1-Mavzu. Geometriya fanining aksiomatik asosi haqida. Geometriya fanining zamonaviy ta’rifi. Affin tekisligidagi geometriyalar. Minkovskiy geometriyasi. Galiley geometriyasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZ~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galiley geometriyasi Reja
1-Mavzu. Geometriya fanining aksiomatik asosi haqida. Geometriya fanining zamonaviy ta’rifi. Affin tekisligidagi geometriyalar. Minkovskiy geometriyasi. Galiley geometriyasi Reja 1. Geometriya fanining aksiomatik asosi haqida. 2. Geometriya fanining zamonaviy ta‟rifi. 3. Affin tekisligidagi geometriyalar. 4. Minkovskiy geometriyasi. 5. Galiley geometriyasi. Geometriya asoslari matematikaning asosiy bo„limlaridan bo„lib, unda geometriya qanday asosga ko„ra qurilishi, asosiy tushunchalari, aksiomalar, teoremalar, ta‟riflar qanday tanlanishi kerakligi bilan shug„ullanadi va shu bilan birga aksiomalar orasidagi munosabatlar o„rganiladi. Bu fanda aksiomalar sistemasining ziddiyatsizligi, bog„liqsizligi (erkinligi), to„laligi (mukammallash) masalalari qaraladi. Bu fan matematika, differensial geometriya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog„liq shuningdek bu fanda Lobachevskiy geometriyasining elementlari o„rganiladi. Bu g„oyalar mohiyatini tushunish va ularning yuzaga kelish sabablarini fahmlash uchun tarixga nazar tashlash zarurdir. Geometriya eng qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. Bizgacha etib kelgan yodgorliklaga asosan eng birinchi ma‟lumotlar Hindistonda Vavilion (Bobil)da, Misr va Xitoyda vujudga kelgan bo„lib, ular sof amaliy faoliyatini ko„zda tutgan. Geometriyaning Yevklidgacha rivojlanish jarayoniga qisqacha nazar tashlaylik. Eramizdan avvalgi 7 – 6 asrlarda Gresiyaning Milet shahrida yashagan Fales o„z davridan oldin to„plangan tarqoq holdagi geometrik faktlani umumlashtirib, mantiq qoidalari asosida isbotlashga harakat qilgan. Fales (eramizdan avvalgi 624-547 yillar) quyidagi teoremalarni isbotlagan: Diametrga tiralgan ichki chizilgan burchak to„g„ri burchakdir. Doira diametri uni teng ikkiga bo„ladi. Vertikal burchaklar teng. Fales teoremasi Teng yonli uchburchakning asosidagi burchaklari teng. Eramizdan avvalgi 6 – 5 asrlarda geometriya janubiy Italiyada rivojlana boshladi. Bu davrni Pifagor davri deyish mumkin. Pifagor (e.a.580-500) quyidagi kabi teoremalarni isbotladi: Uchburchak ichki burchaklarining yig„indisi 2 d ga teng. Tekislikni muntazam uchburchaklar, to„rtburchaklar, oltiburchaklar bilan qoplash mumkin. Pifagor teoremasi. Bundan boshqa ko„pgina ma‟lumotlar ham bu davrning mahsuli bo„lgan. Masalan, kvadrat tenglamani geometrik usulda yechish, muntazam ko„pyoqlarning besh turi (tetraedr, geksaedr, oktaedr dodokaedr va ikosaedr). Shuningdek, uchburchaklarning tenglik alomatlari, muntazam ko„pburchaklar va ko„pyoqlar, kvadrat tenglamalarni geometrik yechish usullari kabilar haqidagi nazariyani ishlab chiqdi. Eramizdan avvalgi 4 – asrda geometriyaning rivojlanish markazi Afinaga ko„chadi. Matematika fanining bu davrdagi rivojida Platon, Aristotel, Demokritning falsafa va evdoks, Menexm kabi ulkan matematiklarning xissalari kattadir. Bu ilmiy maktab namoyandalari quyidagi ikki masalani hal qilishga uringanlar. 1) Geometriyaning ilmiy asosda yoritib berish prinsipi, undagi jumla – iboralarni aksioma, ta‟rif va teoremalarga ajratish. 2) Isbotlashning formasi va metodini ishlab chiqish: analiz sintez va teskaridan isbot qilish va xakozo. Demokrat falsafa soxasida materialist bo„lib cheksiz kichik miqdorlar nazariyasini yaratdi. U shar, konus kabilarning hajmlarini hisoblash formulasini topdi. Platon teoremalarni analitik usul va fikr yuritish usuli bilan isbotlashni o„ylab topdi. Evdoks proporsiyalar nazariyasini yaratda. Uning shog„irdi Menexm kubni ikkilash masalasi ustida ishlab konus kesimlarini topdi. Geometriyada qatiy mantiq asosda isbotlashni Aristotel yaratdi. Arximed geometrik nazariyani praktikaga tatbiq etdi. Yevklidgacha bo„lgan davrda fanni deduktiv negizda ya‟ni aksiomatik asosda qurishning asosiy prinsiplari ishlab chiqilgan edi. Shuningdek, ta‟rif, teorema, aksioma va boshqalarning o„rni va rolini belgilab beradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling