12
3–mavzu. Ma‟lumot baza modеli. Moxiyat-aloqa modеli.
REJA:
1.
Ma‟lumot modeli tushunchasi.
2.
Ierarxik (shajara) ma‟lumot modeli.
3.
Tarmoqli ma‟lumot modeli.
4.
Predmet sohani tavsiflash usullari.
5.
Mohiyat-aloqa diagrammasi.
Tayanch iboralar: infologik model, datalogik model moslik, Ulman
Chen usuli, mohiyat, ma‟lumot modeli, ierarxik,tarmoqli model, relyatsion
model.
Zamonaviy MBBTlari datalogik bosqichda xilma–xil
MB bilan
ishlashni ta‟minlaydi. Hozirgi kunda eng ko„p o„rganilgan va keng
ishlatiladigan ma‟lumot modellari kiradi. Ma‟lumot modeli, bu MB ni
ma‟lumot elementlari to„plami orasidagi bog„lanish
strukturalarini
tasvirlovchi umumiy sxemadir. Ma‟lumot modeli tushunchasini aniq
ta‟rifini Kodd bergan. U ma‟lumot modelini 3
ta kerakli komponentasini
keltirgan:
1. mavjud bo„lgan ma‟lumot strukturalarini aniqlash vositalari
majmuasi;
2. ma‟lumotlarni qidirish va takomillashtirish
uchun MB xolatiga
qo„llaniladigan amallar to„plami;
3. oshkor holda MB holatini aniqlovchi va bir butunligini
ti‟minlovchi vositalar to„plami;
Xozirgi kunda klassik xisoblashlarda 3 ta ma‟lumot modeli ko„p
ishlatiladi:
Ierarxik ma‟lumot modeli;
Tarmoqli ma‟lumot modeli;
Relyatsion MM.
Har bir MB u yoki bu model asosida yoritiladi. Har bir MBBT esa u
yoki bu ma‟lumot modelini ta‟minlaydi deyiladi. Masalan,
ierarxik
ma‟lumot modeliga asoslangan tizim –
ines tizimidir. Tarmoqli
modellarda esa –
BANK OS ,
SETOR, relyatsion
modelga asoslangan
tizimlar –
Access, KARAT va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: