1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
6.5. Metrologik natijaviylik
6.5.1. Laboratoriya hujjatlashtirilgan tarzda uzluksiz kalibrlash o‘tkazish orqali o‘z o‘lchashlari natijalarining metrologik kelib chiqishini aniqlash va saqlash lozimki, har bir kalibrlash o‘lchashlarning noaniqligiga o‘z hissasini qo‘shishi va ularni tegishli etalon bilan o‘zaro bog‘lashi darkor. 1-ESLATMA. ISO/IEC Guide 99 qo‘llanmasida metrologik kelib chiqishga “o‘lchash natijasining xususiyati bo‘lib, unga ko‘ra, hujjatlashtirilgan tarzda uzluksiz kalibrlash o‘tkazish orqali natija tayanch qiymat bilan o‘zaro solishtirilishi mumkin va har bir kalibrlash o‘lchashlarning noaniqligiga o‘z hissasini qo‘shadi” deb ta’rif berilgan. 2-ESLATMA. Metrologik kelib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun A ilovaga qaralsin. 6.5.2. Laboratoriya quyidagi usullardan biri yordamida o‘lchash natijalarining orqali Xalqaro Birliklar Tizimiga (SI) mosligini kafolatlashi shart: a) kompetent laboratoriya tomonidan amalga oshiriladigan kalibrlash usuli; 1-ESLATMA. Mazkur hujjatning talablarini bajaradigan laboratoriya kompetent laboratoriya deb e’tirof etiladi; b) standart namunalarning attestatsiyadan o‘tkazilgan qiymatlarini sertifikatlashtirish va SIga nisbatan metrologik kelib chiqish; 2-ESLATMA. ISO 17034 talablarini bajaradigan standart namunalar ishlab chiqaruvchilar kompetent ishlab chiqaruvchi sifatida e’tirof etiladi. c) Milliy yoki xalqaro etalonlar bilan bevosita yoki bilvosita solishtirilgan SI birligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish. 3-ESLATMA. Bir qator muhim birliklarning tavsifini amalda qo‘llashga misollar SI risolasida keltirilgan. 6.5.3. SI birliklariga nisbatan metrologik kelib chiqishni ta’minlash imkoni bo‘lmagan hollarda, laboratoriya tegishli etalonga nisbatan metrologik kelib chiqishni aniqlash mumkinligini namoyish etishi shart, masalan: a) kompetent ishlab chiqaruvchidan olingan sertifikatlashtirilgan standart namunalarning sertifikatlashtirilgan qiymatlarini; b) aniq bayon etilgan va natijani ta’minlaydigan taomil sifatida qabul qilingan, foydalanish uchun yaroqli va tegishli solishtiruv bilan ta’minlangan etalon o‘lchash taomillari, ma’lum usullar yoki kelishilgan standartlarning natijalarini. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling