1-mavzu. Fanga kirish Reja: Dramaturgiya nima? Rejissyorlik qanday kasb
Download 1.4 Mb.
|
1 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ya ’ni biz qahramondan ko‘ra ko‘proq narsa bilamiz
Janrni aniqlash.
Janrni aniqlash - bu shunday soniyaki, unda auditoriyaning filmga jalb qilinishi maksimum holda namoyon bo ‘ladi. Saspens - sof inglizcha so‘z. Til bilimdonarining aytishlaricha, «zo‘riqish» («taranglik») - so‘zning aniq va to‘liq bolmagan tarjimasidir. Aniqroq qilib aytganda, u «chidab bolmas darajada zo‘riqib kutish» («chidab bolmas darajada tarang holat») deganidir. Personajga xavf-xatar xuruj qilganda va auditoriya hamdardlik bildirganda paydo bo‘ladi. Masalan, biz yoqtirgan qaxramonni o‘lim xavfi solganda. Shu bilan birga qiziquvchanllk, ya'ni lnttellektual kategoriya bo‘lib, u sizni keyingi holatga undaydi. Va siz voqeaga vujudingiz, hissiyotlaringiz bilan to'liq bir tarzda kirib ketasiz. Shunday qilib, I -qadam - qiziquvchanlik, 2-qadam - hamdardlik, 3-qadam - saspens. Saspens - bu xuddi tizim qurilishi unsurlarining tomoshabin topshiradigan imtihoniga o‘xshaydi. Agar dramatik holat yaxshi bolsa, u saspensni vujudga keltiradi. Agar dramatik peritpetiya to‘g‘ri rivojlansa - siz nimani xohlagan bo‘lsangiz shunga va yana qo‘shimcha uning rivojida saspensga erishasiz. Agar voqelik qarama-qarshilikni to'g'ri ochgan bo‘lsa, saspens qahramonga bo‘lgan tahdidlar va xatti- Ii.n nkatlardagi kutilmagan burilishlar bilan birga o‘sib boradi. «Saspens» iilamasini olib kirgan rejissor - Alfred Xichkokdir. U saspensni "Jnimatik holatning bo'lishi mumkin bo'lgan eng shiddatli ko'rinishi», dob atadi. Xichkokning aytishicha, u fdmlar olishni endigina boshlagan, hali mashhur bolmagan paytlarida shunday o‘ylagan: «Shunay qilish kerakki, barcha yulduzlar mening filmlarimda tasvirga tushishni istasinlar? Ularni allaqanday sirli, notinch narsalarni o‘z ichiga olgan voqeliklar bilan jalb qilmoq, hissiyotlarini uyg‘otmoq kerak». Mana shunday holatlargina saspensga olib keladi. Xichkok bir safar fransuz rejissori Tryuffoga shunday degan: Voqeani yozayotganimda meni ko‘proq xarakterlar emas, balki g'ijirlab turadigan zinapoya xavotirga soladi. Bu nima degani? - so‘radi Tryuffo. GMjirlab turuvchi va tagiga qahramon qulab tushadigan zinapoya. Men buni saspens deb atayman. Qahramon qayergadir borayapti, bilamizki, uning oyoqlari ostidagi zina qaysidir badkirdor tomonidan arralab qo‘yilgan va har bir soniyada qulab tushishi mumkin. Ya ’ni biz qahramondan ko‘ra ko‘proq narsa bilamiz- U payqab qolarmikan? Xavfli yo‘lni bosib o‘tishga ulgurarmikan? Bu eng faol saspensdir. 0‘ldirilgan qizning singlisi u o‘ldirilgan uyga yashirincha kirib oladi. U qotil hozir ham uyda yashirinib turganini bilmaydi. Biz esa bilamiz. Bu «Ruhiyat» dan bir holat. Saspens. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling