1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
Download 118.5 Kb.
|
1-Мавзу Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jarayonining joylashuvi
- Proportsionallik
- Bir okimlilik
- Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi
Xizmat kursatuvchi - jarayonlarga boshkaruv mexnati predmetlarini to’plash, nazorat kilish va etkazish jarayonlari kiradi.
Jarayonlarni boshqarishda asosiy, yordamchi va xizmat kursatuvchi ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini to’g’ri va uzaro muvofiklashgan xolda tashkil etish boshqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Xar kanday jarayonlarni loyihalashtirish taxlil natijalariga xamda mexnatni barcha turdagi ixtisoslashuvini chukurlashtirish bo’yicha tadbirlarga asoslanadi. Ishlab chiqarish jarayonining joylashuvi - korxonaning ishlab chiqarish strukturasida aks ettiriladi. Ishlab chiqarish jarayonining vakt bo’yicha tashkil etish - tizim (korxona) ning “kirishi”ni uning “chikishi” (tayyor mahsulot) ga aylantirish bo’yicha asosiy, yordamchi, xizmat kursatuvchi jarayonlarni vakti bo’yicha uzaro moslashtirishdir. Bunda asosiy kursatkich bulib ishlab chiqarish tsikli davomiyligi xizmat kiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari davomiyligini kiskartirishning quyidagi omillari mavjud: -mahsulot konstruktsiyasini soddalashtirish; -mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini soddalashtirish va takomillashtirish; -mahsulot qismlari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish elementlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish; -detallar bo’yicha texnologik va funksional ixtisoslashuvni chukurlashtirish; -mexanik ishlov beriladigan detallar ulushini kiskartirish; -ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish prinsiplarini taxlil kilish va ularga rioya kilish. -vaktni xisobga olish, nazorat va transport-omborlashtirsh jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; -tabiiy jarayonlar vaktini ularni mos texnolgik jarayonlarga almashtirish orkali kiskartirish; -texnik asoslangan vakt sarfi, xizmat kursatish, resurslar sarfi normalar ulushini kupaytirish. Vaktni tejash va sifatni ta’minlashni ragbatlantirish. Xar kanday jarayonlarni ratsional tashkil etishning asosiy prinsiplariga proportsionallik, uzluksizlik, parallellik, bir yunalishlik, bir maromdalik, shuningdek, bir turdagi mexnat predmetlarini (detallar, axborot, xujjatlar va x.k.) bir joyga jamlash, jarayonning moslashuvchanligi kiradi. Proportsionallik - bir jarayonda turli ish joylarining utkazish quvvatlarini uzaro tengligini, ish urinlarini axborotlar, moddiy resurslar, xodimlar va x.k.lar bilan proportsional ta’minlashni nazarda tutuvchi prinsipdir. Uzluksizlik - ish davri va jarayonning umumiy davomiyligi urtasidagi nisbatni belgilovchi prinsipdir. Parallellik - jarayonlar(operatsiyalar)ni vakt bo’yicha uzaro birlashtirishni xarakterlovchi prinsip. Bir okimlilik (yunalishlilik) - mexnat predmeti, axborot va x.k. lar xarakatining optimal (eng kiska) yunalishini belgilovchi prinsip. Bir maromlilik - jarayonlarning vakt bo’yicha bir me’yorda kechishini ifodalovchi prinsip. YUkoridagi prinsiplar menejment tizimining tarkibiy qismlari urtasidagi munosabatlarni tashkillashtirish va noaniklik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Korxonalarning tarkibiy qismlari orasidagi boglanishlar ularning ishlab chiqarish va tashkiliy strukturalarida ifodalandi. Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi - tayyor mahsulot (xizmatlar) yaratishda katnashuvchi asosiy, yordamchi va xizmat kursatuvchi xujaliklar majmui. Ixtisoslashuv shakliga kura korxonaning ishlab chiqarish bulinmalari detalli, texnologik va aralash prinsiplarga asoslanib tashkil etilishi mumkin. Korxonaning tashkiliy strukturasi - uning boshkaruv organlari yigindisidir. Tashkiliy struktura bilan ishlab chiqarish strukturasi birgalikda korxonaning umumiy strukturasini tashkil kiladi. Korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy strukturalari darajasi ishlab chiqarish jarayonining optimal tashkil etilishiga va samaradorligiga katta ta’sir kursatadi, shu sababli, strukturalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur. Ishlab chiqarish turlari (donalab, seriyalab, ommaviy, uzluksiz), uni tashkil etish usulini belgilaydi. Usul - bu tadqiqot kilish yoki ta’sir kursatish yo’l-yo’riqlari majmuidir. Tadqiqot kilish nuktai–nazaridan usul deganda boshkaruv ob’ektini urganish jarayonida kullaniladigan yo’l-yo’riqlari tushuniladi. Ta’sir kursatish nuktai-nazaridan usul deganda boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshkaruv ob’ektiga ta’sir utkazish yo’l-yo’riqlari tushuniladi. Boshkaruv usullari – xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir kursatish yo’l-yo’riqlari bulib, bu usullar kuyilgan maksadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va kichik jamoalarning faoliyatini uygunlashtirishni nazarda tutadi. Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling