1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
6-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib
turish (tiklash) 47. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganida;akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;akkreditatsiya obyekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda. 48. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ushbu Nizom 47-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ushbu Nizom 47-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holda Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini to‘xtatib turishi shart. 49. Akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. 50. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi to‘g‘risida raport taqdim etadi. 51. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi holatlarini o‘rganish, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. 53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kundan kechikmay Markaz tomonidan akkreditatsiya obyektiga yetkaziladi. 54. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi va Markazning veb-saytida joylashtirilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling