‘tkazish tartib-taomillari o‘rniga 


muqobil va soddalashtirilgan baholash turlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
7. Akkreditatsiya markazi rahbari zimmasiga quyidagilar uchun shaxsiy 
mas’uliyat yuklansin:muvofiqlikni baholash sohasidagi ILAC, IAF talablariga va 
ISO/IEC standartlariga asoslangan prinsiplarga so‘zsiz rioya qilish;akkreditatsiya 
bo‘yicha 
ishlarni 
bajarishda 
xolislik, 
betaraflik 
va 
mustaqillikni 
ta’minlash;baholashni amalga oshirishda ishtirok etmagan Akkreditatsiya 
markazining malakali shaxslari bilangina akkreditatsiya bo‘yicha qaror qabul 
qilish;akkreditatsiya bo‘yicha faoliyatning xolisligi, betarafligi va mustaqilligini 
shubha uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatmaslik. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
3-ilovaga
 muvofiq ayrim 
qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
9. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy 
muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy 
tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Texnik jihatdan tartibga 
solish” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling