1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Bog'liq
opop

7-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish 
55. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi 
hollarda tugatilishi mumkin: 
akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal 
qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa;yuridik shaxs (akkreditatsiya 
obyekti) tugatilsa;akkreditatsiya obyekti tomonidan guvohnoma amal qilishining 
to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda 
bartaraf etilmasa;akkreditatsiya sohasi buzilsa;guvohnoma soxta hujjatlar va 
ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan bo‘lsa. 
56. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya 
komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish 
to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan 
kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga 
yozma ravishda xabar yuboriladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya 
komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida 
joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi. 
55-bandning 
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga
 muvofiq akkreditatsiya 
to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun 
takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin. 
57. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga 
kiritilishi lozim. 
8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringini amalga oshirish 
58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi muvofiqlikni 
baholash organlari va metrologik xizmatlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan 
foydalanish qoidalariga (akkreditatsiyaga matnli havolalar) rioya qilishning holatini 
o‘rganish maqsadida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. 
Monitoring: 
Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya 
xizmatlaridan vaqti-vaqti bilan so‘raladigan akkreditatsiya qilingan sohada ularning 
faoliyati to‘g‘risidagi axborot;iste’molchilarning muvofiqlikni baholash organlari va 
metrologiya xizmatlari sifatidan qoniqishi to‘g‘risidagi so‘rov natijalarini 
iste’molchilar bilan qayta aloqa orqali;Markazning so‘rovi bo‘yicha nazorat 
organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga 
oshiriladi. 
59. Monitoring natijalari bo‘yicha Markaz uch ish kuni mobaynida 
muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatini ular tomonidan tegishli 
chora-tadbirlar ko‘rish uchun monitoring natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi. 
Bunda monitoring natijalari bo‘yicha Markaz tomonidan muvofiqlikni 
baholash organi va metrologiya xizmati organiga nisbatan biron-bir chora 
ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


Monitoring natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi 
mumkin. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling