1-mavzu. Fanga kirish Reja: Dramaturgiya nima? Rejissyorlik qanday kasb


Kino-tele dramaturgiya tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlari


Download 1.4 Mb.
bet3/7
Sana01.12.2021
Hajmi1.4 Mb.
#178417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Мавзу

Kino-tele dramaturgiya tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlari.

Tolstoyning eng haqqoniy va ijtimoiy jihatdan talab etiladigan romani - «Tug‘ilish». Bu aristrokratlar saroyidan tortib to bordellar va badbo‘y qamoqxonalargacha bo‘lgan Rossiya hayotining xunrezliklar upirib turgan kesimidir. Kishilar aqliga kamdan-kam romanlar bunchalik kuchli ta’sir ko'rsatgan. Uning asosida qanaqa voqea yotadi? Romanning voqea o‘qida nima bor?

Kelishgan yosh bir graf iffatlikkina qizni tuzog‘iga ilintiradi va tashlab ketadi. U qiz hayot tubanliklariga qulab tushadi. Qizni adolatsiz tarzda qotillikda ayblaydilar. Shunda sud maslahatchisi boTgan graf sudda qotilning o‘zi yo‘ldan urgan qiz ekanligini biladi. U dahshatga tushadi, u qizni qutqarmoqchi, unga uylanmoqchi - bir so‘z bilan aytganda - gunohini yuvmoqchi bo‘ladi. Graf oqsuyaklarga xos ma’nosiz hayotni tashlab, Sibirga katorgaga yuborilayotgan Katya Maslovaning orqasidan ketadi.

Ammo men bunday graflar haqidagi hayotiy voqealarni eshitmaganman. Go‘yoki graf Sheremetyev krepostnoy aktrisaga uylangan emish. Bu uzoq va vafoli sevgi boshqa bir tarix. Ammo shunday borib, bordeldagi qizni qutqazib, o‘zining butun hayoti, tabaqasi, martabasi ustiga chiziq tortish... Bunday graflar poda-poda bo‘lib o'tlab yuradigan bitta joy bor. Siz uni bilasiz. Bu bulvar adabiyoti degan daxlsiz bir o‘lka.



Shunday ekan, u Shekspir bilan nimani talashadi? Buni esdan chiquring. U narsu hech qanday rol o'ynamaydi. Biz ochgan narsa undan ko‘ra ancha muhim: dramada, shu jumladan daholar, hatto Tolstoy va Shekspir kabi bir-birlaridan farq qiluvchi daholar uchun ham umumiy bolgan qonunlar amal qiladi.

Masalani to‘g‘ri hal qilish uchun savolni yanada qattiqroq siquvga olamiz: u yerda Tolstoy va Shekspir o‘rtasida nima sodir bo‘lgan edi? Mening fikrim shunday: tomoshabinni yoqasidan mahkam oluvchi voqeani o‘ylab topib, Tolstoy birinchi qadamni qo‘ygan. Agar shunday voqeani hech bir o‘zgartirishsiz oddiygina qilib, o‘sha davrdagi Badiiy teatrda o‘ynalsa edi, Stanislavskiy, buyuk rejissor va haqiqat dahosi, o'rnidan sakrab turib, butun teatrga eshitiladigan tarzda: «Ishonmay- man!» - deb baqirgan bo‘lar edi. Balki yurak xurijidan yiqilib tushgan bo‘lardi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling