1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun qo‘shimcha shartlar hisoblanadi
Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari
hisoblanadi: akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qo‘yilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish; akkreditatsiya ob’ektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli bo‘lgan bino va inshootlar, texnik- texnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi; joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya ob’ekti faoliyatida uning talablariga rioya etish; malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash; akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi; Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro qoidalar, Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum talablari (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) talablari hisobga olinadi. Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun qo‘shimcha shartlar hisoblanadi: a) sertifikatlash organi va/yoki sertifikatlash bo‘yicha inspektsiya organi sifatida: akkreditatsiya ob’ektining ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijrochilar va iste’molchilardan mustaqilligi; baholanayotgan ob’ektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy ko‘rsatkichlarining aksariyat qismi aniqlashini ta’minlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan o‘z sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi; baholanayotgan ob’ekt majburiy ko‘rsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini ta’minlovchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarning mavjudligi; b) yuklarni ortishdan oldin va/yoki tushirish vaqtidagi inspektsiyani o‘tkazish bo‘yicha inspektsiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida, mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi; v) xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi; g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlar), metrologik xizmatlar sifatida: texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof — muhit sharoitlarining mavjudligi; akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar va/yoki o‘lchovlar o‘tkazilishini ta’minlaydigan sinov, o‘lchov vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi. Mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar sertifikatlash organi, sertifikatlash bo‘yicha inspektsiya organi rahbari sifat bo‘yicha ekspert-auditor sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Bunda ekspert-auditor faqat bitta muvofiqlikni baholash organiga rahbarlik qilishi mumkin. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmatlar, amaldagi akkreditatsiya doirasiga muvofiq o‘zi qo‘llayotgan sinov va o‘lchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qo‘llash huquqlarining, akkreditatsiyadan o‘tishga talabgor bo‘lgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya ob’ekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling