Sinflash – deganda, turli xil tovarlarni ularning bajaradigan vazifalariga, tarkibiga, qiymati va tovarlarga xos xususiyatlariga ko‘ra-guruhlarga (pozitsiya, podpozitsiya, subpozitsiya) bo‘lish tushuniladi. Tovarlar kimyoviy tarkibi, ishlov berish darajasi va boshqa xossalari bo‘yicha ham sinflanishi mumkin. Ushbu sistemaga muvofiq barcha tovarlarga bo‘lim, guruh va guruhchalar bo‘yicha alohida TIF TN xalqaro kod raqami beriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi tovarlarni sinflashning asosiy qoidalari asosida inson ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, har qanday fizik harakatga ega bo‘lgan tovarlarning kod raqamlarini belgilaydi. Tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlarni tasniflashda quyidagi vazifalar bajariladi: - xalqaro savdoda tovarlarni erkin harakatlanishiga qulay shart - sharoit yaratiladi; - TIF TN kod raqami orqali tovarlardan boj to‘lovlari to‘g‘ri va to‘liq undiriladi, (mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi ta’minlanadi); - TIF TN kod raqami bilan bojxona va davlat statistikasi yuritiladi hamda tashqi savdo jarayonida tovarlar harakati tahlil qilinadi va o‘rganiladi. Tovarlarning kod raqamlari bilan tasniflanishi muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, biz xalqaro savdo amaliyotida qo‘llanilgan ba’zi bir tovarlar nomenklaturalari bo‘yicha tasniflash tizimlarini ko‘rib chiqamiz. 3. Xalqaro savdo amaliyotida foydalanilayotgan Tovarlar nomenklaturasi va asosiy tasniflash tizimlari Uyg‘unlashgan tizimda (keyingi matnlarda UT, GS, HS) yer sharidagi barcha mamlakatlarning tovarlariga bir xil 6 xonali kod raqami beriladi, bir xil tasniflanadi va tasniflashning 6-ta qoidalari (OPI) ham bir xil talqin etiladi. UTning yana bir muhim afzalliklari shundan iboratki, tovarlar turli xil millatlarning tillarida nomlanadi, biroq bir xil qoidalar bilan tasniflanadi va kod raqami beriladi, biz tovarlarning tilini tushunmasligimiz mumkin, lekin ushbu kod raqamlari orqali, masalan HS-2201 mineral suvlar, HS-8703 yengil avtomobil va boshqa tovarlarni mazkur tovarlar nomenklaturasi kod raqamlari orqali tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |