1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet46/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Birinchi bosqich (Ikkinchi jahon urushidan keyin 1950-yillarning boshlarigacha) halqaro iqtisodiyotda ham, xalqaro siyosatda ham AQSHning mutlaq ustunligi bilan xarakterlanadi. Faqat Amerika iqtisodiyotigina Ikkinchi jahon urushidan hech bir zararsiz chiqdi va 1944-1945 yillarda AQSH o‘z iqtisodiy va siyosiy qarashlarini ittifoqchilar va ayniqsa, g‘oliblar bilan birlashtirish holatida bo‘lgan. Aynan AQSH tashabbusi va rahbarligi ostida o‘zlari uchun kerakli iqtisodiy jarayonlarni ko‘ptomonlama boshqarishga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar tarmog‘i yaratilgan. Birinchi navbatda Bretton - Vuds institutlarini, Bretton - Vuds (AQSH)da 1944 yil bo‘lib o‘tgan Xalqaro valyuta-moliya konferentsiyasi qarori bo‘yicha yaratilgan xalqaro tashkilotlarni ta’kidlash zarur. Unda 44 mamlakat ishtirok etdi - a’zolari o‘sha paytlarda yaratilgan Birlashgan Millatlar tashkiloti a’zolaridir. Konferentsiyaning oxirigi natijasi BMTning
ikki ixtisoslashtirilgan muassasasi - Xalqaro valyuta fondi va tiklanish va taraqiyot xalqaro banki.
Xalqaro valyuta fondi XVF (MVF) BMTning mustaqil ixtisoslashgan bo‘linmasi sifatida xalqaro valyuta hamkorligi va xalqaro savdoni kengaytirishga, valyuta kelishuvlarini kuzatishga, unga kiruvchi mamlakatlarning valyuta barqarorligini himoya qilishga, to‘lov balanslarini tenglashtirish uchun ularga qisqa muddatli kreditlar berishga va ko‘p tomonlama hisoblar tizimini yaratishga moslashishiga yordam beradi.
Valyuta barqarorligini himoya qilish uchun XVF (MVF) mazkur valyutani oltin va amerika dollari tengligida qayd qilish tizimi monitoringi bilan shug‘ullangan. Valyuta kurslarini bog‘lash tizimi qisman, o‘z navbatida urush oralig‘i davrida savdo urushlariga olib borgan, raqobatdosh afzalliklarni olish maqsadida devalvatsiyani bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. To‘lov balansi tanqisligidagi mamlakatlar (pulning oqib chiqib ketishi kirimdan oshib ketsa) eksport kirimini oshirish uchun o‘z valyutasini devalvatsiya qilishga majbur bo‘ladi. XVF (MVF) to‘lov balansidagi vaqtinchalik muammolarni bartaraf etishga va qayd qilingan valyuta kurslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qisqa muddatli kreditlarni taklif etishga javobgardir.
Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki XTTB (MBRR) ham BMTning mustaqil ixtisoslashgan muassasasi sifatida tuzilgan, lekin uning a’zolari faqat XVF (MVF) a’zolari bo‘lishi mumkin. Bu xalqaro tashkilotning a’zolari, uning nomiga yarasha, ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiyotini tiklash, rekonstruktsiya qilish va rivojlantirishda moliyaviy yordam ko‘rsatishdan, shuningdek, ularning iqtisodiyotidagi xususiy xorijiy kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantirishdan iborat.
Xalqaro Bankning roli xuddi XVF (MVF) kabi urush oralig‘i davrida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishdan iborat. Birinchi jahon urushidan keyin xizmat ko‘rsatish qarzlari va iqtisodiyotni tiklash xarajatlari tufayli yuzaga kelgan ko‘pgina muammolar iqtisodiy ixtilof va munozalarda kelib chiqdi. Bu muammolarning oldini olish uchun Ikkinchi jahon urushidan keyin bank iqtisodni tiklash va rivojlantirish uchun uzoq muddatli kreditlarni taklif etdi.
Keyinchalik esa Tariflar va savdo bo‘yicha xalqaro kelishuv imzolandi (TSXK). U vaqtinchalik maqomga ega bo‘lib, xalqaro savdo tashkiloti (JST) yaratish haqida kelishuv ratifikatsiyasi davrida amal qilishi lozimi edi. Bu tashkilot XVF va XTTB bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining urushdan keyingi uchinchi tayanchi bo‘ldi. Bundan tashqari, BJST jahon yuzini ko‘rmadi (AQSH uning ustavini ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi), shuning uchun TSXKni imzolagan mamlakatlar uning tamoyillarini savdo munosabatlari sohasida qo‘llashga qaror qildilar. Uning faoliyati xalqaro savdoni erkinlashtirishga, tarif va notarif bar’erlarni pasaytirishga yo‘naltirilgan. TSXK ikki asosiy tamoyilni tasdiqladi: xalqaro almashinuvda erkinlik va nodiskriminatsiya. Birinchi tamoyil miqdoriy cheklovlardan sekin-asta voz kechishni va import bojlarini sekin-asta pasaytirishni anglatadi. Savdodagi nodiskriminatsiya ikki tartibning qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi: mumkin qadar qulay shart- sharoit yaratish (u TSXK ni imzolangan) har bir davlatni ishtirokchi mamlakatlarning biridagi tashqi savdo doirasida u taklif etadigan barcha imtiyozlarni barcha ishtirokchi mamlakatlarga teng ta’minlashga majbur qiladi; ichki savdoning barcha ichki soliqlari, yig‘imlari va ichki savdo qoidalariga munosabat bo‘yicha milliy tartib. TSXK ni imzolagan mamlakatlar barcha munozarali masalalarni, savdo urushlari yo‘li bilan emas, maslahat va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni o‘z zimmalariga oladilar.
TSXK doiraviy kelishuv sifatida ishlab chiqilganligi uchun u to‘liq xalqaro tashkilot bo‘la olmadi. Aslida esa TSXKga qo‘shilgan mamlakatlar shartnomaning rasmiy a’zolariga qaraganda qarama- qarshi tomon bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, TSXK savdoni erkinlashtirishda bir necha o‘n yilliklar davomida o‘zining yuqori samaradorligini isbotladi.
Modomiki, XVF, XTTB va TSXK oldin, ikki urush oralig‘ida yuz bergan muammolarni bartaraf etish uchun yaratilgan ekan, bu institutlarning vazifalari ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin yuz bergan o‘zgarishlar bilan birga muqarrar o‘zgarib boradi. Masalan, Evropani tiklash masalasi kutilgandan ham keng qamrovli bo‘ldi va buning uchun AQSH 1948 yilda g‘arbiy Evropa mamlakatlariga ikki tomonlama yordam ko‘rsatish uchun Evropani tiklash dasturini (“Marshall rejasi”) ishlab chiqdi. Buning natijasida xalqaro bank Evropani tiklashda minimal rol o‘ynadi va o‘z e’tiborini butunlay rivojlanish maqsadida kreditlar berishga qaratdi.
Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti(EIXT)ni yaratish ham mana shu davrlarga tegishlidir (EIXT). Uning faoliyati g‘arbiy Evropada “Marshall rejasi”ni amalga oshirish bilan chambarchas bog‘langan. Ma’lumki, uning vazifasiga urush harakatlaridan zarar ko‘rgan g‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiyotini tiklash, ularni AQSH iqtisodiyoti bilan bog‘lash, shuningdek, g‘arbiy Evropa bozorlarini tiklash va unda Amerika tovarlarini sotish kiradi. “Marshall rejasi” amalda Amerika TMKlari kapitalini g‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiyotiga kirishi uchun yo‘l ochdi. EIXT AQSH yordamini turli Evropa mamlakatlari o‘rtasida taqsimlashi va ularning iqtisodiyotini qaytadan yaratishga yordam berdi. Unga g‘arbiy Evropaning 16 ta mamlakati va Germaniyaning okkupatsion hududlari kiritilgan edi, lekin SHarqiy Evropadan bir mamlakat ham kiritilmagandi.
Bu to‘rt tashkilotni ular xalqaro moliyada, savdoda va valyuta munosabatlarida o‘ynaydigan rolini tasavvur qilish uchun xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tayanchi deb atash mumkin.
50-yillarning boshlarida shakllangan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimi kapitalizmning ilg‘or mamlakatlari oldida turgan masalalar bilan muvofiqlashadi. Ular quyidagi jihatlar bilan xarakterladi:
-ular faqat industrial rivojlangan mamlakatlarni o‘z ichiga oladi va AQSH ning bevosita kapitalizmning tashqi iqtisodiy aloqalari tizimida xokimlik qilishining quroli sifatida ular tomonidan yaratilgan “boshqarish institutlari”dan
foydalanish niyatini aks ettiradi;
-boshqarish asosan, xalqaro savdoni tashqi savdo barerlarini, avvalo, bojxona bojlarini pasaytirish yo‘li bilan xalqaro savdoni liberallashtirishda va kapitallarning erkin aralashuvida jamlanadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling