4. Kino asar janrlari tasnifi: komediya, drama, tarixiy, fantastika, triller, detektiv va boshqalar
Nima, Xichkokgacha hech kim saspens haqida bilmasmidi? BoMishi mumkin emas. Shekspir drama san’ati haqida hamma narsani bilgan va ulardan foydalangan, albatta saspensdan ham. Aynan o‘z o‘mida - taranglik kuchaygan paytda foydalangan.
Romeo Julyettaning o‘limi haqida eshitib, uning tobuti tomon uchadi. U Julyettaning o‘zini o‘lganga solib yotganini bilmaydi. Biz esa bum bilamiz va u sevgilisining oldida uning uyg‘onishiga bir on qolganida o‘lishini ko‘rib, umidsizlikka tushamiz va unga rahmimiz keladi.
Saspens haqidagi dastlabki tasavvumi men hali bolaligimda, bolalar teatrida ko‘rgan edim. Bo‘liq ko‘krakli ayol ko'rinishidagi quyoncha sahna bo‘ylab sakrar va:
Qanday ajoyib uycha! Unda men tulkidan yashirinaman. U yerda meni yeya olmaydi!- der edi.
Quyon tulkivoy tomga chiqib olganini va ichiqoralik bilan tishlarini g‘ijirlatayotganini bilmas edi. Zaldagi tomoshabinlar buni ko‘rib turardi va tashvishga tushishardi. Ular quyon tomonida edi, u bilan ma’naviy birlikda edilar. Birinchi qatordagi qizcha kaftini og‘ziga qo‘ygan holda quyonga aytib turardi:
Quyoncha, uychaga kirma. Tomda tulkivoy yashirinib olgan. Ammo quyon eshitmaydi. U sahna bo‘ylab sakraydi va tulkiga em bo’ladi.
Nazorat savollari:
Кinо turlarini aniqlang.
ТV dа аsоsiy janrlar qaysilar.
ТV janrlariga izox bering.
Janrni aniqlashdagi xususiyatlarni toping.
Kinoga xos qanday janrlarni bilasiz.
Barcha mavjud janrlarga tasnif keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |