1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Xalqaro tizimning norasmiy institutlari. “Katta sakkizlik(keyichalik


Download 1.03 Mb.
bet43/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Xalqaro tizimning norasmiy institutlari. “Katta sakkizlik(keyichalik

ettilik) " guruhi.
Katta sakkizlik guruhi G-8 guruh (ing. Group Eight G-8) dunyodagi 8ta yirik davlatning sammiti bo‘lib unda davlat rahbarlaari dunyodagi global muammolarni operativ ravishda boshqarish uchun hamkorlikdagi o‘zaro kelishuvga asoslanadi.
Bu 8ta davlatlar - AQSH, Kanad, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya va Rossiya. Bu uchrashuvda Evroqo‘mitaning va Evrokengashning raislari ham qatnashadilar.
G-8 guruhi hech qanday Ustavga ega emas u norasmiy rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib, biror bir qaror qabul qilmaydi. YUridik majburiyatlar, kotibiyat ham yo‘q.
Ilk bor katta 6ta yirik iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya YAponiya, AQSH rahbarlari Fransiyaning Rambue shaharchasida 1975-yilning 15-17 noyabrda uchrashdilar. U erda dunyodagi iqtisodiy va moliyaviy masalaalr muhokama qilindi.
6ta yirik davlatlarga 1976-yil iyun oyida Kanada qo‘shilganidan keyin ettilikka va 1998-yilda Rossiya qo‘shilganidan so‘ng G-8 norasmiy tashkilot deb yuritila boshlandi.
Rossiya 1997-yildan to 2014-yilgacha a’zoligi paytida G-8 keyinchalik esa G­7 ettilik sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

  1. yilning 24-26 avgustida Frantsiyaning Biarris shaharchasida G-7: YAponiya, Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, AQSH davlatlarining rahbarlarining uchrashuvida muhokama qilingan masalalar: Eronning yadro qurolini ishlab chiqarish dasturi, SHimoliy Koreyadagi yadro qurolini sinovi, iqtisodiy o‘sishning pasayishi, ekologiya muammolari bundan tashqari Ukraina masalasi va Rossiyani bu tashkilotga qayta chaqirish masalasi qo‘yildi.

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron rais, mezbon sifatida dunyodagi ayollar huquqini himoya qilishda gender notenglik masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Keyingi masala afrika qit’asi bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi qo‘yildi.
Oxirgi ko‘rilgan masala raqamli transformasiyaga bag‘ishlandi.
Ekologiya masalasi bo‘yicha BMT ning bosh kotibi ham atayin kelib qatnashdi. 2020-yilda keyingi G-7 tashkilot uchrashuvi AQSH da bo‘lishini nazarda tutgan Donald Tramp, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni taklifini ma’lum qildi.
Frantsiya prezidenti keyingi uchrashuvni AQSH tashkil qilar ekan u Rossiya prezidentini mehmon sifatida (qatnashuvchi a’zo sifatida emas) qabul qilinishi mumkin dedi.
Frantsiya prezidenti atrof-muhit va iqlim masalasini muhokama qilinib bo‘lganidan keyin ajoyib soatni qatnashuvchilarga sovg‘a qildi. Bu qo‘l soati okeandan terilgan plastikdan yasalganini alohida takidlab o‘tdi.
Donald Tramp Eron, SHimoliy Koreya va Suriya maslasi bo‘yicha Vladimir Putinni bu sammitga qatnashish uchun chaqirish lozimligini aytdi.
Oxirgi 30 yil mobaynida G-7 davlatlarining dunyo yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 50% dan 30% gacha tushdi. Aholini soni esa 10% ni tashkil etmoqda.
AQSH prezidenti va Kanadaning bosh vaziri Xitoyning noto‘g‘ri savdo siyosatiga qarshi chiqib, uni javobgarlikka tortish lozimligini ta’kidladi.
Eron tashqi ishlar vaziri AQSH prezidenti bilan uchrashish niyati borligini aytsada, Donald Tramp uchrashuvni rad etdi.
Ushbu sammitda Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqish masalasi ha muhokama qilindi.

  1. G-20 norasmiy tashkiloti tuzilishining tarixi.

1999-yil 15-16 dekabrda Berlingda G-20 norasmiy tashkilotga asos solindi. Jahon iqtisodiyotida moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikga erishish uchun ushbu tashkilot tashkil etildi. Unga qadar bu masala AQSH da 1998-yilning aprel va oktyabr oylarida 22ta davlatning vakillari bilan uchrashuvda, 1999-yilning mart- aprel oylarida 33ta davlat vakillari bilan uchrashuvda G-20 tashkilotini tuzishga kelishildi. 1999-yilning sentyabr oyiga kelib G-7 davlatlarining moliya vazirlari va markaziy banklarning raislari tashabbusi bilan G-20 tashkilotiga asos solindi.
A’zo davlatlar 19ta: Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Hindiston, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabiston, AQSH, Turkiya, Frantsiya, JAR, Janubiy Koreya va YAponiya. Bundan tashqari ushbu tashkilotga Evropa ittifoqining raislik qilayotgan davlat rahbari va Evropa markaziy bankning raisi ham a’zodir.
G-20 tashkilotiga bundan tashqari, jahon banki va xalqaro valyuta fondi vakillari ham qatnashadilar. Bu tashkilotga jahon yalpi ichki mahsulotining 85%, jahon savdosining 75%, va er kurrasi aholisining 2/3 qismi to‘g‘ri keladi.
G-20 tashkilotining maqsadi va vazifalari 1990-yillardan iqtisodiy va moliyaviy inqirozga qarshi kurash, shu bilan birga iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishdir. G-20 guruhi norasmiy tashkilot bo‘lib, u rivojlanayotgan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, tezkor ravishda iqtisodiy va moliyaviy muammolarni birlikda hal etish vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling