1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
-bob. Akkreditatsiya obyekti materiallarini dolzarblashtirish
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-bob. Appelatsiyalarni ko‘rib chiqish
11-bob. Akkreditatsiya obyekti materiallarini dolzarblashtirish
69. Akkreditatsiya obyekti materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi: akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar o‘rniga yangisi amalga kiritilsa, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilsa (bundan qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (o‘lchov) usullari ko‘rsatilgan hollar mustasno);sifat bo‘yicha qo‘llanmaga va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilsa;akkreditatsiya obyektining xodimlari tarkibi o‘zgarsa. 70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiya obyektlari buning sabablarini ko‘rsatgan holda, o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga ariza taqdim etadi. 71. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ushbu Nizomning 69-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiya obyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi. 12-bob. Appelatsiyalarni ko‘rib chiqish 72. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellatsiya berish huquqiga ega.Apellatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi. 73. Apellatsiya komissiyasi har bir apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. 74. Apellatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan xalqaro ekspertlar orasidan appelatsiya bergan akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida bo‘lmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi. 75. Markaz apellatsiya bergan akkreditatsiya obyektini va baholashni o‘tkazgan guruh rahbarini apellatsiya ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellatsiya bergan akkreditatsiya obyekti vakili va guruh rahbari apellatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin. 76. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda ma’lum qiladi. Appelatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak. 77. Ko‘rib chiqilgan apellatsiya natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish;apellatsiyani qanoatlantirish. 78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror agar:apellatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;apellatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi. 79. Apellatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi. 80. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yozma shaklda yuboradi. 81. Aynan bir masala bo‘yicha apellatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 82. Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling