Iqtisodiy hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar uchun yagona tovar nomenklaturasi tuzilishi
Bo‘lim
|
Bo‘lim nomi
|
Tovar guruhlari
soni va shifri
|
I
|
Mashina, uskunalar, apparatlar va transport vositalari
|
10 (10-19)
|
II
|
Yonilg‘i, mineral xomashyolar va materiallar
|
9 (20-28)
|
III
|
Kimyoviy tovarlar, o‘g‘itlar, kauchuk
|
7 (30-36)
|
IY
|
Qurilish materiallari va qismlari
|
3 (40-42)
|
Y
|
Nooziq-ovqatlarning xomashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlari
|
9 (50-59)
|
YI
|
Tirik xayvonlar
|
1 (60)
|
YII
|
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyolar
|
3 (70-72)
|
YIII
|
Oziq-ovqat tovarlari
|
6 (80-85)
|
IX
|
Xalq xo‘jalik sanoat tovarlari
|
9 (90-98)
|
3-jadval
Bu nomenklaturada 7 xonali kod raqamlari qo‘llanildi, 1 raqam – bo‘lim, 2 ta birinchi raqam - guruh, 3 ta birinchi raqam - kichik guruh, 5 ta raqam - tovar pozitsiyasi, 7 raqam – subpozitsiyasini anglatadi. Nomenklaturani bunday raqamlanishi zarur holatlarda kengaytirish imkonini berdi. Shuningdek, statistik hisobotlarni yuritishda va tovarlarning turi, navi, markalari bo‘yicha detallashtirishda qulayliklar yaratildi. Bu nomenklaturani amalda qo‘llash jarayonida 4 marta qayta nashr ettirildi, yangi tovar pozitsiyalari kiritildi. Lekin bu nomenklatura asosida boj-tarif siyosatini yuritishda, tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi matnlarda TIF) iqtisodiy boshqaruvida muammolar, noaniqliklar keltirib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |