6.2.3. Laboratoriya xodimlar o‘zlari mas’ul bo‘lgan laboratoriya ishlarini
bajarish
uchun
va
og‘ishlarning
ahamiyatini
baholash
uchun
yetarli
kompetentsiyalarga egaligini ta’minlashi shart.
6.2.4. Laboratoriya rahbariyati xodimlarni
ularning lavozim vazifalari,
mas’uliyati va vakolatlari bilan tanishtirishi shart.
6.2.5. Laboratoriyaning:
a)
kompetentlikka qo‘yiladigan talablarni belgilash;
b)
xodimlarni tanlab olish;
c)
xodimlarni tayyorlash;
d)
xodimlarni nazorat qilish;
e)
xodimlarga vakolat berish;
f)
xodimlarning kompetentligini monitoring
qilish uchun taomillari
bo‘lishi va yozuvlarni saqlashi shart.
6.2.6. Laboratoriya laboratoriya ishlarining muayyan turlarini, shu jumladan:
a)
usullarni
ishlab chiqish, o‘zgartirish, muvofiqligini tasdiqlash
(verifikatsiya) va yaroqliligini tasdiqlash (validatsiya);
b)
natijalarni, shu jumladan muvofiqlik to‘g‘risidagi e’tiroflarni yoki
fikrlar va talqinlarni tahlil qilish;
c)
natijalar haqida hisobot tuzish, ularni tahlil qilish va tasdiqlash uchun
xodimlarga
vakolatlar berishi, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: