1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet47/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Ikkinchi bosqich 1960 yillarda boshlandi. Bu vaqtga kelib xalqaro xo‘jalikdagi o‘zgrishlar va uning kapitalistik qismlari aniq belgilandi: Ikkichi jahon urushi tugaganidan boshlab kuchli milliy - qutqaruv harakati natijasida kollonial bog‘liqlikdan bir qator mamlakatlar ozod bo‘ldilar, xalqaro maydonga rivojlanayotgan mamlakatlarning katta guruhi chiqdi. Ularning ko‘pchiligi xalqaro tashkilotlarning (XVF, XTTB, TSXK) a’zolariga aylandilarki, bu rivojlangan mamlakatlarning ulardagi miqdoriy afzalliklarini va demak, oldingi erkin harakatlarini yo‘qotdi. Butun murakkabligi bilan ilg‘or industrial mamlakatlar bu tashkilotlarning tarkibida ? ga yaqinni egallay boshladilar, modomiki, sifat afzalliklarini oldingidek saqlab qoldilar. Bundan tashqari, ularning safiga bir necha sotsialistik mamlakatlar ham qo‘shildi.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi ichidagi o‘zgarishlar ham muhim xarakterga ega bo‘la boshladilar, xususan, AQSH o‘zining etakchilik o‘rnini yo‘qota boshladi, modomiki, jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan integratsion jarayonlar tufayli u erda o‘sib borayotgan solishtirma og‘irlikni oxir-oqibatda g‘arbiy Evropa mamlakatlari egalladilar. YAponiya ham urush oqibatlaridan tez o‘nglanib oldi va “iqtisodiy mo‘’jiza” mevalarining samarasini ko‘ra boshladi. Kuchlarni joylashtirishdagi o‘zgarishlar ko‘p tomonlama tartibga solish shakllarini tuzatish zaruratini yuzaga keltirdi.
Modomiki, EIXT g‘arbiy Evropaning iqtisodiy tiklanishga katta ulush qo‘shgan ekan, uning rolini kuchaytirish va a’zolari sonini kengaytirish lozim edi. Natijada EIXT 1961 yilda qaytadan tashkil qilindi va u Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IXRT) deb nomlandi, unga 18 ta rivojlangan evropa mamlakatlaridan tashqari AQSH va Kanada ham kirdi. Bugun 29 ta mamlakat, jumladan, Koreya Respublikasi, Meksika, o‘tish iqtisodiyotidagi bir necha mamlakatlar IXRTning a’zosi hisoblanadi. YAngi tashkilot vazifasiga iqtisodiyotni barqarorlashtirish, xalqaro savdo almashinuvini va valyuta kredit aloqalarini rivojlantirish yo‘li bilan a’zo-mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam berish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga munosabat bo‘yicha umumiy iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish kiradi. Bu davrda IXRT rivojlangan mamlakatlarning yagona iqtisoiy siyosatini ishlab chiqish va koordinatsiya qilishga yo‘naltirilgan muhim xalqaro institutiga aylandi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sekin-asta muhim ahamiyat kasb eta boshlamoqda. Bu BMTning yangi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari - YUNKAD va YUNIDO laming yuzaga kelishida ham o‘z aksini topmoqda, unda “uchinchi dunyo” mamlakatlariga munosabat siyosati ishlab chiqildi, shuningdek, bu davrda XVF da rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlari bo‘yicha kreditlashtirishning qo‘shimcha va maxsus mexanizmlari shakllantirildi. Nihoyat, 1965 yildagi tarif va savdo bo‘yicha Bosh kelishuvning ko‘rib chiqilishi natijasida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda TSXK tamoyillari bir nechasidan voz
kechish rivojlanayotgan mamlakatlar foydasiga ko‘rib chiqildi.
SHunday qilib, ikkinchi bosqichning xususiyati rivojlangan mamlakatlarning xalqaro rivojlanishga o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan yo‘nalishda bir butun ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining yo‘qolib borishi bo‘ldi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling