1-mavzu. Fanga kirish Reja: Dramaturgiya nima? Rejissyorlik qanday kasb
Download 1.4 Mb.
|
1 Мавзу
1-mavzu. Fanga kirish Reja: Dramaturgiya nima? Rejissyorlik qanday kasb. Kino-tele dramaturgiya tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlari. Dramaturgiya nima? Dramaturgiya – (grekcha. Δραματουργία “sochinyat” tuzmoq, yasamoq) dramatic asarning nazariyasini va syujet yasalish koncepciyasini bildiradi. Drama - g‘oyalar olamidir. Har bir ssenariyda o‘nlab g‘oyalar olg'a suriladi. Har bir filmning asosiga yuzlab g‘oyalar qo‘yilgan. Ammo har qanday ishda uning poydevorida yotuvchi uncha ko‘p bo'lmagan asosiy g‘oyalar mavjud. Bu narsa dramaga ham, uning bir qismi bo‘lmish kinematografiyaga ham tegishlidir. Hir safar taniqli fransuz essechisi Pol Valeri Albert Eynshteyndan: «Aytingchi, siz o‘z g‘oyalaringizni qanday yozib borasiz? Yon dallarchangiz bormi yoki miyangizga kelgan yorqin fikrlami knylagingizning ohorlangan yengiga qayd qilasizmi?» - deb so‘radi. - «G‘oyalar, bilsangiz, kamdan-kam keladi. Men ulaming hammasini ivslab qolaman», - deb javob beribdi Eynshteyn. Essechi Pol Valeri uchun bir-biridan ayri bo‘lgan ikki voqea o‘rtasidagi g‘ayritabiiy bog lanishlar - g‘oya. Eynshteyn uchun g‘oya - bu olamni harakatga keltiruvchi tamoyillarni asosli tushuntirib beruvchi qandaydir narsa. San’atimizning asosiy g‘oyalari uni yuksak san’at va tuban ko‘ngilxushliklarga ajratmaydi. Ommaviy ko‘ngilxushliklar sanoati g'oyalari kinomagnatlaming kabinetlarida tug‘ilgan emas. Ular Stanislavskiy, Eyzenshteyn, Chexov, ulardan ancha oldin Shekspir, Aristotel va shu kabi buyuk daholar tomonidan vujudga keltirilgan. Bu g'oyalar uncha ko‘p ham emas. Ko‘ngilxushliklar sanoati dramaning asosiy g‘oyalaridan foyda- lanadi va ularni muvaffaqiyatli rivojlantiradi, xalos. Drama tadqiqotchilaridan biri aytganidek: «Foyda olish uchun qilinadigan dramalar ma’lum bir retsept bo‘yicha qilinganligidan, yaxshi dramalar qandaydir boshqa retsept asosida yaratilishi kelib chiqmaydi». Inglizchasiga ehtiyot bo‘lib aytilgan fikr. Ammo qo‘polroq qilib: «Shekspir va teleseriallar barcha dramatik konstruksiyaning poydevorida yotuvchi bir xil asosiy qoidalar bo‘yicha amal qiladilar», - deyish ham mumkin. Tumanni tarqatish uchun biz avvalo proza dramadan nimasi bilan I'arq qilishini tushunib olishimiz lozim. Bir qaraganda unisi ham, bunisi ham adabiyot. Aslida esa ular orasida jarlik mavjud. Yuzlab prozaiklar orasidan bitta yaxshi dramaturg topiladigan bo‘lsa - bu yaxshi ish. Prozaik olam manzaralarini xuddi rassom bo‘yoqlar vositasida tasvirlagani kabi yaratadi. Prozaning matni turli-tuman nutqiy iboralarga boy, uslub aytib bo‘lmas darajadagi nozikliklarni bera oladi. Prozaik o‘zgarib turuvchi beqaror kayfiyatni bayon qiladi, chuqur va mantiqqa sig'maydigan fikrlami shakllantiradi. Buninning, Nabokovning prozasi shunaqa. Eng asosiysi - uslub, uning vositasida o‘tkir iboralar yaratiladi. Dramaning (shu jumladan ssenariyning) matni kun tundan farq qilganiday prozadan farq qiladi. Ifodalar qiyofasiz va bir qolipga solingan. Dialoglar ma’lum vazifaga bo‘ysundirilgan. Asosiysi - bu qiziqarli holat bo‘lib, unda xarakterlar qiyin ahvolga tushib qoladilar. Drama aktyorlari teatr yoki kinoda, spektakl yoki filmda o‘ynashlaridan qat’i nazar, poeziya ularining harakatlarida yashiringan bo iadi. Voqealarni bayon qilib berish qobiliyatiga uncha ko‘p bo‘lmagan kishilar ega bo‘ladilar. Tolstoy va Shekspirlaming har biri bunday qobiliyatga ega edilar. Ammo Tolstoy uchun voqeani yozish birinchi qadamni qo‘yish edi. Tolstoyning romanlari - bu bir odam tomonidan yaratilgan kinofilmlar bo‘lib, unda har bir kadr o‘ta nozik bir tarzda bayon etilgan. Siz o‘qiyverasiz va sizning miyangizda go‘yoki lop etib stereoovozli ulkan ekran paydo bo‘ladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling