1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganida; akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda; akkreditatsiya ob’ekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Nizomning 47-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Nizomning 47-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holda Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini to‘xtatib turishi shart. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa; yuridik shaxs (akkreditatsiya ob’ekti) tugatilsa; akkreditatsiya ob’ekti tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa; akkreditatsiya sohasi buzilsa; guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan bo‘lsa. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reestrlariga kiritilishi lozim. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling