1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Bog'liq
opop

Nazorat savollari: 
1. Inspektsiya nazorat qanday amalga oshirish 
2.Inspektsiya nazorati idorlariga qo‘yilagan talablar. 
3. Inspektsion nazoratni akkreditlashtirishga tayyorlash.


10-mavzu.O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari 
kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar” davlat standartining mohiyati, 
maqsad va vazifalari.
 
Reja: 
1. O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari 
kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar” davlat standarti bilan tanishib chiqish 
va o‘rganish. 
O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari 
kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar” davlat standarti 
Kirish so‘zi 
ISO (Standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot) standartlashtirish bo‘yicha 
milliy organlar jahon federatsiyasi hisoblanadi. Xalqaro standartlarni tayyorlash 
bo‘yicha ishlar, odatda, ISO texnik komiteti tomonidan olib boriladi. Muayyan 
texnik komitetga biriktirilgan faoliyat sohasiga qiziqish bildirgan har qanday ISO 
a’zosi ushbu texnik komitetga a’zo bo‘lishga haqli. ISO ilan hamkorlik qiladigan 
xalqaro tashkilotlar, hukumat va nohukumat tashkilotlar ham bu ishda ishtirok etadi.
Muvofiqlikni baholash sohasida ISO va IEC birgalikda umumiy – ISO/IEC – 
hujjatlarni ISO (ISO/CASCO) muvofiqlikni baholash bo‘yicha komiteti 
boshqaruvida ishlab chiqadilar. 
Mazkur hujjatni va taomilni ishlab chiqishda foydalanilgan va kelajakda uni 
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan taomillar ISO/IEC Direktivalarining 1-qismida 
bayon etilgan. Xususan, turli xildagi ISO hujjatlari uchun zarur bo‘lgan turli 
tasdiqlash mezonlarini qayd etish lozim. Mazkur hujjat ISO/IEC Direktivalari 2-
qismining 
tahrir 
qoidalariga 
muvofiq 
ishlab 
chiqilgan 
(qaralsin: 
www.iso.org/directives). 
Mazkur hujjatning ayrim elementlari patent huquqi ob’ekti bo‘lishi 
mumkinligiga ahamiyat berish lozim. Bunday patentlarning ayrimlari yoki 
barchasini identifikatsiya qilish uchun tavsiflanishi uchun ISO javobgar emas. 
Mazkur hujjatni tayyorlash jarayonida aniqlangan har qanday patent huquqi 
to‘g‘risidagi batafsil axborot kirish qismida va / yoki ISOning olingan patent 
arizalari ro‘yxatida ko‘rsatiladi (qaralsin: www.iso.org/patents). 
Mazkur hujjatda foydalaniladigan har qanday savdoga doir nomlar 
foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi maqsadida keltiriladi, aslo ular ma’qullanishini 
anglatmaydi. 
Muvofiqlikka baho berish bilan bog‘liq muayyan ISO atamalari va 
iboralarining mohiyati ta’rifi, shuningdek savdo uchun rasmiy to‘siqlar sohasidagi 
XST printsiplariga ISO tomonidan rioya qilinishi to‘g‘risida ahborot 
www.iso.org/iso/foreword.html saytida keltirilgan.
Mazkur hujjat ISOning Muvofiqlikni baholash komiteti (CASCO) tomonidan 


ishlab chiqilgan, ham ISO, ham IECga a’zo milliy organlar ovoz berishi uchun
ularga yuborilgan, ikkala tashkilot tomonidan ma’qullangan. 
Mazkur uchinchi tahrir texnik jihatdan qayta ko‘rib chiqilgan va bekor qilingan 
ikkinchi tahrir o‘rniga qabul qilingan.
Oldingi versiyagaga nisbatan asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat: 
- mazkur tahrirda qo‘llanilgan riskka yo‘naltirilgan yondashuv ko‘rsatma 
talablarning bir qismini qisqartirish va ularni ish-harakatlar bajarilishini tahlil 
qilishga asoslangan talablarga almashtirish imkonini berdi; 
- oldingi tahrirdagiga qaraganda jarayon, taomil, hujjatlashtirilgan axborotga va 
tarkibiy tuzilmaga qo‘yiladigan talablarga nisbatan ko‘proq moslashuvchanlik 
paydo bo‘ldi; 
- ravishda “laboratoriya” atamasiga ta’rif qo‘shilgan (qaralsin: 3.6). 
Kirish 
Mazkur 
hujjat 
laboratoriyalarning 
faoliyatiga 
bo‘lgan 
ishonchni 
mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatdan laboratoriyalarga 
qo‘yiladigan talablar o‘rin olgan bo‘lib, bu talablar laboratoriyalarga ular o‘z 
faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirishlarini va ishonchli natijalar olinishini ta’minlay 
olishlarini namoyish qilish imkonini beradi. Mazkur hujjat talablariga javob 
beradigan laboratoriyalar o‘z faoliyatini ISO 9001 printsiplariga muvofiq amalga 
oshiradi. 
Mazkur hujjat laboratoriyalar risklar va imkoniyatlar ustida ishlash bo‘yicha 
tadbirlarni rejalashtirishlari va amalga oshirishlarini talab qiladi. Risklar va 
imkoniyatlar bilan bog‘liq tadbirlar menejment tizimining natijaviyligini oshirish, 
yanada yuqori natijalarga erishish va salbiy oqibatlarning oldini olish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Laboratoriya sa\y-harakatlar yo‘naltirilgan risklar i va 
imkoniyatlarni identifikatsiya qilish uchun javobgar hisoblanadilar. 
Mazkur hujjatda quyidagi fe’l shakllaridan foydalaniladi: 
- shart – talabni anglatadi; 
- lozim – tavsiyani anglatadi; 
- mumkin, ruxsat etilgan – ruxsat etilishini anglatadi; 
- mumkin, imkoniyati bor – imkoniyatni anglatadi. 
Batafsil ma’lumot ISO/IEC Directives, Part 2 hujjatida. 
Tadqiqot maqsadlari uchun foydalanuvchilarga ushbu hujjat yuzasidan o‘z 
nuqtai nazarlari va keyingi nashrlarni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z istaklari bilan 
o‘rtoqlashish taviya etiladi. 



Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling