1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Umumiy talablar 4.1. Xolislik
- 4.2. Maxfiylik
3.9. validatsiyalash (validation)
Belgilangan talablar ehtimol qilingan foydalanish usuliga mos bo‘lgan tasdiqlash.MISOL. Odatda, suvda azotning yalpi kontsentratsiyasini o‘lchash uchun foydalaniladigan o‘lchash usuli, shuningdek inson qoni zardobida azot kontsentratsiyasini o‘lchash uchun ham zardob attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.[MANBA: ISO/IEC 99:2007 Qo‘llanmasi, 2. 45] 4. Umumiy talablar 4.1. Xolislik 4.1.1. Laboratoriyaning faoliyati xolislik asosida amalga oshirilishi, uning tuzilmasi va uni boshqaruv u xolislikni ta’minlashi kerak. 4.1.2. Laboratoriya rahbariyati xolislik tarafdori bo‘lishi shart. 4.1.3. Laboratoriya o‘z laboratoriya faoliyatining xolisligi uchun mas’ul bo‘lishi va xolislikni xavf ostiga qo‘yuvchi tijorat, moliyaviy va boshqa tarzda bosim o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaysligi shart. 4.1.4. Laboratoriya xolislik bilan bog‘liq risklarni doimiy ravishda aniqlashi shart. Ular faoliyatni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan risklarni yoki laboratoriyaning o‘zaro munosabatlaridan, shuningdek uning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan kelib chiqadigan risklarni o‘z ichiga olishi shart. SHu bilan birga, bunday munosabatlar doim ham laboratoriya uchun xolislik borasida risk keltirib chiqaravermaydi. ESLATMA. Laboratoriyaning xolisligiga xavf soladigan munosabatlar mulkchilik munosabatlari, boshqaruv, xodimlar, umumiy resurslar, moliya, shartnomalar, marketing (shu jumladan, brending), shuningdek sotuvlardan vositachilik haqi to‘lash va yangi buyurtmachilarni jalb qilganlik uchun boshqa rag‘batlantirish shakllari va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 4.1.5. Xolislik borasida risk aniqlangan taqdirda laboratoriya shu riskni qanday tarzda bartaraf etishini yoki kamaytirishini namoyish etishga qodir bo‘lishi kerak. 4.2. Maxfiylik 4.2.1. Laboratoriya faoliyat damomida olingan yoki yaratilgan axborotni boshqarish uchun javobgar bo‘lishi va uning bu javobgarligi yuridik mustahkamlangan majburiyat bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Laboratoriya ochiq manbalarda qanday axborotni joylashtirishni rejalashtirayotgani haqida buyurtmachini oldindan xabardor qilishi shart. Buyurtmachining o‘zi ochiq manbalarda joylashtiradigan axborot yoki laboratoriya va buyurtma oshkor etish haqida kelishib olgan (masalan, da’voga javob berish maqsadida) axborot hamda axborotning barchasi xizmat axboroti hisoblanadigan va maxfiy tutilishi kerak bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Tijorat siri hisoblanadigan boshqa har qanday axborot maxfiy axborot deb hisoblanishi kerak. 4.2.2. Agar qonunga yoki shartnomada belgilab o‘tilgan kelishuvga asosan maxfiy axborotni oshkor etishi shart bo‘lsa vaqonunda man etilmagan bo‘lsa, u buyurtmachini yoki uning vakilini oshkor etilgan axborotdan xabardor qilishi shart. 4.2.3. Buyurtmachi haqida undan emas (masalan, da’vogardan, tartibga soluvchi organlardan), balki boshqa manbalardan olingan axborot buyurtmachi va laboratoriya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar doirasida maxfiy saqlanishi shart. Ushbu axborot manbai haqidagi ma’lumotlar maxfiy saqlanishi va agar manba bilan kelishilgan bo‘lmasa, laboratoriya ularni mijozga ma’lum qilmasligi kerak 4.2.4. Xodimlar, shu jumladan komitetning barcha a’zolari, pudratchilar, tashqi organlar xodimlari yoki laboratoriya nomidan ish ko‘radigan shaxslar laboratoriya faoliyati davomida olingan yoki yaratilgan axborotning maxfiyligini saqlashlari shart, qonunda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling