1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


 Natijalarning haqqoniyligini ta’minlash


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
Bog'liq
opop

7.7. Natijalarning haqqoniyligini ta’minlash 
7.7.1. Laboratoriya natijalar to‘g‘riligini monitoring qilish uchun taomilga ega 
bo‘lishi kerak. Yakuniy natijalar tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradigan 
tarzda qayd etilishi kerak va, amalda seziladigan hollarda, natijalarni tahlil qilish 
uchun statistika usullari qo‘llanilishi kerak. Bu monitoring rejalashtirilishi va tahlil 
qilinishi, shuningdek, mumkin bo‘lganda, quyidagilarni o‘z ichiga olishi, ammo ular 
bilan cheklanmasligi kerak: 
a) 
sifatni nazorat qilish uchun standart namuna yoki materiallardan 
foydalanish; 
b) 
natijalar kelib chiqishini ta’minlash uchun kalibrlangan muqobil 
asboblardan foydalanish; 
c) 
o‘lchov va sinov asboblari to‘g‘ri ishlayotganini tekshirish; 
d) 
qo‘llash mumkin bo‘lganda, namunaviy o‘lchov vositalari va nazorat 
kartali ishchi namunalardan foydalanish; 
e) 
o‘lchov asboblarini oraliq tekshirish; 
f) 
xuddi o‘sha yoki boshqa usullardan foydalangan holda sinov yoki 
kalibrlashni takrorlash; 
g) 
saqlab qo‘yilgan ob’ektlarni takroran sinash yoki kalibrlash; 
h) 
ob’ektlarning turli tavsiflari bo‘yicha natijalar o‘rtasidagi 
korrelyatsiyani topish; 
i) 
olingan natijalarni tahlil qilish; 
j) 
laboratoriyalararo taqqoslash; 
k) 
“ko‘r” namunalarni sinovdan o‘tkazish. 


7.7.2. Mumkin bo‘lganda va zarurat tug‘ilganda, laboratoriya o‘z natijalarini 
boshqa laboratoriyalarning natijalari bilan taqqoslagan holda, o‘z faoliyatini 
monitoring qilishi shart. Bunday monitoring rejalashtirilishi va tahlil qilinishi, 
shuningdek quyidagi ro‘yxatdagilardan ikkitasidan bittasini yoki ikkalasini o‘z 
ichiga olishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak: 
a) 
malakani baholashda ishtirok etish; 
ESLATMA. ISO/IEC 17043 standartida malakani baholash va bunday 
baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot bayon 
etilgan. Malakani baholashni amalga oshiruvchi va ISO/IEC 17043 talablariga 
javob beruvchi tashkilotlar kompetent tashkilot sifatida e’tirof etiladi. 
b) 
Malakani 
baholashdan 
farq 
qiladigan 
laboratoriyalararo 
solishtirishlarda ishtirok etish. 
7.7.3. Monitoring jarayonida olingan ma’lumotlar tahlil qilinishi, nazorat 
uchun va, qo‘llash mumkin bo‘lganda, laboratoriya ishlarini bajarishni yaxshilash 
uchun foydalanilishi kerak. Monitoring jarayonida olingan ma’lumotlarni tahlil 
qilish natijalari oldindan belgilangan mezonlar chegarasidan tashqariga chiqsa, 
noto‘g‘ri natija chiqarib berilishini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi 
shart. 
7.8. Natijalar to‘g‘risida hisobotlar 
7.8.1. Umumiy qoidalar 
7.8.1.1. Natijalarni berishdan oldin ular tahlil qilinishi va tasdiqlanishi shart. 
7.8.1.2. Taqdim etiladigan natijalar aniq, muayyan, bir ma’noli va xolis 
bo‘lishi, odatda, hisobot ko‘rinishida (masalan, sinov bayonnomasi, kalibrlash 
to‘g‘risida sertifikat yoki namuna olish bayonnomasi) taqdim etilishi, shuningdek 
buyurtmachi bilan kelishilgan va natijalarni talqin qilish uchun zarur barcha 
ma’lumotlarni hamda foydalanilgan usul talab etadigan barcha ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olishi shart. 
1-ESLATMA. Mazkur hujjat maqsadlari uchun sinov bayonnomalari va 
kalibrlash to‘g‘risida sertifikat ba’zida tegishlicha sinov sertifikati va kalibrlash 
to‘g‘risida hisobot deb ataladi. 
2-ESLATMA. Mazkur hujjat talablari bajarilgan bo‘lsa, hisobotlar qog‘ozda 
chop etilgan shaklda ham, elektron shaklda ham chiqarilishi mumkin. 
7.8.1.3. Buyurtmachi rozilik bildirgan holatlarda hisobotlar oddiyroq usulda 
rasmiylashtirilishi mumkin. 7.8.2 – 7.8.6-bo‘limlarda bayon etilgan, buyurtmachiga 
ma’lum qilinmagan har qanday axborotdan foydalanish oson bo‘lishi kerak. 


7.8.2. Hisobotlarga qo‘yiladigan umumiy talablar (sinash, kalibrlash yoki 
namuna olish) 
7.8.2.1. Har bir hisobot hech bo‘lmaganda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga 
olishi kerak, agar laboratoriyaning noto‘g‘ri talqin qilish yoki noto‘g‘ri foydalanish 
imkoniyati kamaytirilishini ta’minlagan holda buni amalga oshirmaslik uchun jiddiy 
sabablari bo‘lmasa, albatta: 
a) 
sarlavha (masalan, “Sinov bayonnomasi”, “Kalibrlash to‘g‘risida 
sertifikat”, “Namuna olish bayonomasi); 
b) 
laboratoriyaning nomi va manzili; 
c) 
laboratoriya ishlari bajarilgan joy, shu jumladan ishlar buyurtmachining 
ob’ektlarida yoki laboratoriyaning doimiy manzillaridan uzoqda bajarilgan yoxud 
doimiy manzillar bilan bog‘liq vaqtinchalik yoki mobilь ob’ektlarda bajarilgan 
vaziyatlar; 
d) 
hujjatning noyob indentifikatsiyasi. Bunda uning har qanday qismining 
bitta hujjatga tegishliligi yaqqol ko‘rinib turishi, shuningdek hujjatning oxiri aniq 
belgilangan bo‘lishi kerak; 
e) 
buyurtmachining nomi va u bilan aloqa bog‘lash uchun zarur 
ma’lumotlar; 
f) 
foydalanilgan usul ko‘rsatilishi; 
g) 
ob’ektning tavsifi, yaqqol identifikatsiyasi va, zarurat bo‘lsa, holati; 
h) 
ob’ekt(lar) sinash yoki kalibrlash uchun qabul qilingan sana yoki 
namuna olingan sana. Agar bu natijalarning to‘g‘riligi va ularni qo‘llash nuqtai 
nazaridan muhim bo‘lsa; 
i) 
laboratoriya ishlari bajarilgan sana(lar); 
j) 
hisobot tayyorlangan sana; 
k) 
namuna olish rejasi va laboratoriya yoki boshqa organlar tomonidan 
foydalanilgan usullarga havolalar, agar bu natijalarning to‘g‘riligi va ularni qo‘llash 
nuqtai nazaridan muhim bo‘lsa; 
l) 
natijalar sinov va kalibrlashdan o‘tgan yoki namuna olingan ob’ektlarga 
taalluqliligi to‘g‘risida bayon; 
m) 
tegishli holatlarda o‘lchov birligi ko‘rsatilgan natijalar; 
n) 
usullarga qo‘shimchalar, og‘ishlar yoki ulardan istisnolar; 
o) 
hisobotni tasdiqlagan shaxsni ko‘rsatish; 
p) 
natijalar tashqi yetkazib beruvchilardan olingan vaziyatlarni aniq 
ko‘rsatish. 
ESLATMA. Laboratoriya hisobotga va bandga “hisobot laboratoriyaning 
ruxsatisiz takrorlanishi mumkin emas, to‘liq hajmda takrorlash bundan mustasno” 
degan yozuvni kiritishi tavsiya etiladi. Hisobot laboratoriyaning ruxsatisiz faqat 
to‘liq hajmdagina takrorlanishi mumkinligi to‘g‘risida band kiritilishi uning ayrim 


qismlari umumiy kontekstdan alohida takrorlanmasligiga amin bo‘lish imkonini 
beradi. 
7.8.2.2. Laboratoriya hisobotga kiritiladigan barcha ma’lumot uchun mas’uldir, 
mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bundan mustasno. Mijoz tomonidan 
taqdim etilgan ma’lumotlar aniq identifikatsiya qilingan bo‘lishi shart. Bundan 
tashqari, hisobotga ma’lumotlar mijoz tomonidan taqdim etilgan va natijalarning 
to‘g‘riligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlarda hisobotga javobgarlikni soqit 
qilish to‘g‘risida bayonot qo‘shilishi kerak. Namuna olish bosqichi uchun 
laboratoriya javobgar bo‘lmagan hollarda (masalan, namunalar buyurtmachi 
tomonidan taqdim etilganda) hisobotga natijalar faqat olingan namunalarga tatbiq 
qilinishi to‘g‘risida bayonot qo‘shilishi kerak. 
7.8.3. Sinov bayonnomalariga qo‘yiladigan o‘zgacha talablar 
7.8.3.1. Zarur bo‘lganda, sinash natijalarini talqin qilish uchun 7.8.2-bo‘lim 
talablariga qo‘shimcha ravishda sinash natijalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 
a) 
muayyan sinov sharoitlari, masalan atrof muhit sharoiti to‘g‘risida 
ma’lumot; 
b) 
zarur bo‘lganda, talablar yoki spetsifikatsiyalarga muvofiqlik 
to‘g‘risidagi bayonot (7.8.6-bandga qaralsin); 
c) 
qo‘llash mumkin bo‘lganda, quyidagi holatlarda o‘lchanayotgan 
kattalik ifodalangan o‘lchov birligida yoki o‘lchanayotgan kattalikka nisbatan 
birliklarda (masalan, foizda) ifodalangan o‘lchov noaniqligi: 
- sinash natijalari to‘g‘riligi yoki ularni qo‘llash nuqtai nazaridan muhim 
bo‘lganda; 
- buyurtmachining shu ishni bajarish xususida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi 
bo‘lganda yoxud 
- o‘lchash noaniqligi belgilangan chegaraga muvofiqlikka ta’sir qilganda; 
d) 
qo‘llash mumkin bo‘lganda, fikrlar va talqin (7.8.7-bandga qaralsin); 
e) 
muayyan usullar, vakolatli organlar, buyurtmachilar yoki bir guruh 
buyurtmachilar tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot. 
7.8.3.2. Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda 
va sinov natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, sinov bayonnomalari 7.8.5-
bandda bayon etilgan talablarga muvofiq bo‘lishi shart. 
7.8.4. Kalibrlash to‘g‘risida sertifikatlar – alohida talablar 
7.8.4.1. 7.8.2-band talablariga qo‘shimcha ravishda kalibrlash to‘g‘risida 
sertifikatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
a) 
o‘lchanayotgan kattalik ifodalangan o‘lchov birligida, yoki 
o‘lchanayotgan kattalikka nisbatan birliklarda (masalan, foizda) ifodalangan o‘lchov 
natijasining noaniqlik qiymati; 


ESLATMA. ISO/IEC 99 Qo‘llanmasiga muvofiq, o‘lchash natijasi, odatda,
bitta o‘lchangan miqdor qiymat shaklida, o‘lchov birligi va o‘lchash noaniqligi 
bilan birgalikda ifodalanadi. 
b) 
kalibrlash amalga oshirilgan va o‘lchash natijasiga ta’sir qiladigan 
sharoit (masalan, atrof muhit sharoiti); 
c) 
metrologik kelib chiqish usullari to‘g‘risida bildirilgan fikr(A ilovaga 
qaralsin); 
d) 
har qanday sozlash yoki ta’mirlashdan oldingi va keyingi natijalar (agar 
shundaylar bor bo‘lsa); 
e) 
zarur bo‘lganda, talablar yoki spetsifikatsiyalarga muvofiqlik 
to‘g‘risida bayonot (7.8.6-bandga qaralsin); 
f) 
tegishli holatlarda fikrlar va talqinlar (7.8.7-bandga qaralsin). 
7.8.4.2. Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda 
va sinov natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, kalibrlash to‘g‘risida 
sertifikatlar 7.8.5-bandda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi shart. 
7.8.4.3. Kalibrlash to‘g‘risida sertifikat yoki kalibrlash to‘g‘risida 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan belgi kalibrlash intervali bo‘yicha tavsiyalarni o‘z 
ichiga olmasligi kerak, mijoz bilan oldindan kelishilgan holatlar bundan mustasno. 
7.8.5. Namuna olish to‘g‘risida hisobotga qo‘yiladigan mahsus talablar 
Namuna olish bosqichi uchun laboratoriya javobgar bo‘lgan hollarda va sinov 
natijalarini talqin qilish uchun zarur bo‘lganda, 7.8.2-bandda bayon etilgan 
talablarga qo‘shimcha ravishda, hisobotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur: 
a) 
namuna olingan sana; 
b) 
namuna olingan ob’ekt yoki materialning noyob indentifikatsiyasi (shu 
jumladan, vaziyatga qarab, ishlab chiqaruvchining nomi, modelь va qo‘llash sohasi 
va seriya raqami); 
c) 
namuna olingan joy, shu jumladan har qanday sxemalar, eskizlar yoki 
fotosuratlar; 
d) 
namuna olish rejasi va usuliga havolalar; 
e) 
namuna olinayotganda atrof muhitdagi har qanday sharoit to‘g‘risidagi 
sinash natijalarni talqin qilishga ta’sir qiladigan ma’lumotlar; 
f) 
keyingi o‘lchash yoki kalibrlash uchun o‘lchash noaniqligini 
baholashga zarur ma’lumotlar. 
7.8.6. Muvofiqlik to‘g‘risida bayonotni rasmiylashtirish 
7.8.6.1. Spetsifikatsiya yoki standartga muvofiqlik to‘g‘risida bayonot taqdim 
etilayotganda, laboratoriya qaror qabul qilish qoidasi va uni qo‘llash bilan bog‘liq 
risk darajasini (masalan, yolg‘on qabul qilish yoki yolg‘on og‘ish va statistik 
gipotezalar) hisobga olgan holda, foydalanilgan qaror qabul qilish qoidasini 
hujjatlashtirishi lozim. 


ESLATMA. Qaror qabul qilish qoidasi buyurtmachi tomonidan yoki normativ 
hujjatlar bilan belgilanadigan bo‘lsa, risk darajasini hisobga olishga hojat yo‘q. 
7.8.6.2. Muvofiqlik to‘g‘risida xulosani o‘z ichiga olgan hisobotda quyidagilar 
aniq ravshan ko‘rsatilishi kerak: 
a) 
bu xulosa qanday natijalarga taalluqli; 
b) 
qaysi spetsifikatsiya, standart yoki ularning alohida qismlariga muvofiq 
yoki nomuvofiq; 
c) 
foydalanilgan qaror qabul qilish qoidasi (agar u tegishli spetsifikatsiya 
yoki standartdan o‘rin olmagan bo‘lsa). 
ESLATMA. Batafsil ma’lumot ISO/IEC 98-4 Qo‘llanmasida. 
7.8.7. Hisobotdagi fikrlar va talqinlar 
7.8.7.1. Fikrlar va talqinlarni ifadalashda laboratoriya fikr bildirish va talqin 
qilish vakolatiga ega xodimlargina tegishli bayonot qilishini kafolatlashi shart. 
Laboratoriya fikrlar va talqinlarni ifodalash uchun asos bo‘lgan narsalarni 
hujjatlashtirishi shart. 
ESLATMA. Fikr va talqinlarni ISO/IEC 17020 i ISO/IEC 17065 hujjatlarida 
ko‘zda tutilgan inspektsiya dalolatnomalari va mahsulot sertifikatsiyasidan, 
shuningdek 7.8.6-bandda tilga olingan muvofiqlik to‘g‘risida bayonotdan farqlash 
zarur. 
7.8.7.2. Hisobotlarga kiritilgan fikrlar va talqinlar sinash yoki kalibrlash ob’ekti 
uchun olingan natijalarga asoslanishi shart va bu yaqqol ko‘rsatib o‘tilishi kerak. 
7.8.7.3. Fikrlar va talqinlar buyurtmachi bilan bevosita muloqotda ma’lum 
qilinganda, bunday muloqot yozuvlari saqlab qo‘yilishi shart. 
7.8.8. Hisobotlarga kiritilgan o‘zgartirishlar 
7.8.8.1. Agar chiqarilgan hisobotni o‘zgartirish, to‘ldirish yoki takror chiqarish 
talab etilsa, axborotdagi barcha o‘zgartirishlar aniq belgilanishi shart. 
7.8.8.2. Hisobot chiqarilganidan keyin unga kiritilgan o‘zgarishlar faqat 
qo‘shimcha hujjat yoki “Hisobotga o‘zgartirish, seriya raqami .... [yoki biror boshqa 
indikator]”singari iborani yoki shunga o‘xshash iborani o‘z ichiga olgan ma’lumot 
uzatish shaklida bo‘lishi kerak. 
Bunday o‘zgartirishlar mazkur hujjatning barcha talablariga javob berishi shart. 
7.8.7.3. Agar butunlay yangi hisobot chiqarish zarur bo‘lsa, u noyob tarzda 
identifikatsiya qilingan va qaysi dastlabki hujjat o‘rniga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha
hujjatga havolani o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling