1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


-bob. Akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq to‘lash tartibi


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
opop

9-bob. Akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq to‘lash tartibi 
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun 
haq undiriladi:hujjatlar ekspertizasi uchun;akkreditatsiya obyektini baholash 
uchun;tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘tkazilgan akkreditatsiya obyektining 
inspeksiya nazorati uchun;akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun. 
Akkreditatsiya obyektlari tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz 
xizmatlariga haq to‘lash ularning natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi. 
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari 
bo‘yicha haq undirilmaydi:ariza ko‘rib chiqish;oldin berilgan (amaldagi) 
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;akkreditatsiya 
to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish; 
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;akkreditatsiya obyekti faoliyatining 
rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish;ushbu Nizomning 69 -
bandi 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi 
xatboshilarida
 nazarda 
tutilgan 
materiallar 
dolzarblashtirilganligi uchun. 
62. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Markazning 
sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Sarflangan vaqtni hisoblab 
chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga 
joylashtiriladi. 
63. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan 
akkreditatsiya belgisi qo‘llanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdori haq 
undiriladi. 
10-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish 
64. Akkreditatsiya obyekti qayta tashkil etilsa, nomi, yuridik manzili yoki 
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur 
o‘zgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi 
guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni 
yozma ravishda xabardor qilishi kerak. 
65. Agar akkreditatsiya obyekti ilgari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 
akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan 
bog‘liq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomning 
3-bobida
 nazarda tutilgan tartibda 
o‘tkaziladi. 
66. Akkreditatsiyadan o‘tgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari
xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi 
(pochta manzili) o‘zgarsa, yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma 
akkreditatsiya o‘tkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi. 
67. Sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya 
xizmati joylashgan joy o‘zgarsa, ushbu Nizomning 
3-bobida
 nazarda tutilgan 
tartibda ular takroriy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. 
68. Yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch 
ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. 



Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling