1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Jarayonlarga qo‘yiladigan talablar
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
7. Jarayonlarga qo‘yiladigan talablar
7.1. Talabnoma, tender takliflari va shartnomalarni tahlil qilish 7.1.1. Laboratoriya talabnoma, tender takliflari va shartnomalarni tahlil qilish uchun taomilga ega bo‘lishi shart. Bu taomil: a) talablar lozim tarzda belgilanganligi, hujjatlashtirilganligi va tushunarliligini; b) laboratoriya talablarni bajarish uchun imkoniyat va resurslarga egaligini kafolatlashi lozim; c) tashqi yetkazib beruvchilar jalb qilingan taqdirda 6.6-bo‘lim talablari qo‘llaniladi va laboratoriya buyurtmachini muayyan laboratoriya ishlaridan xabardor qiladiki, ular tashqi yetkazib beruvchi tomonidan bajarilishi va mijoz tomonidan ma’qullanishi kerak. 1-ESLATMA. Quyidagi holatlarda laboratoriya ishlari tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi mumkin: - laboraboriya ishlarni bajarish uchun resurslarga ega va kompetentli bo‘lgan, ammo ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra ularni amalga oshirishga qisman yok to‘liq qodir bo‘lmaganda; - laboratoriya ishlarni bajarish uchun resurslarga ega emas va kompetent bo‘lmaganda. d) tegishli usul yoki taomillar tanlangan va burtmachining talablarini qoniqtirishga qodir bo‘lganda. 2-ESLATMA. Ichki yoki doimiy buyurtmachilarning talabnoma, tender hujjatlari va shartnomalari soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin. 7.1.2. Buyurtmachi tomonidan talab etiladigan usullar nomuvofiq yoki eski bo‘lsa, laboratoriya buyurtmachini bundan xabardor qilishi kerak. 7.1.3. Agar buyurtmachi sinov o‘tkazish yoki kalibrlash spetsifikatsiya yoki standartga muvofiqligi (masalan, muvaffaqiyatli / muvafaqiyatli emas, yo‘l qo‘yiladigan darajada / yo‘l qo‘yiladigan darajada emas) tasdiqlanishini talab qilsa, bu spetsifikatsiya yoki standart, shuningdek qaror qabul qilish qoidalari aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Agar qabul qilish qoidalari spetsifikatsiya yoki standartning ajralmas qismi bo‘lmasa, ular buyurtmachiga ma’lum qilinishi kerak. ESLATMA. Muvofiqlik to‘g‘risida arizalar bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar ISO/IEC 98-4 qo‘llanmasida. 7.1.4. Talabnoma, tender takliflari va shartnoma o‘rtasidagi har qanday farq laboratoriya ishlari boshlangunga qadar bartaraf etilishi kerak. Har bir shartnoma laboratoriya uchun ham, buyurtmachi uchun ham maqbul bo‘lishi shart. Buyurtmachi so‘ragan chetga chiqishlar laboratoriyaning xolisligi va natijalarning to‘g‘riligiga ta’sir qilmasligi kerak. 7.1.5. Mijoz har qanday shartnomadan og‘ishlar haqida xabardor qilinishi kerak. 7.1.6. Ish boshlanganidan so‘ng shartnomaga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, shartnoma takror tahlil qilinishi va har qanday o‘zgarishlar ishda ishtirok etuvchi barcha xodimlarga ma’lum qilinishi kerak. 7.1.7. Laboratoriya buyurtmachining talablarini tushuntirish va laboratoriyaning bajarilayotgan ishlar bilan bog‘liq ish-harakatlarini monitoring qilish borasida mijozlar va ularning vakillari bilan hamkorlik qilishi kerak. ESLATMA. Bunday hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: a) muayyan mijozga taalluqli laboratoriya ishlarini kuzatish uchun laboratoriyaning tegishli uchastkalariga borish uchun oqilona chegarada ruxsat berish; b) tekshirish uchun talab etiladigan narsani tayyorlash, qadoqlash va mijozga yuborish. 7.1.8. Tahlil, shu jumladan biror jiddiy o‘zgarishlar to‘g‘risida yozuvlar saqlab qo‘yilishi shart. SHuningdek, mijoz bilan uning talablari yoki bajarilgan laboratoriya ishlari natijalarini muhokama qilishga doir yozuvlar saqlanishi shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling