Kelib chiqishi O‘zbekiston Respublikasiga mansub bo‘lgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega bo‘lgan tovar O‘zbekiston tovaridir. Kelib chiqishi O‘zbekiston Respublikasiga mansub bo‘lgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega bo‘lgan tovar O‘zbekiston tovaridir. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilmagan tovar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir. Tovarlarni va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temiryo‘l transport vositasini (temiryo‘lning harakatdagi tarkibini, temiryo‘l harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek ularning o‘z konstruksiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, yoqilg‘i saqlash idishlaridagi yoqilg‘i-moylash materiallarini, sovituvchi va boshqa texnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo‘lsa, o‘z ichiga oladi. Nomenklatura – lotincha «nomenclatura» so‘zidan olingan bo‘lib, fan va texnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining ro‘yxatlar yig‘indisidir. Nomenklatura – lotincha «nomenclatura» so‘zidan olingan bo‘lib, fan va texnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining ro‘yxatlar yig‘indisidir. Tovarlar nomenklaturasi – bu inson hayoti davomida ishlatiladigan tovarlar nomlarining TN sinflash qoidalari bo‘yicha ma’lum bir tizimga solingan ro‘yxati bo‘lib, unda bojxona xodimlari va deklarantlar o‘z xizmat faoliyatida foydalanadilar. Tovarlar - turi, kelib chiqishi, ishlatilishi, tarkibi bo‘yicha turli xil bo‘ladi. Barcha tovarlarni ma’lum tizim asosida nomlash, qo‘llash uchun ularning bir sistemaga, ya’ni tovarlar nomenklaturasiga kiritish, tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlarning yagona qoidaga bo‘ysunishiga asoslangan tovarlarni sinflash tartibini ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |