1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet48/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Uchinchi bosqich. U 1970 yillarda boshlandi. U dunyodagi kuchlarning o‘zaro nisbatini tubdan o‘zgarishi bilan mashhur: kolonial tizim butunlay tugatildi va rivojlanayotgan mamlakatlar yangi xalqaro iqtisodiy tartibni o‘rnatish uchun kurash olib bordilar. Bu barcha mamlakatlar etakchi xalqaro tashkilotlarga tavsiya etildilar
XVF, XTTB, TSXK va boshqalarga. YAngi rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga ular tarkibining kengayishi bu tashkilotlarni rivojlangan mamlakatlarning tor egoistik maqsadlariga erishishlari uchun ahamiyatini kamaytira boshladi. Bu rivojlangan va sobiq kolonial mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. XVF haqida gapiradigan bo‘lsak, 70-yillarning boshlarida suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimi bilan almashtirilgan qayd qilingan valyuta kurslari tizimi barbod bo‘lgan paytda u o‘zining asosiy funktsiyalaridan birini yo‘qota boshladi. Bundan tashqari, XVFning funktsiyalari 80-yillarning boshlarida yanada kengaydi: u Meksika o‘z zayomlari bo‘yicha defolt e’lon qila boshlaganda, tashqi qarzlarning inqirozi bilan shug‘ullanadigan etakchi xalqaro agentlikka aylandi.
SHu bilan bir vaqtda keskinlikni yumshatish natijasida rivojlangan mamlakatlarning sotsialistik mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligi rivojlana boshladi.
Etakchi rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida kuchlarni jiddiy o‘zgartirish va qaytadan joylashtirish yuz berdi: 70-yillarning boshlarida iqtisodiy raqobatning uch markazi shakllandi - AQSH, g‘arbiy Evropa va YAponiya, AQSH iqtisodiyotdagi etakchilik o‘rnini yo‘qota boshladi, bu vaqtda xalqaro iqtisodiyotning “lokomativi” sifatida FRG va YAponiya maydonga chiqa boshladi.
Bu barcha sabablar yangi xalqaro institut - hayotiy zarur bo‘lgan iqtisodiy muammolarni muhokama qilish uchun, pozitsiyalarni yaqinlashtirish, asosiy industrial rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini kordinatsiyalar va kelishtirish uchun forumning yuzaga kelishi bilan shartlanadi. U AQSH, Kanada, YAponiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiyaning norasmiy uyushmasi sifatida 1975 yildan faoliyat yurita boshladi. Bu forumning ishi “katta ettilik” mamlakatlari rahbarlarining yillik uchrashuvlari asosiga qurilgan bo‘lib, unda rivojlangan mamlakatlarning makroiqtisodiy, valyuta, kredit-pul siyosatining eng murakkab masalalari, tashqi qarzdorlik inqirozi muammolari, Fors ko‘rfazidagi urushlar va boshqalar muhokama qilinadi.
Uchinchi bosqichda XVF faoliyati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy va moliyaviy ta’sirining saqlanib qolishi nuqtai nazaridan tub o‘zgarishlarga duch keldi, lekin bu davrda kambag‘al mamlakatlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha va maxsus imtiyozli mexanizmlari kiritildi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling