•
treninglar, seminarlar o‘tkazish va baholovchilar,
texnik ekspertlar,
shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar
malakasini baholash;
•
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o‘z
mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining
ikki baravari miqdorigacha
bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar to‘lash;
•
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida
mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar
va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
•
Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish
haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.
2.Akkreditatsiya shartlari, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma
AKKREDITATSIYa TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23
noyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati
organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi
243-son qaroriga asosan vazirlik tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish
bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Adliya vazirligi tizimida o‘z
muxbirlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan
OAV mazkur Qarorda
belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga
ommaviy axborot vositasining nomi va turi;ixtisoslashuvi;tarqalish hududi;elektron
pochta manzili;tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;akkreditatsiyaga
taqdim etilgan
muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;kasb
vazifalarini
bajarish uchun muxbirlar o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan texnik jihozlar,
muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili,
telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosuratni ilova qilgan
holda ma’lumot taqdim etishi so‘raladi.Yuborilgan so‘rov tashkil etilgan
Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan
belgilangan tartibda
ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: