1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatining oshirilishi


Download 1.03 Mb.
bet50/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatining oshirilishi. Bu respublikaga eksportni (tovarlarni va xizmatlarni) kengaytirish imkonini beradi. Gap shundaki, O‘zbekistondan qilingan eksport boshqa JSTga a’zo mamlakatlarda eng kam tarif va KTT notarif to‘siqlarga duch keladi. Bu BJST qoidalari bilan kafolatlangan bo‘lib, bu tashkilotga kiruvchi mamlakatlardan import uchun kam va eng oqilona va unifikatsiyalangan KTT belgilanishini talab etadi. Birinchidan, BJST bitimlari a’zo mamlakatlarga ko‘p KTTdan foydalanishni asoslab ta’qiqlaydi. Ikkinchidan, a’zolari faqat BJST bitimlari bilan ruhsat etilgan NTTlarnigina qo‘llay oladilar. Uchinchidan, hattoki JSTning juda aniq qoidalariga ko‘ra ruxsat etilgan savdo uchun mushkul yoki chegaralovchi bo‘lmasligi kerak;
Barqarorroq tashqi savdo muhiti yaratilishi. Bu barqarorlik xorijiy bozorlarga “Kirish” bo‘yicha majburiyatlar bilan belgilanib, barcha savdo tartiblarining adolatligi va ma’lum darajagacha unifikatsiyalanganligi kafolatlanishi ta’minlanadi;
Noto‘g‘ri sotiladigan va xarid qilinadigan mahsulotlardan himoyalanish. O‘zbekistonning BJSTga a’zoligining qulayligi shundaki, BJST qoidalari bu tashkilot a’zolariga o‘zlariga yo‘l qo‘yilmagan raqobat imtiyozlaridan foydalanishni ta’qiqlaydi. Bu ayniqsa o‘zlarining ishlab chiqaruvchilari va mahsulotlariga (subsidiya shaklida) tegishli bo‘lgan hollarda. BJST bitimlari demping bahoda eksport qilinadigan mahsulotlar va nohaq import qilinayotgan va xorijiy kompaniyalarga sotilayotgan intelluktual mulk huquqlari buzilayotgan mahsulotlarga nisbatan choralar ko‘rish imkonini beradi.
Jalb qiluvchiroq turg‘unlik oqibatini oldindan aytib beriladigan investitsiya muhiti yaratilishi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Xorijiy potentsial investorlar O‘zbekistonning BJSTdagi a’zoligini ularga qator manfaatlar berishini taminlaydi deb qabul qilishadi. Bunga quyidagilar kiradi: O‘zbekistonda ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun jahon bozoridan barqaror foydalanish; O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan xorijiy mahsulotlardan, kapital anjomlar va texnologiyalardan doim foydalanish.
SHuni ta’kidlash zarurki, BJSTdagi a’zolik nafaqat xorijiy balki maxalliy investorlarga ham mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni taminlash orqali jahon bozoriga chiqish imkonini beradi. Savdo va investitsiya tartiblari o‘zining ochiqligi, turg‘unligi va oqibatining oldindan bashorat qilaolishligi bilan mamlakatga investitsiya kiritish niyatining tahlikasini kamaytiradi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling