1-mavzu. Fanga kirish Reja: Dramaturgiya nima? Rejissyorlik qanday kasb


Download 1.4 Mb.
bet5/7
Sana01.12.2021
Hajmi1.4 Mb.
#178417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Мавзу

Кinо va ТV dа аsоsiy janrlar.

O‘rta asrdagi yigitchaning, boz ustiga - Shahzodaning muammolaridan ko‘ra biz uchun olis bo‘lgan yana qanday muammo boMishi mumkin? Xorijdan qaytib keldi, o‘qishini to‘xtatdi, chunki uning otasi vafot qilgan. Shu ham muammo bo‘ldi-yu... Dafatan ma’lum bo‘ladiki, uning otasi vafot qilmagan, balki o‘ldirilgan ekan. Yana kim tomonidan deng, amakisi tomonidan. Onasi bo‘lsa qotil bilan bir to‘shakda yotadi. Do‘stlari uni sotib ketishadi, qaylig‘i Shahzodani sevish yoki unga sotqinlik qilish kerakmi ekanligini hal eta olmay aqldan ozadi..., otasining arvohi «men uchun qasos ol», - deydi. Shahzoda bo‘lsa muammoni yangicha - daliliy ashyolar to‘plab, aybdorlami aniqlash yo‘li bilan hal etmoqchi bo‘ladi. Oh, u qoiiga o‘ch qilichini olmaslikni qanchalar istardi! Ammo olam sotqinliklar va jaholat botqog‘iga botgan. Kimdir yorug‘lik va yaxshilikning yonini olishi kerak-ku!



  • Agar men bo‘lmasam, kim? - deymiz Gamlet bilan birga. Bu yigit nima qiladi? Bizni qiziqtirgan narsani qiladi, qiziqish bilan to‘xtab qolmaydi. Biz u tomonda bo‘lamiz. Bizning atrofimizda ham shunga o‘xshash muammolar bor. Yuz yillar o‘tdi, ammo havoda hali-hamon yolg‘on, sotqinlik, qon hidi. Biz Gamletga hamdardlik qilamiz va bizning hayotimiz bir necha yuz yillik madaniy aloqalar bilan boyiydi.

Bizda personajga nisbatan hamdardlikni uyg‘otishning bexato usuli - uni dramatik holatga tushirish usuli mavjud. Kishiga uning xarakteri imkoniyatlari chegarasidan kuchliroq falokatlar yog‘iladi - biz o‘z-o‘zidan unga hamdardlik qilamiz. Bu bizning irodamizga bog'liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladi. Bizning vujudimiz shunday dasturlashtirilgan: kimdir stress holatida bo‘Isa, bizning miyamizda ham shunga o‘xshash stress biotoklari paydo bo‘ladi. Bu ilmiy isbotlangan fakt. Endi yanada ilgarilab boramiz - hamdardlik va tenglashtirishdan saspensga o‘tamiz.



    1. Download 1.4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling