1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


 Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
Bog'liq
opop

6.3. Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti 
6.3.1. Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti laboratoriya ishlarini amalga 
oshirish uchun yaroqli bo‘lishi va natijalarning to‘g‘riligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmasligi kerak. 
ESLATMA. Natijalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarga 
mikroblar bilan ifloslanish, chang, elektrmagnit shovqinlar, radiatsiya, namlik, 
elektr ta’minoti manbalari, harorat, tovush va vibratsiya kiradi, ammo ular bilan 
cheklanmaydi. 
6.3.2. Xonalar va ishlab chiqarish sharoitiga qo‘yiladigan va laboratoriya 
ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan talablar hujjatlashtirilgan bo‘lishi shart. 
6.3.3. Laboratoriya atrof muhitdagi sharoitni monitoring qilishi, tegishli 
spetsifikatsiyalar, usullar yoki taomillarga muvofiq ravishda yoki sharoitlar 
natijalarning haqqoniyligiga ta’sir qiladigan holatlarda ularning parametrlarini 
nazorat qilishi va qayd qilishi shart. 
6.3.4. Xonalarni nazorat qilish choralarini joriy etish, ular yuzasidan 
monitoring olib borish va davriy tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi, ammo 
ular bilan cheklanmasligi kerak: 


a) 
laboratoriya faoliyatiga ta’sir qiladigan joylarga kirish imkoniyatiga 
ega bo‘lish va ulardan foydalanish; 
b) 
laboratoriya ishlarini ifloslantirish, ularga aralashish va salbiy ta’sir 
qilishning oldini olish; 
c) 
nomuvofiq laboratoriya faoliyati bajariladigan joylarni samarali 
ajratish. 
6.3.5. Laboratoriya ishlari doimiy nazorat zonalaridan tashqaridagi uchastkalar 
yoki xonalarda amalga oshirilgan holatlarda laboratoriya ushbu xonalar va ishlab 
chiqarish sharoitlari bilan bog‘liq talablar mazkur hujjat talablariga javob berishini 
kafolatlashi shart. 
6.4. Asbob-uskuna 
6.4.1. Laboratoriya laboratoriya ishlarini amalga oshirish uchun talab 
etiladigan va natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, quyidagilarni o‘z ichiga 
oladigan, ammo ular bilan cheklanmaydigan asbob-uskunalardan, o‘lchash 
asboblaridan, dasturiy ta’minotdan, etalonlardan, standart namunalardan, ma’lumot 
beruvchi axborotdan, reagentlardan, sarflash materiallaridan yoki yordamchi 
uskunalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
1-ESLATMA. Standart namunalar, shu jumladan attestatsiyadan o‘tkazilgan 
standart namunalar uchun ko‘plab nomlar bor, jumladan standart namunalar, 
kalibratorlar, etalon materiallar, sifatni nazorat qilish uchun namunalar. ISO 17034 
standartida standart namunalarni ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha axborot 
keltirgan. ISO 17034 standarti talablariga javob beradigan standart namunalar ishlab 
chiqaruvchilar kompetent ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ular tomonidan ishlab 
chiqariladigan standart namunalar mahsulot katalogi/sertifikatlar bilan birga 
yetkazib beriladi. Standart namunalar, boshqa tavsiflar bilan bir qatorda, belgilangan 
xususiyatlarning bir xilligi va barqarorligini ko‘rsatadi, attestatsiyadan o‘tkazilgan 
standart namunalar – belgilangan xususiyatlarning sertifikatsiyalangan qiymatlarga 
mosligini, ular bilan bog‘liq noaniqliklar va metrologik kelib chiqishni ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqaruvchilarning ISO 17034 talablariga mos standart namunalaridan 
foydalanish shart. 
2-ESLATMA. ISO 33 qo‘llanmasida standart namunalarni tanlash va ulardan 
foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bayon etilgan. ISO Guide 80 qo‘llanmasida 
sifatni nazorat qilish uchun materiallarni mustaqil ishlab chiqarish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar bayon etilgan. 
6.4.2. Laboratoriya o‘zining doimiy nazoratidan tashqari zonadagi asbob-
uskunalardan foydalangan taqdirda, mazkur hujjatning asbob-uskunalarga 
qo‘yiladigan talablari bajarilishini kafolatlashi shart. 


6.4.3. Lozim tarzda faoliyat yuritilayotganini kafolatlash, ifloslanish yoki zarar 
yetishining oldini olish uchun, laboratoriya asbob-uskunani tushirish va ortish, 
transportda tashish, saqlash, foydalanish va reja bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
taomillariga ega bo‘lishi shart. 
6.4.4. Asbob-uskunani foydalanishga topshirishdan oldin va texnik xizmat 
ko‘rsatilganidan keyin, u belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlashi kerak. 
6.4.5. O‘lchash uchun foydalaniladigan uskunalar haqqoniy natija olish uchun 
talab etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni ta’minlab berishi kerak. 
6.4.6. O‘lchash asboblari quyidagi holatlarda kalibrlangan bo‘lishi kerak: 
- o‘lchash aniqligi yoki o‘lchashlarning noaniqligi olingan natijalarning 
to‘g‘riligiga ta’sir qilganda yoki; 
- olingan natijalarning metrologik kelib chiqishi uchun asbobni kalibrlash talab 
etilganda. 
ESLATMA. Natijalarning haqqoniyligiga ta’sir qiladigan barcha turdagi 
asboblar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
- o‘lchanadigan kattalikni o‘lchash uchun bevosita foydalaniladigan asboblar, 
masalan og‘irlikni o‘lchash uchun foydalaniladigan tarozilar; 
- o‘lchanadigan kattalik, masalan harorat qiymatiga o‘zgartirish kiritish uchun 
foydalaniladigan asboblar; 
- bir necha qiymat asosida hisoblab chiqiladigan o‘lchash natijalarini olish 
uchun foydalanadigan asboblar. 
6.4.7. Laboratoriya kalibrlash dasturini ishlab chiqishi, kalibrlashning 
to‘g‘riligiga doimo amin bo‘lish uchun bu dastur zaruratga qarab qayta ko‘rib 
chiqilishi va unga tuzatish kiritilishi kerak. 
6.4.8. Kalibrlash talab etiladigan yoki ma’lum yaroqlilik muddatiga ega 
bo‘lgan har qanday asbob-uskuna markalangan, kodlangan yoki biror boshqa tarzda 
identifikatsiyalangan bo‘lishi shart.
6.4.9. Ortiqcha og‘irlik tushirilgan yoki noto‘g‘ri ishlatilgan asbob-uskunaning 
natijalari shubha tug‘diradi va bunday asbob-usuna nuqsonli yoki belgilangan 
talablarga nomuvofiq uskuna sifatida ekspluatatsiyadan chiqarilishi kerak. To‘g‘ri 
ishlashi tekshirilgunga qadar foydalanishni istisno etish maqsadida bunday asbob-
uskuna ajratib qo‘yilishi yoki ishga yaroqsiz uskuna sifatida yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan belgi bilan belgilanishi kerak. Laboratoriya nuqsonning yoki 
belgilangan talablardan og‘ish oqibatlarini tekshirishi, shuningdek nomuvofiq 
ishlarni boshqarish taomilini bajarishi shart (7.10-bandga qaralsin). 
6.4.10. Asbob-uskuna to‘g‘ri ishlashiga doimo amin bo‘lish uchun oraliq 
tekshiruvlar o‘tkazish talab etilsa, bunday tekshiruvlar taomillarga muvofiq 
o‘tkazilishi shart. 


6.4.11. Kalibrlangan va standart namunalar bo‘yicha ma’lumotlar tayanch 
qiymatlar yoki tuzatish koeffitsientlarini o‘z ichiga olsa, laboratoriya belgilangan 
talablarga muvofiq bo‘lish uchun zarur bo‘lgan holatlarda ushbu tayanch qiymatlar 
yoki tuzatish koeffitsientlari yangilanishini va joriy etilishini kafolatlashi zarur. 
6.4.12. Laboratoriya noto‘g‘ri natijalar olinishiga olib keluvchi bexos 
sozlashlarning oldini olish uchun amaliy choralar ko‘rishi zarur. 
6.4.13. Asbob-uskunalar bo‘yicha laboratoriya ishlariga ta’sir qilishi mumkin 
bo‘lgan yozuvlar saqlanishi shart. Vaziyatga qarab, yozuvlar quyidagilarni o‘z 
ichiga olishi kerak: 
a) 
asbob-uskunaning belgilari, shu jumladan dasturiy ta’minoti va 
proshivka versiyasi (agar bor bo‘lsa); 
b) 
ishlab chiqaruvchining nomi, tip belgisi va seriya raqami, yoki biror 
boshqa identifikatsiya belgisi; 
c) 
asbob-uskuna belgilangan talablarga muvofiqligi tasdig‘i; 
d) 
ayni paytdagi manzili; 
e) 
kalibrlash o‘tkazilgan sanalar, barcha kalibrlash natijalari, qabul qilib 
olish mezonlari va keyingi kalibrlash sanasi yoki kalibrlash davri; 
f) 
standart namunalar, natijalar, qabul qilib olish mezonlari, tegishli 
sanalar va yaroqlilik davri bo‘yicha hujjatlar; 
g) 
xizmat ko‘rsatish rejasi va shu kungacha bajarilgan xizmat ko‘rsatish 
to‘g‘risida axborot; 
h) 
har qanday asbob-uskunaga zarar yetishi, ishdan chiqishi, o‘zgartirish 
kiritilishi yoki uni ta’mirlash holatlari tafsilotlari. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling